O 'zb e kis to n R e sp u b likasi IIV A kadem iyasida y a ra tilg a n a v to m a tla s h tirilg a n tiz im la r
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida kriminalistik ek spertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish bo'yicha bir qator av tomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari yaratilgan bo'lib, bu yaratilgan tizimlardan biri fonogrammalami kriminalistik tadqiq qil ish kompyuter tizimi. Tizimning maqsadi - kriminalist-ekspertlarni fonogrammalami obyektiv o'rganishning yuksak talablarga javob beradigan vositasi bilan ta’minlashdan iborat.
Tizimda hal qilinadigan asosiy vazifalar:
shaxsni nutq signaliga qarab identifikatsiya qilish; magnitli fonogramma montajining belgilarini o'rganish;
magnitofonni fonogramma bo'yicha diagnostika va identifikat siya qilish;
ovoz taratuvchi obyektlarini diagnostika va identifikatsiya qilish;
impulsli shovqinlar tufayli tushunarsiz bo'lgan nutqning maz- munini aniqlash;
fonogrammaning asl nusxasi va nusxasini aniqlash va boshqalar. Fonogrammani o'rganish jarayonida ekspert: fonoobyektning umumiy tavsifini quwat darajasining dinamikasi
ko'rinishida;
mikrosegmentni fonoobyektni tahlil qilishning joriy nuqtasidagi osilogramma ko'rinishida;
fonoobyektni tahlil qilishning yetti asosiy shakli: osilogramma, amplitudali-bosqichli spektr, uyg'unlik va ovozning asosiy toni indikatori funksiyalari, sonogramma, garmonogramma va intono- grammani muntazam ko'rib turadi.
“Portref avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimi grafik axborotlar jamlangan ma’lumotlar bazasini tashkil etish imkonini beradi. Bu- lar raqamli fotokamerada bevosita olingan va skanerda chiqar- ilgan fotosuratlar yoki videokamera yoki videomagnitofondan olin gan tasvirlar bo'lishi mumkin.
Qidirish bo'yicha mavjud parametrlar: ism-sharifi, tug'ilgan sa- nasi, yashash manzili, sodir etgan jinoyatining tarkibi va usuliga qarab, shuningdek qiyofasining og'zaki tavsifi: yuzi, ko'zlari, burni, qoshlarining shakli va boshqa shunga o'xshash alomatlariga qar ab amalga oshiriladi.
Yuklangan rekvizitlar bo'yicha qidirish jarayonida topilgan foto suratlar vizual tanlab olish uchun ekranga chiqariladi. Tasvirni har qanday turdagi printerda chiqarish mumkin.
“Fotorobof avtomatlashtirilgan tizimi jinoyat sodir etishda shub- ha qilingan shaxslaming portretlarini yaratish uchun mo'ljallangan. Portret alohida elementlardan tarkib toptiriladi. Bu elementlar jumlasiga soch turmaklari, ko'zlar, burunlar, lablar va boshqa shunga o'xshash elementlar kiradi. Bundan tashqari, tizimda mo'ylovlar, ko'zoynaklar, bosh kiyimlar, har xil ajinlar, sirg'alar, kulonlar va boshqa shunga o'xshash elementlarning tasvirlaridan iborat elementlar turkumlari ham mavjud. Profilli portret element- lari jamlangan turkumlardan ham foydalanish mumkin. Ayrim tur- kumlarda elementlar soni 250 tadan oshadi. Olingan portretlarni “qo'lda’ to'ldirish va tuzatish mumkin. Portret elementlarining joyini
o'zgartirish imkoni mavjud.
O'zbekiston Respublikasi sud ekspertizasi markazi, O'zbekiston
Respublikasi IIV va boshqa mutassadi organlar tomonidan yuqor- ida qayd etilgan o'lkan ishlariga qo'shimcha qilib, sud huquq islohatlarini, ya’ni sud - ekspertiza tadqiqotlarini olib borishda avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlarini yanada rivojlanti- rish bo'yicha zamon (jahon) talablariga javob beradigan yangi dastur va avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari yaratish- da va ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Sud — ekspertiza tadqiqotlarini o'tkazishda EHMdan foyda- lanishning quyidagi:
an’anaviy ekspertiza o'tkazish metodikasini avtomatlashtirish;
ekspertiza tadqiqotlarini matematik metodlar va elektron - hisoblash texnikasidan foydalanilgan holda amalga oshiriluvchi maxsus ishlab chiqilgan metodika negizida avtomatlashtirish;
ekspertiza tadqiqotlarini ixtisoslashtirilgan axborot — qidiruv tizimlaridan foydalangan holda avtomatlashtirish shakllari vujudga kelishiga.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud - ekspertiza
muassasalari tizimida ekspertiza vazifalarini hal qilish uchun quyidagi:
uskunalardan tushuvchi birlamchi axborotlarni to'plash va qay-
ta ishlash dasturlari ;
identifikatsiya qilish va turkumlash vazifalarini hal qilishga mo'ljallangan dasturlar;
matematik hisob — kitoblarga mo'ljallangan dasturlar;
sud ekspertizasini axborotlar bilan ta’minlashga mo'ljallangan dasturiy komplekslar ( har xil avtomatlashtirilgan axborot
- qidiruv tizimlari);
dialog rejimida ekspertiza xulosalari matnini tayyorlashga mo'ljallangan dasturlar.
Portlashlar va yong'inlar bo'yicha quyidagi:
portlashlar va yong'inlar bo'yicha avtomatlashtirilgan axborot — qidirish tizimlarini ishlab chiqish;
portlashlaming sabablari va portlovchi moddalaming turkumlari
haqidagi axborotlar;
bunday hodisalarni tahlil qilish va taqqoslash usullari; jamlangan bo'lishligi kerak hamda Istiqbolda integrativ
ma’lumotlar bazalarini barpo etish rejalarini ishlab chiqishga qara- tilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Hozirgi kunda jahonning ko'pgina mamlakatlarida avtomatlash tirilgan monodaktiloskopik ro'yxatdan o'tkazish tizimlaridan foy- dalanilmoqda. Bu sohaning asoschilaridan biri L.G Ejubov bo'lib, u daktiloskopik ro'yxatdan o'tkazishning prinsipial jihatdan yangi yarim avtomatik tizimini taklif qilgan. Eng og'ir vazifa-papillyar chiziqlami kodlashtirish vazifasi bu tizimda zonal-nuqtali kod yor- damida hal qilinadi. Optik proyeksiya yordamida kattalashtirilgan, koordinataning ikki o'qiga nisbatan qat’iy ma’lum tarzda joylash- tirilgan barmoq izida chiziqlarning detallari nuqtalar bilan belgila- nadi. Har bir nuqtaning koordinatalari EHM xotirasiga ikki son ko'rinishida kiritiladi.
Bundan boshqa avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari kompleksi ham yaratilgan bo'lib, bu avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimlari kompleksi ichki ishlar organlarida hisobda turgan odamlarning barmoq izlari va jinoyat sodir etilgan joylardan olin- gan izlarga qarab shaxsni avtomatlashtirilgan identifikatsiya qilish uchun mo'ljallangan.
Kompleksning imkoniyatlari undan 10 mingdan 10 mln.tagacha daktilokartalami jamlash va qayta ishlash uchun foydalanish im konini beradi.
Kompleks ish joyining asosiy imkoniyatlari axborotlami bir sme- nada 400 kartagacha tezlikda kiritish, shuningdek kartotekadan sekundiga 10 ming barmoq izigacha tezlikda qidirishdan iborat. Boshqa bunday tizimlarga kiritib bo'lmaydigan izlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud; ulami daktiloplenkalardan ham, bevosita yetkazuvchilaming sirtidan ham kiritish mumkin.
Kompyuter ekspertiza tizimi iz va barmoq izini vizual o'rganishdan voz kechish imkonini beradi, uning tasvirini kattalashtirish, uni ko'zguli va negativ aks ettirish imkoniyatlari esa ekspertizaning samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimining zamonaviy usullari va vositalarini amalda qo'llashga nisbatan bayon etilgan tizimli yondashuv sud - ek spertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish sohasidagi normativ negiz- ni takomillatirish va rivojlantirish muammosini hal qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |