Mavzu: Surxon raqs maktabi shakillanishi, ijro uslubi va merosiy raqslari



Download 0,5 Mb.
bet2/3
Sana26.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#581783
1   2   3
Bog'liq
Surxon raqs maktabi shakillanishi, ijro uslubi va merosiy raqslari

3.Surxon raqs maktabi.
Surxon vohasi raqslari xaqida Surxon raqs uslubi haqida aytarli hech narsa yozilmagan 2001 yilda nashr etilgan L.Avdeevaning “O'zbek milliy raqsi tarixidan” deb nomlangan kitobida ham Surxon vohasi raqs uslubi haqida qisqagina umumiy gaplar yozilgan va Boysun tumanida bir necha ma’lumotlar tilga olingan xolos. Surxon vohasining raqs san'ati o'ta milliyligi, shuningdek, bevosita yuqorida tilga olingan yo'nalishning faqatgina xalq ijodiyotiga xosligi tufayli Sovet mafkurasidagi mahalliy rahbarlar tomonidan eskilik sarqiti sifatida qabul qilinganligi ham Surxondaryo raqs uslubining rivojiga, uning turli xil mavsumiy, marosimiy, urf-odat va an'anaviyligini saqlashda, asarb avaylashda xalaqit bergan va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Surxon raqs maktabi uslubi va maktabga mansub raqslar, raqslardagi turli xarakatlar tasviri haqida yanada ko'proq ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi.

1980 yillarda “Boysun” folklor etnografik ansambli xalqimizning qadimiy qo'shiqlarini yig’ib, qayta tiklay boshladi. Ular tomonidan “Sust xotin” marosim qo'shig’i ham aholi orasida so'rab-surishtirilib qayta tiklanilgan “saqnaviy” ko'rinishda ijro etishdi. Unda marosim ishtirokchilari qo'shiq ijrosida raqsga tushib, turli xil qiziqchilik qilishgan. Boysun folklor etnografik ansambili to'plagan va yiqgan marosim raqsida erkak va ayollar birgalikda qulochlarini yoyib, kaft va panjalarini ochgan qolda goh aylanib, goh oyoqda ritmik harakat qilib, kuy-qo'shiq naqoratida osmonga iltijo qilgan holda o'yinga tushishgan. Ayrim raqoslar ikki tizanlab o'rtaga o'tirib olib, turli qo'l va kaftlarini qimirlatgan qolda o'ynaganlar.

Klassik raqsni 3 maktabga ajratish mumkin: хorazm, farg‘ona va buxoro.
Surxon maktabi harakat originalligi va ekspressiya bilan ajralib turadi. Ko‘plab raqslarning harakati asosida faunaga – kabutarlar, echki, mushuk, xo‘roz va qo‘y jangi, qirg‘iylar, g‘oz, bedana va chag‘alay raqsiga taqlid mavjud. Raqqoslar xattoki, hayvonlar ovozini ham o‘xshatishga qodirlar.
Bu hududning ko‘plab raqs elementlari sirk san’ati bilan bog‘liq bo‘lib, “yuqori mahorat” ustalari olov, pichoq yoki osma jismlar bilan raqsga tushishadi.
Eng ta’sirli va taniqli xorazm raqslari «Lazgi», «Likobdagi raqs» va «Singan barmoqlar raqsi» hisoblanadi. Oxirgisi, eski afsona bilan bog‘liq, unga ko‘ra shohning kanizagi kunlarning birida yiqilib tushadi va barmoqlarini sindirib qo‘yadi. Suyukli yorini hafa qilmaslik uchun u barmoqlarini bukmagan holda o‘yinga tushadi. Shoh esa mamnun bo‘lib, qizning g‘aroyib harakatlarini qabul qilgan holda uni yangi raqs turi deb hisoblaydi. Endi bu eng mashhur Surxon raqs uslublaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Surxon makgtabida satiric raqslar mavjud bo‘lib, ular kasblar (baliqchi, sartarosh, oshpaz, chopon raqsi) haqida hikoya qiladi. Bunday raqslarda kasb emas, balki aniq biro dam masxara qilinadi.
Raqs liboslari o‘zining noodatiyligi bilan ajralib turadi. Surxon erkakalar raqs kiyimining ajralmas qismi qalin mo‘ynali shapka – papaxa sanaladi. Ayollar bosh kiyimi aksincha juda ham dilbar. Raqqosalar kiyimi ko‘plab tangachalar bilan bezalgan.

Surxon maktabi uchun yumshoqlik, noziklik va harakatlar ta’siri, yengil mayda qadam, bir joyda original harakatlar va yuqoridan bilaklarni pastga egish, «so‘zlovchi harakatlar» va pantomima elementlari hosdir.
Shuningdek, Surxon raqslarida tez-tez ijodiy yondoshuvlar amalga oshiriladi, axir bu maktabda hayajon va his-tuyg‘ularga katta e’tibor qaratiladi. Ko‘plab raqs kompozitsiyalari – bu chinakam miniatura spektakllari, yosh qizning hayotidan turli voqealarni hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari – masalan, sevgan yoridan ayriliq, yoki turli xildagi maishiy voqealar: paxta terish, ipak matosini to‘qish, non yopishni o‘z ichiga oladi.
Surxon vodiysining eng mashhur raqlaridan bir «Tanovar»dir. «Tanovar» so‘zi ikki qismdan – «tan» – tana yoki qalb, «ovar» – orom, ya’ni «qalb oromi» iborat. Bu raqsning har bir harakati – o‘z sevgisini hirgoya qiluvchi ayol qalbining yorqin ifodasidir.

Buxoro maktabi Buxoro va Samarqand raqs an’analarini birlashtiradi. Shuningdek, hajviy vas irk elementlari ham mavjud. Bu raqslar anchayin jadal, xattoki ba’zi hollarda gimnastikaga ham o‘xshab ketadi. Juda ko‘p hollarda yelka bilan oldga va orqaga ta’zim qilish hamda tizza bilan yiqilish harakatlari kuzatiladi.
Raqqosalarning egiluvchanligi hayratga soladi, yuz o‘yini esa har qanday raqsga ehtiros qo‘shadi. Buxoro maktabining eng taniqli raqslari «zamin bozi», «larzon» va «sarizon bozi» bo‘lib, eng murakkab harakatlar va juda yorqin ifodalar amalga oshiriladi.
Klassikadan farqli o‘laroq, Buxoro xalq raqslari tabiiy tekis harakatdan iborat. Osiyoning toshli«qayrog‘i»dan foydalangan holda, raqs ritmi ushlab turiladi. Qayroq ko‘rinish jihatdan 2 yassi toshni eslatadi. Ushbu instrument Buxoro xalq raqsining ajralmas qismi hisoblanadi.
Har bir viloyatning xalq raqslari o’zlarining uslublari, kostyumi va musiqiy asarlari bilan ajralib turadi. Har bir folklyor raqs raqqos o‘z madaniyati, tarixi va hayoti haqida hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishidir.
Qashqadaryo viloyatining xalq raqslari juda ham yorqin sanaladi. Bunday raqslar eski qo‘shiqlar va raqqoslarning yorqin aktyorlik mahoratini o‘z ichiga oladi. Bu yerda ehtiros, ko‘z suzish va bosim mavjud.
Ko‘pincha bunday raqslarda eski oshxona anjomlari – yog‘och qoshiqlar, likoblar yoki ko‘zalardan foydalanishadi.
Liboslarni tikish oson va oddiy, biroq mato rangi va katta bezaklari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Raqslar shuningdek, juda ham yuqumli bo‘lib, joyingizda jim tura yoki raqs taklifini rad eta olmaysiz!
Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish