Mavzu: Sug'urta, uning iqtisodiy mohiyati va sug'urta bozori. Guruh: bi-120 bajardi: Salohitdinova Laylo



Download 38,9 Kb.
bet3/9
Sana23.04.2022
Hajmi38,9 Kb.
#577117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sug\'urta

Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligidir.
Sug‘urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy aspektlari bo‘yicha bo‘linishi mumkin.
Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksioner, birgalikdagi, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi.
Hududiy jihatdan esa milliy, mintaqaviy va xalqaro sug‘urta bozorlariga bo‘linadi.
Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Bunga O‘zbekiston sug‘urta bozorini misol qilib olishimiz mumkin, Hozirgi kunda milliy sug‘urta bozorimizda o‘ttizdan ortiq sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular «O‘zbekinvest» EIMSK, «O‘zagrosug‘urta» DASK, «Kafolat» DASK va «Madad» sug‘urta agentliklaridir. Bulardan tashqari bir nechta chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, xususiy sug‘urta kompaniyalari ham o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Jahondagi eng yirik sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma Shtatlarinikidir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining kariyib qirq foizdan ortig‘i AQSh xissasiga to‘g‘ri keladi.
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo-iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug‘urta bozori tushuniladi.
Sug‘urta bozori bozor munosabatlari subyektlarining mustaqilligini, ularning sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha teng huquqli hamkorligini ko‘zda tutadi.
Sug‘urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat:
1. O‘z manfaatlaridan kelib chiqib sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug‘urta qildiruvchilar).
2. Bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar (sug‘urtalovchilar).
3. Mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (Sug‘urta agentlari va brokerlari).
4. Sug‘urtalangan shaxslar (sug‘urtalanuvchilar).
5. Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar).
6. Uchinchi shaxslar.
Ichki sug‘urta bozorini moliyaviy tarkibini sug‘urta tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. Sug‘urta bozorining asosiy vazifasi sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini sotish, maqsadga muvofiq va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, o‘z infratuzilmasini tartibga solish hisob-lanadi.
Bozorning tashqi o‘rami bu – bozorning ichki tizimini qamrab turuvchi va unga ta’sir o‘tkazuvchi birgalikda harakat qiluvchi kuchlar tizimi (davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaning inflyatsion holati, valyuta kursi va b.).
3. Sug‘urtaning turkumlanishi
Sug‘urta ixtisoshlashtirilgan sug‘urta tashkilotlari tomoni-dan amalga oshiriladi. Ular davlat va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Ularning faoliyat doirasi ichki, tashqi yoki aralash sug‘urta bozorlarini qamrab olgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga rivojlangan sug‘urta bozori sharoitida ham davlat ichkarisida, ham chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug‘urtaning tashkiliy turkumlanishidir. Ammo, sug‘urta munosabatlarining mazmuni sug‘urta obyekti va xavf-xatar turlari bo‘yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta sug‘urtalanuvchilarning turli toifalarini qamrab oladi. Uning shartlari sug‘urta mas’uliyatining hajmlari bo‘yicha farq qiladi; u qonun kuchida va ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urta munosabatlarining turlichaligini tartibga solish va o‘zaro bog‘liq yagona tizimni shakllantirish uchun sug‘urtani turkumlash zarurdir.
Sug‘urtaning turkumlanishi natijasida bo‘g‘inlar hosil bo‘ladi. Barcha bo‘g‘inlar shunday joylashganki, har bir navbatdagi bo‘g‘in avvalgisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqori bo‘g‘in sifatida – soha, o‘rta bo‘g‘in – tarmoq, quyi bo‘g‘in – sug‘urta turlari hisoblanadi.
Sug‘urtani sohalarga bo‘lish asosida ularning obyektlari bo‘yicha farqlanishi yotadi. Bu omilga mos ravishda barcha sug‘urta munosabatlari yig‘indisini to‘rtta sohaga bo‘lish mumkin:

Download 38,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish