Grafiklarningasosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Diagramma deganda statistik ma`lumolarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.
Statistika xaritalari grafik tasvirlash shakllaridan biri bo‘lib, statistik ma’lumotlarni xududlar bo‘yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Xududlar bo‘yicha tasvirlash vositasi bo‘lib shtrixli chiziqlar, fonli buyash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.
Statistik xaritalarning ikki shakli mavjud: xaritagramma va xaritadiagramma.
Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar xaritagrammalar deb ataladi. Xaritagrammalar – bu sxematik geografik xarita bo‘lib, xaritada tasvirlangan xududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko‘rsatkichi bo‘yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.
Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo‘linadi. Fonli xaritagrammada xududlar ularni baholovchchi darajalarga ko‘ra turli ranglar orqali tasvirlanadi. Siyosiy dunyo xaritasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma’lum bir zichligi, kattaligi orqali ifodalanadi. Fonli xaritagrammalar asosan nisbiy va o‘rtacha miqdorlarni ifodalashda, nuqtali xaritagrammalar esa asosan hajli, miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladi.
Xaritalarning yana bir turi xaritadiagrammalardir. U geografik xaritalardagi xududlar hodisalarini diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi. Siyosiy dunyo xaritasidagi shaharlarni ifodalovchi belgi – nuqtalar xaritagrammaga misol bo‘ladi. Bunda nuqtaning kattaligi u shaharda aholi sonini ifodalaydi.
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab bo`laklarga bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (xydudiy) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasivrlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir: 1. Shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq. 2. Chiziqlar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar. 3. Shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.