Qon aylanish sistemasi. Sudralib yuruvchilarning yuragi ko'krak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesakning yuragi uch kamerali. Unda ikkita — chap va o'ng yurak bo'lmasi hamda bitta yurak qorinchasi bor .Biroq yuragi quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq qiladi. Yurak qorinchasi chala to ‘siq bilan ikkiga — o‘ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bolingan. Arterial konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o ‘ng yurak bolmasiga qo'shilgan. Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshikyurak bolmasining to‘sig‘i bilan ikkiga bo'lingan. Yurak qorinchasining o'ng (venoz) bolimidan o'pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasiqisqarganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to'siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir-biridan batamom ajratib
qo'yadi. Timsohlarda bu to'siq to'liq, ya’ni yurak qorinchasi alohida ikkiga bo'lingan. Yurak qorinchasining o'ng qismidan o'pka arteriyasi chiqadi va ikkiga bo'linib, o'pkaga vena qonini olib boradi. Yurak qorinchasining chap qismidan arterial qonli o'ng aorta yoyi chiqadi, bu o'zidan uyqu va o'mrovosti arteriyalarini ajratadi. Uyqu arteriyasi gavdaning bosh qismini arterial qon bilan ta ’minlaydi. O'mrovosti arteriyasi oldingi oyoqlariga boradi. Yurak qorinchasining o'rta qismidan chap aorta yoyi aralash qon olib chiqadi. Chap va o'ng aorta yoylari qizilo'ngachning pastki tomonida o'zaro qo'shilib, toq orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta umurtqa pog'onasining ostidan keyinga qarab ketadi va yo'l-yo'lakay mayda arteriyalar chiqaradi, undan keyin orqa oyoqlarga juft yonbosh arteriyasini chiqarib, o'zi toq dum arteriyasi holida davom etadi. Sudralib yuruvchilarning vena sistemasi ham arterial sistema singari ko'p o'zgarmagan. Dumidagi vena qoni dum venasiga yig'iladi. Dum venasi chanoqda 2 ta yonbosh yoki chanoq venalariga bo'linadi. Yonbosh venalari o'ziga keyingi oyoqlaridan kelgan venalarni qo'shib oladi. Chanoq venalari o'zidan buyrak qopqa venalarini ajratadi va keyin qorin venalari bilan qo'shiladi. Qorin venasi ichki organlardan yig'ilgan venalarni o'ziga qo'shib oladi va jigar qopqa venasi bo'ylab jigarga kiradi. Bu yerda kapillarlarga ajralib, to 'r hosil qiladi va jigar venasi nomi bilan chiqadi. Buyrak qopqa venalari buyrakka kirgach, to'r hosil qiladi, keyinbuyrakdan chiqib o'zaro qo'shiladi va toq keyingi kovak venaga aylanadi. Sudralib yuruvchilarda kardinal venalar butunlay yo'qolgan. Keyingi kovak vena jigar venasini qo'shib oladi vao'ng yurak bo'lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh tomonidan vena qoni bir juft bo'yinturuq venalariga yig'iladi, Oldingi oyoqlaridan bir juft o'mrovosti venalariga yig'iladi, natijada bir juft oldingi kovak venalar hosil bo'ladi va bular ham o'ng yurak bo'lmasiga quyiladi. O'pkada tozalangan arterial qon o'pka venalariga chiqadi, bular qo'shilib chap yurak bo'lmasiga quyiladi.
Nerv sistemasi.Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan .Ayniqsa, bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bo’ lib , kulrang miya moddasidan iborat po'stlog’ i bor. Miya yarimsharlari orqa tomonga o‘sib, oraliq miyani berkitib qo'yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o'sim talari — epifiz va tepa organlarini ko'rish mumkin. Boshtepa toq ko'zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko'zga o'xshash bo'lib, yorug'lik ta ’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi gipofiz yondashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |