O 'zb e kis to n R e sp u b likasi Adiiya vazirlig id a tash kil etilg an avto m atla sh tirilg a n tiz im la r
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining respublika sud
ekspertizasi markazida sud - ekspertiza tadqiqotlarini avtomat- lashtirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Sud ekspertizasini avtomatlashtirish bo'yicha tadqiqotlar o'ttiz
yi! muqaddam sobiq SSSR davrida Sud ekspertizasi Markaziy ( keyinchalik Butunittifoq ) ilmiy - tadqiqot institutida boshlangan. Avtomatlashtirish usullaridan foydalanilgan holda o'tkazilgan ekspertizalar soni uzoq vaqt jiddiy salmoqqa ega bo'lmagan. Bugungi kunda Respublika Sud ekspertiza markazida sud - ekspertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish bo'yicha bir qator av-
tomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari yaratilagn bo'lib, o'tkazilgan tadqiqotlar zamonaviy kompyuterlardan foydalanilgan hoida o'tkazilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Respublika sud
- ekspertiza markazida bugungi kunda quyidagi avtomatlash- tirilgan axborot - qidiruv tizimlari va dasturlari sud - ekspertiza tadqiqotlarini olib borishda foydalanilmoqda: “Nast’, “Dargam1, “Ra- duga’, “Lekarstvo’, “Sis’, “Bilding - Eksporf, “Traskrayver’ va b.q. “Nast’ - avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimi hisob - kitoblar ishlari bo'yicha ekspertiza tadqiqotlarida foydalanish uchun
mo'ljallangan;
“Dargam’ - avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimi narkotik va psixotrop moddalarini tadqiqot etish bo'yicha ekspertiza tad qiqotlarida foydalanish uchun mo'ljallangan;
“Raduga’ - avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimi lakokraska- larni tekshirish va tarkibini aniqlash bo'yicha ekspertiza tadqiqot larida foydalanish uchun mo'ljallangan.
"Lekarstvo - farmatsevtik dori - darmonlarni tekshirish bo'yicha ekspertiza tadqiqotlarini olib boruvchi avtomatlashtirilgan tizim.
“Sis’ - avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimi ovozni matematik hisob - kitob qilish bo'yicha ekspertiza tadqiqotlarida foydalanish uchun mo'ljallangan.
“Bilding - Eksporf - shaxsiy hovli joylarini narxlarini chiqarish va narxlash bo'yicha ekspertiza tadqiqotlarida foydalanuvchi av tomatlashtirilgan qidiruv tizimi.
Yuqorida qayd etilgan avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari Sud huquq islohatlarini axborotlashtirish, avtomatlashti- rish va sud - ekspertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirishda va kunlik ish faoliyatini yengillashtirishda benihoya katta rol o'ynamoqda.
Insoniyatning kunlik hayotida uchrab turadigan baxtsiz xodisal- ar (masalan, yo'l - transport halokatlari) bor ekan, bu halokatlar bo'yicha avtomatlashtirilgan sud - ekspertiza tadqiqotlaridan foy dalanish yo'l qo'yilgan baxtsizlikni ochib berishda katta yordam beradi. Buning uchun “Avtoeks’ avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimining imkoniyatlaridan foydalanilsa maqsadga muvoffiq bo'ladi.
“Avtoeks’ avtomatlashtirilgan tizimi yo'l - transport halokatlari bo'yicha ekspertiza tadqiqotlarida foydalanish uchun mo'ljallangan.
Mazkur tizimning birinchi varianti - “Avtoeks-1’ avtomatlash tirilgan tizimi 1974-yilda amalga joriy etilgan edi.
Keyinchalik “Avtoeks-2’ avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqil gan va yo‘l - transport halokatlarini ekspertiza qilishning 6 turini bajargan. 1983-1984-yillarda ekspertizalarning 8 turini bajarishga qodir bo'lgan “Avtoeks-3’ avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqildi va yo‘l - transport halokatlari bo’yicha ekspertiza tadqiqotlarini olib borish uchun foydalanishga topshirildi.
Avtotexnik ekspertizani o'tkazishda oldin sud - tergov organlari odatda yo‘l - transport hodisasining mexanizmiga taalluqli quyidagi savollarni qo'yadi:
Avtomashinaning tezligi, yo'lda to'xtalgan joy, alohida vaqtlarda va yo‘l - transport hodisasining boshqa parametrlarida avtomobil va yo‘lovchining holati haqida;
haydovchida favqulodda to'xtash yo'li bilan yo'l - transport hodisasining oldini olish imkoniyatining mavjudligi haqida;
haydovchi vujudga kelgan vaziyatda qanday harakat qilishi lozimligi haqida.
“Avtoeks — 3’ sifat jihatidan yangi imkoniyatlarga ega. Av- valambor bu haydovchilarning ko'rish imkoniyati cheklangan hol- larda sodir etilgan yo‘l - transport halokatlarini o'rganish bilan bog'liq savollarning yangi turkumiga taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |