Mavzu: Sug'urta, uning iqtisodiy mohiyati va sug'urta bozori. Guruh: bi-120 bajardi: Salohitdinova Laylo



Download 38,9 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2022
Hajmi38,9 Kb.
#577117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sug\'urta

Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:
1. Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan holatlar, ya’ni sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.
2. Sug‘urtada ko‘rilgan zararni sug‘urta ishtirokchilari, ya’ni sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari sonidan kam bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta bo‘lganda.
Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi esa, har bir qatnashchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta ham samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar ishtirok etsa va yuz millionlab obyektlar sug‘urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo‘ladi.
3. Sug‘urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda-yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar o‘rtasida sug‘urta fondini hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi. Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.
Zararni sug‘urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi.
Sug‘urta – bu uning qatnashchilari o‘rtasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug‘urtani moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.
Sug‘urtaning to‘rta funksiyasi mavjud:
1. Tavakkalchilik.
2. Oldini olish.
3. Jamg‘arma.
4. Nazorat.
Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug‘urtaviy tavakkal zarar ehtimolligi sifatida talofat ko‘rgan xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha sug‘urtaning asosiy yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisalari oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.
Oldini olish funksiyasi sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismi hisobidan sug‘urta tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Hayot sug‘urtasida sug‘urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum muddatgacha sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arishda ancha yaqinlashadi. Hayot sug‘urtasi orqali pul mablag‘larini jamg‘arish oilaviy sharoitda sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini ham bajarishi mumkin.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi sug‘urta fondini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi uch spetsifik funksiyalardan kelib chiqadi va konkret sug‘urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo‘ladi. Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv hujjatlar asosida sug‘urta amallarini to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazorati amalga oshiriladi.
Sug‘urta bozori – bu sug‘urta holatlari ro‘y berganda jismoniy va huquqiy shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.

Download 38,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish