Tashqi yuklar va ularning turlari.
Tashqi yuklarning turlari materiallar qarshiligida o’rganilgan turlarga aynan mosdir. SHu bilan birga qurilish mexanikasida qo’yilish nuqtasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Qo’zgalmas yuklar – bu yuklar inshootga ta’sir qilish davrida o’z o’rnini o’zgartirmaydi.
Qo’zgaluvchan yuklar – inshootga qo’yilgan o’rnini o’zgartiradigan yukdir.
Inshootga bir necha turdagi yuklar ta’sir qilganda ularni birgalikda qarash uchun asosiy va maxsus birikmalar qaraladi. Buning natijasida hisobiy zo’riqishlar aniqlanadi. So’ngra shu zo’riqish asosida konstruktiv echimlar tanlanadi. Bunda qo’llanadigan koeffitsientlar inshootning va materialning turiga muvofiq qurilish me’yorlarida va qoidalarida keltirilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |