Mavzu: Moliya-kredit tizimi statistikasi
Mamlkatning moliya tizimida davlat byudjetining o’rni va ahamiyati kattadir.Moliyachi iqtisodchilarning hisob kitoblariga ko’ra bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti moliya resurslari tarkibida 40%ni ,ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotidagi mamlakatlarda 70 %ni tashkil etadi.Byudjet « Budget» so’zidan olingan bo’lib byudjet,chemodan,pul bilan to’ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatiladi. Byudjet-daromadlar va sarflar rejasi,ya’ni moliya rejasidir.Bu reja har bir shaxs ,oila ,xo’jalik yurituvchi subekt,tuman,shahar,viloyat,va davlat miqyosida tuzilgan bo’lishi mumkin.Davlat byudjeti davlatning moliyaviy rejasi bo’lib,xukumat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul jamg’armasidir.Davlat byudjetida barcha moliya institutlari;sarflar;turli daromadlar;davlat krediti mujassamlashgan.Davlat byudjeti davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish,shakllaantirish shakllari va usullarini ,ulardan mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish mAqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonunida «Davlat byudjeti –davlat pul mablag’larini (shu jumladan davlat mAqsadli jamg’armalari mablag’larining ) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib ,unda daromad manbalari va ulardagi tushumlar miqdori ,shuningdek moliya yili mobaynida Aniq mAqsadlar uchun ajratilgan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.» deyilgan.O’zbekiston Respublikasida yagona byudjeti tizimi shakllantirilgan.U ikki bo’g’indan iborat bo’lib davlat byudjeti Respublika byudjeti ,Qoraqolpog’iston avtonom Respublikasi,va mhalliy byudjetlar(viloyat,tuman,shahar)ni o’z ichiga oladi.Davlat byudjeti tarkibida davlatning mAqsadli jamg’armalari jamlanadi.YAgona byudjet tizimining elementlari davlat byudjeti statistikasining o’rganish ob’ektlaridir.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya,soliq) siyosatining mazmuni va yo’nalishin belgilovchi byudjetning asosi ko’rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir.Bu vazifani quyidagicha Aniqlashtirish mumkin:
1,O’zbenkiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti Bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat byudjeti tavsiflarida ko’rsatkichlar tizimini tuzish,ularni hisoblash va baholashda halqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2,Davlat byudjetining asosiy vazifalari ;yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash,iqtisodiyotni tartiblashtirish va Rag’batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliyaviy resurslar Bilan ta’minlash,mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg’armalarini vujudga keltirishva ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishjarayonlariga tasnif berish.
3.Davlat byudjetining daromadlari ,sarflari va defitsiti (prodefitsiti)ning umumiy summalarini hisoblash.
4.Davlat byudjeti daromadlari va sarflarining tarkibi,tarkibiy tuzilishini o’rganish;
5.Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarini o’rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko’lamini baholash;
7.Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholining turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va boshqalar;
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassalari faoliyatini tahlil qilish,ijtimoiy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish,halqaro toshkilotlarga HVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqDim qilish,MHT va to’lov balansini tuzishuchun zaru r birlamchi ma’lumotlarni to’plash,ishlov berish bilan shug’ullanmoqda.Davlat byudjeti statistikasi amaliyotiga halqaro standartlarni qo’llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushinchalari ,qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda.
Davlat byudjeti statistikasida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar,ta’riflar va statistik ko’rsatkichlar
Davlat byudjeti statistikasining markaziy bo’g’ini :davlat byudjetining daromadlari ,sarf xarajatlari ,defitsiti(prodefitsiti).dvlat kredit ko’rsatkichlari tizimidir.Metodologiyasining asosiy elementi davlat boshqaruv sektori sektorini belgilash ,daromadlar va sarflarni vazifasi jihatdan ,tashkiliy iqtisodiy jihatdan tasniflash,turli iqtisodiy mazmunli(tabiatli) operatsiyalarni chegaralash(joriy va kapital; qaytariladigan va qaytarilmaydigan to’lovlar; qoplanadigan va qoplanmaydigan ,beg’araz oqimlar; likvidlikni boshqarish uchun kreditlashva iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchunkreditlash,sarflar va davlatni moliyalashtirish)
Davlat byudjeti statistikasining ko’rsatkichlar tizimini xarakterlovchi ,moliya statistikasining muhim kotegoriyalari ,davlat muassasalari sektorining milliy iqtisodiyotning boshqa sektor(nomoliyaviy korparatsiyalar,moliya korparatsiyalari ,uy xo’jaligi,qolgan dunyo) lar o’rtasida iqtisodiy xo’jalik xarakatlarining mazmuni va chegarasini ravshanlashtiruvchi bir necha kotegoriyalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Tushumlar va to’lovlar. Davlat boshqaruvi sektori idoralari Bilan milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari,institutsional birliklar o’rtasida qilinaligan moliyaviy xarakatlarni tushumlarga yoki to’lovlarga kiritish mumkin,ular qaytariladigan va qaytarilmaydigan asosda bo’lishi mumkin.Keyinchalik ,to’lovlar qilish majburiyatlari belgilangan operatsiyalar(muayan muddat ko’rsatilgan )shunday majburiyatlarni oldindan ko’zda tutmaydigan operatsiyalardan farqlanadi. Aktivlar va majburiyatlarni bir yo’la paydo qiluvchi barcha operatsiyalar o’z navbatida majburiyatlarni tugatish(bajarish) operatsiyalarini ham taqozo qiladi. Davlat tamonidan qarz olishlar (ssuda olish va qimmatli qag’ozlarni chiqarish orqali)hamda davlat idoralari tamonidan mablag’larni kreditlash qaytariladigan operatsiyalar turkumiga kititiladi.Naqd soliq to’lovlari ,naqd pulga tovar va xizmatlarni xarid qilish keyinchalik to’lov va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi,shuning uchun ular qaytarilmaydigan operatsiyalar turkumiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |