Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish



Download 1,57 Mb.
bet9/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

Flegmatik - temperementli kishi yaqin distanstiyaga tez yugura olmaydi, boksda esa tez harakat qila olmaydi, ammo asab tizimi mashg’ulot qilish natijasida bunday tipni o’zgarishi sportning ayrim turlarini egallay olganligi isbotlangan.
Xolerik - temperamentli kishilar yaqin distanstiyaga yugurishga, boksga juda mos keladilar, lekin musobaqa paytida oshiqcha hayajonlanadilar, uchragan to’siqlarni engishda achchiqlanadilar.
Shaxsda irodaviy - g’oyaviy sifatlarni shakllantirishda sportning ahamiyati.
Sport maqsadga intilish, intizomlilik o’z kuchiga ishonch, tashabbuskorlik, mustaqillik, mardlik, qa’tiyat, dadillik, o’zini to’ta bilish, chidamlik kabi irodaviy sifatlarni shakllantirishiga ta’sir ko’rsatadi. Sportchida bunday ijobiy sifatlar rejali va tizimli mashg’ulotning, murabbiy mehnatining oqibatidir.
Sport jarayonida aytilgan vositalar bir butunligida sportchining yuqori darajadagi irodaviy g’oyaviy sifatini tarbiyalashga erishish mumkin. Sportchining bu sifatlari qandaydir abstrakt bo’lmay balki, konkret sport faoliyati sharoiti bilan bog’liqdir. Chunki o’zidan ravshanki, sportning har qanday turi bo’qicha ruhiy sifatlarni talab qiladi. Sport psixologiyasi bo’qicha ilmiy tekshirishlar shuni tasdiqlaydiki irodaviy sifatlar sportning turi va yengishga tegishli bo’lgan qarshiliklar darajasiga qarab turlicha bo’ladi. Misol: Shtanga bilan shug’ullanish mushaklarni maksimal darajada taranglashtirish va diqqatni to’plashni talab etsa, chang’i sporti esa barqaror irodani talab qiladi. Bu misoldan ma’lumki sportning u yoki bu turini egallash va sportchi o’z nomini saqlab turish uchun sportchi tizimli mashq bilan shug’ullanadi. Bu mashq jarayonida u har qanday jismoniy va ruhiy to’siqlarga duch keladi. Ana shu to’siqlarni yengib o’tish uni irodaviy g’oyaviy sifatlarini tarbiyalaydi.
Borgan sari takomillashish natijasida sportchida kuchli iroda ham o’sib boradi. Sportchida irodaviy g’oyaviy sifatarning yaqqol ko’rinadigan sharoit - sport musobaqasidir.
Chunki musobaqada sportchining barcha qobiliyati va sifatlari namoyon bo’ladi. Bu esa sportchini irodaviy g’oyaviy jihatdan tarbiyalash uchun butun bir real imkondir. Shu asosida murabbiy hamda sportchi shaxsan o’zi irodasidagi yetishmovchiliklarni tuzatish chorlarini belgilay oladi.
Sportchi iroda - g’oyaviy yetukligi qator musobaqalarda yutuqlari va ko’pchilik tasdig’i bilan xarakterlanadi.
Ma’lumki sportchi sport jarayonida o’z oldiga maqsad va vazifalar qo’yadi. Bu maqsad va vazifalar irodaviy sifatlarni tarbiyalashning sharoitidir.Lekin shuni ham aytish kerakki, bu maqsad va vazifalar qanchalik ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, bo’larni sportchi qanchali aniqroq anglagan bo’lsa shunchali yaxshi natija keltiraoladi. Masalan: oldingi hamda tajribadagi misolardan ma’lumki, ko’pincha sportchilar musobaqa jarayonida qattiq jarohatlansada kurashni davom etdirib rekordlar keltirgan. Bu ulardagi iroda va ijtimoyi g’oyaviylikni qanchalik yuksakligidan bir namunadir. Lekin sport maydonida aksincha holatlar ham uchratib turish mumkin. Masalan: ba’zi sportchilar o’z shaxsiy ustunligini nazarda tutib musobaqada ishtirok etadilar. Bu esa ko’pincha individuallizm, maqtonchoqlik, o’z shaxsini oshiqcha ko’tarib yuborish kabi salbiy sifatlarni shakllanishiga olib keladi. Demak bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Sport jarayonida ijobiy sifatlar bilan birgalikda salbiy sifatlar ham namoyon bo’lib turadi. Salbiy sifatlarning paydo bo’lib turishning asosiy sababi sportchini birinchidan jismoniy, texnika va taktikasi yetuk emasligida bo’lsa, ikkinchi tomondan uning irodaviy va g’oyaviy tomondan etarli tayyorlanmaganligidadir. Shu sababali murabbiy sporchining bu ikki muhim tomoniga alohida e’tibor bilan qarashi lozim.




    1. Download 1,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish