Patologik anatomiyasi. Yirik bronxlarning shilliq pardasi odatda qonga to'lib, kerkib turadi, rangi xiralashgan, ko'pincha shilimshiq qatlami bilan qoplangan bo'ladi. Mayda bronxlar va bronxiolalar shilimshiq bilan to‘lib turadi. Mikroskopik jihatdan olganda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar sonining ko‘payib, ularning funksional faolligi kuchayib qolgani asosiy diagnostik mezon bo'lib hisoblanadi. Bunda bronxlar devori bilan submukoz ravishda joylashgan bezlar qavatining nisbati o‘zgarib qoladi. Surunkali bronxit sezilarli tusga kirgan hollarda bu nisbat 1:2 dan ortiq bo'ladi.
Klinik manzarasi. Kasallikning klinik ko'rinishlari nafas yo'llari
obturasiyasiga bog'liq. Yo'talib, ko'p balg'am tashlab turish harakterlidir. Kasallikning boshlang'ich davrlarida o'pkaning ventillyasion funksiyasi buzilmaydi. Biroq, jarayon zo'rayib borgani sayin hansirash boshlanib, gipoksiya va giperkapniya yuzaga keladi-ki, bular qonning kislorod bilan yaxshi to'yinmay, sianoz boshlanishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda surunkali gipoksiya o'pkada barham topmaydigan vazokonstriksiya yuzaga kelib, o'pka tufayli yurak ishining buzilishga olib keladi (cor pulmonum). Sianoz bilan birgalikda o'ng yurak yetishmovchiligi boshlanib, badanda shishlar paydo bo'lishi ham mumkin.
0‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKTSIYALAR
O'tkir respirator virusli infeksiyalar (O'RVI) ayniqsa yoshi qaytgan kishilar va go'dak bolalar orasida uchraydigan kasallanish va o'lish hollarining asosiy sabablaridan biridir. O'RVI ning asosiy qo'zg'atuvchilari A, B, gripp, paragripp
viruslari, adenoviruslar, respiratorsinsitial viruslardir, O'RVI orasida gripp, paragripp, respiratorsinsitial va adenovirusli infeksiyalari hammadan ko'ra ko'proq uchraydi.
GRIPP
Gripp (sinonimi — inflyuensa) nafas yo'llari shilliq pardasi zararlanib, umumiy intoksikatsiya hodisalari bilan o'tadigan o'tkir virusli kasallikdir. Epidemiyalar, pandemiyalar ko'rinishida tarqaladi. Sporatik hollari ham uchraydi. Gripp
keng tarqalishi odam larning shu kasallik qozgatuvchisiga yuqori darajada beriluvchanligi, kasallikning havo-tomchi yo'li bilan o'tib, infeksiya yuqib turishi, hosil bo'ladigan immunitetning uzoq cho'zilm asligi va virusning o'zgaruvchan bo'lishiga bog'liqdir
Etologiyasi va patologiyasi haqida qisqacha
Asoratlari. Grippning eng ko‘p uchraydigan asoratlari jumlasiga pnevmoniyalar (virusli, virusli-bakterial pnevmoniyalar) kiradi. Bundan tashqari, intoksikatsiya tufayli buyraklar zararlanib, mikrogem aturiya va proteinuriya
boshlanishi, toksik gepatit, o'tkir otit, gaymorit, gipertenziv sindrom , toksik ensefalopatiya bo'lishi m um kin. O'limning asosiy sabablari intoksikatsiya, birdan miya shishuvi, miyaga qon quyilishi, o'pkaga aloqador asoratlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |