Kasallikning ichki (endogen) sabablariga nasl kasalliklari kiradi.
Nasl kasalliklarini dunyoda birinchi bo`lib 1865 yilda chex olimi Iogan Gregor
Mendel aniqlagan.
Odam organizmi barcha hujayra, to`qima a`zolarining tuzilishi, faoliyati va
barcha hayotiy jarayonlarning har bir odamga xos xususiyatlari avloddan-avlodga
(nasldan-naslga) beriladi.
Nasldan-naslga berilish (o`tish) qonunlarini
genetika
fani o`rganadi.
Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromosomalar va genlar
hisoblanadi.
Xromosomalar odam organizmining (barcha mavjudotlarning) hujayralar
yadrosida joylashgan.
Barcha
hayvon,
hashorat
organizmining
har
bir
turi
uchun
xromosomalarning o`ziga xos shakli va soni bo`ladi.
Odam organizmning hamma somatik hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma
bo`ladi. Har xil xromosoma tarkibida ko`plab genlar bo`ladi. Somatik
hujayralardan farqli ularoq, erkak va ayol jinsiy hujayralarida 23 tadan
xromosomalar bo`ladi. Bularning 22 tasi autosomalar bo`lib, ular ota-ona
organizmning nasl belgilarini homilaga (bo`lg`usi bolaga) o`tkazadi. Jinsiy
hujayralarning 23-nchi xromosoma yangi bunyod bo`lgan homilaning jinsini
belgilaydi.
Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XX (iks-iks), erkak jinsiy
hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XY (iks-igrik) bo`ladi.
Genetika fanining aniqlashiga ko`ra 1500 ga yaqin nasl kasalliklari va
to`qima a`zolarning norasoliklari bor.
Nasl kasalliklari ikki guruhga bo`linadi:
1.Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklari.
2.Xromosomalar orqali beriladigan nasl kasalliklari.
Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklarga quyidagilarni misol sifatida
ko`rsatish mumkin:
1.Albinizm – teri, ko`z, sochning rangsizligi (oppoq bo`lishi).
2.Daltonizm –ko`zning rang bilish qobiliyatini buzilishi.
3.Gemofiliya-qonning ivish xususiyatini pasayishi tufayli burundan qon
ketish. Ozroq shikastlanganda jarohatdan ko`p qon ketishi.
4.Kar-soqovlik.
5.Shizofreniya – og`ir psixik kasallik.
Xromosomalar orqali beriladigan irsiy kasalliklarga Daun kasalligi misol
bo`ladi. Xromosoma kasalligi hujayra yadrosidagi xromosomalar sonining
o`zgarishi, ya`ni tabiiyga nisbatan ko`payishi yoki kamayishi natijasida yuzaga
keladi.
Ya`ni normadagi 46 ta xromosoma o`rniga 45 ta yoki 47 ta xromosoma
bo`ladi. Masalan, Daun kasalligida xromosomalar 47 ta bo`ladi. Daun kasallik
bilan tug`ilgan bolaning tashqi qiyofasida quyidagi o`zgarishlar bo`ladi: ko`zlari
kichik, burni kichik va orqa tomoni pachoq, tili katta, qo`l-oyoqlari kalta, aqliy
qobiliyati rivojlanmaydi.
Daun kasalligida xromosomalar sonining 46 ta o`rniga 47 bo`lib qolishi
quyidagi sabab bilan bog`liq. Erkak va ayol jinsiy hujayralari xromosomalari ayol
tuxum yo`lida qo`shilishi natijasida yangi hujayra (homila) paydo bo`ladi.
Ayol va erkak jinsiy hujayrasidagi 23tadan xromosomalar yangi hujayrada
(homilada) 46 ta xromosomani hosil qiladi. Ammo, bu hujayra tuxum yo`lida
bo`linib, ko`payishi jarayonida, bo`lingan hujayradagi 46 ta xromosomani
2 tomonga, ya`ni ikkita yangi hosil bo`lgan hujayraga noto`g`ri taqsimlanishi bir
tomonda 47ta, ikkinchi tomonda 45 ta bo`lishi bo`lg`usi homilada Daun kasalligini
yuzaga keltiradi.
Homilada Daun kasalligini vujudga kelishining ikkinchi sababi, ona jinsiy
hujayrasidagi 21-nchi xromosomaning homilador bo`lishdan oldingi davrda
mutatsiyaga uchraganligidir. Ayolning yoshi qancha katta bo`lsa, uning jinsiy
hujayrasi xromosomalari shuncha ko`proq va kuchliroq mutatsiyaga uchraydi va
homilaga mutatsiyalangan xromasoma berilib, u Daun yoki boshqa nasl kasalligiga
uchraydi.
Homilaning ayrim irsiy kasalliklari, homila paydo bo`lishidan oldin tashqi
muhitning noqulay ta`sirlari natijasida ota yoki ona xromosoma va genlarning
mutatsiyaga uchrashi tufayli vujudga keladi.
Ba`zi irsiy kasalliklar bolalik davrida sezilmaydi, balki yashash jarayonida
tashqi muhitning zararli ta`sirlari tufayli yashirin kechayotgan
Irsiy
kasalliking
belgilari
bolaning
yoshi
ulg`ayganda
namoyon
bo`ladi.Demak, agar bolaning yashash sharoiti yaxshi bo`lsa, uni turli xil zararli
kimyoviy moddalar va kasalliklardan saqlansa unda ota-onadan berilgan va
yashirin kechayotgan ba`zi nasl kasalliklar bola katta bo`lganida ham namoyon
bo`lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: