Mavzu: sudyalarning huquqiy maqomi: xorijiy va milliy tajriba



Download 320,13 Kb.
bet13/18
Sana02.01.2022
Hajmi320,13 Kb.
#308096
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BMI-Dilnoza

Sudyaning vakolatlari: u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda; sudyalarning tegishli malaka hay`ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to`xtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug`ullanishni davom ettiravergan taqdirda; sog`lig`i holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko`ra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bo`lmay qolgan taqdirda tegishli sudyalar malaka hay`atining qarori asosida muddatidan ilgari tugatilishiga yo`l qo`yiladi. . O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi umumiy yurisdiktsiya sudlari va xo`jalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to`g`risidagi taqdimnomani sudyalarning tegishli malaka hay`atiga kiritish huquqiga ega.

Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi takdimnoma va materiallar:

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais o`rinbosarlariga nisbatan — Sudyalar oliy malaka hay`atiga;

boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan — sudyalarning tegishli malaka hay`atlariga yuboriladi.

Sudyalarning malaka hay`ati sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi masalani ko`rib chiqib, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga rozilik berish yoki bermaslik to`g`risida xulosa chiqaradi.

Sudyalar malaka hay`atining xulosasi kechi bilan besh kun ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.

Sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash eng yaxshi tayyorgarlik ko`rgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari orasidan sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais o`rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Sudyalar oliy malaka hay`ati tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudining, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo`jalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xo`jalik sudlari sudyalarining malaka hay`ati tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudlarining, okrug va hududiy harbiy sudlarning, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudining, viloyatlar hamda Toshkent shahar xo`jalik sudlarining sudyaligiga (xo`jalik sudlari raislari va rais o`rinbosarlari lavozimlariga nomzodi ko`rsatilayotgan shaxslar bundan mustasno) nomzodlar zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hay`atlari o`zini sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki bo`shab qolgan muayyan sudyalik lavozimiga qo`yilish istagini bildirgan shaxslardan arizalar qabul qiladi. Mazkur sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasiga yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, oliy yuridik ma`lumotga, mutaxassisligi bo`yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishi mumkin emas.

Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish Nizomning 52-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga yo`l qo`yilmaydi. 38

Sudyalarning malaka hay`atlari majlislarida tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xo`jalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga nomzodlarning har biri xususida o`z fikrini bildirishga, sudyalar malaka hay`atining qaroriga rozi bo`lmagan taqdirda esa o`z fikrini yozma ravishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga yuborishga haqlidir.

Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarga taalluqli ma`lumotlar sudyalarning tegishli malaka hay`atlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.

Sudyalik lavozimi bo`shab qolgan taqdirda, sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar bu haqda sudyalarning tegishli malaka hay`ati tomonidan xabardor qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 57-moddasida nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga nomzodi birinchi marta ko`rsatilayotgan shaxslar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarni tamomlaganlik to`g`risidagi sertifikatga ega bo`lgan taqdirdagina xabardor qilinadilar.

Bo`shab qolgan sudyalik lavozimiga o`tkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihoni topshiradilar, mazkur imtihon natijalariga ko`ra sudyalarning tegishli malaka hay`atlari ularning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi to`g`risida qaror qabul qiladi.

Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni jinoyat ishlari bo`yicha sudlar sudyalarining tegishli malaka hay`atlari tomonidan belgilanadi.

Xalq maslahatchilari saylovi sudyalarning tegishli malaka hay`ati tomonidan tuman (shahar) hokimlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan, harbiy qismlarda esa harbiy qismlar qo`mondonligi bilan birgalikda tashkil etiladi.


Download 320,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish