Mavzu: Surxondaryo va Qashqadaryodagi ziyorat obyektlari. Tayyorlovchi: Mamatova M. Sulton Saodat majmui Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (X-XVII asrlar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 asr davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan al Amir (IX asrning 2-yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida Sulton Saodat majmui nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar X asrda, qolganlari, asosan, XV-XVII asrlarda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Termiziy maqbarasi Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me’moriy yodgorlik (X-XII asrlar). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan. Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 4 xona (bo‘lma)dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida, xonalar tarhi 4,3×4,5 m. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan. 3 xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan janubdagisi go‘rxona. Unda marmar sag‘ana bor. Yodgorlik haqida ilk bor D.N.Logofet yo‘l ocherklarida tilga olgan. 1945 yil V.L.Voronina me’moriy o‘lchamlarini bajargan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida ta’mirlash ishlari olib borildi. Xo'ja Jarroh majmuasi Xo‘ja jarroh yodgorlik majmuasi — Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (XIV asr). Sohibqiron Amir Temur XIV asr oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn al Jarroh qabri xokidan keltirib Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-asrning 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan. Oqsaroy yodgorligi Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoli-sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. O.ning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |