Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish


Olingan ma’lumotlarni ishlash quyidagichadir



Download 1,57 Mb.
bet14/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

Olingan ma’lumotlarni ishlash quyidagichadir:

1) 10 daqiqa ichida qo’shib ulgurilgan qatorlar soni va ularning 1 daqiqa ichidagi o’rtacha soni hisoblab chiqiladi;


2) So’ngra o’qituvchi o’zining qo’lidagi test bo’qicha har bir raqam qatori natijalarining to’g’rililigini tekshiradi.


Eksperementator har bir guruhda bu natijalarni o’z tekshiriluvchisining 10 daqiqa ichidagi natijalari bilan solishtiradi. Agar xato bo’lsa tepasiga doiracha ichiga eksperpementator to’g’ri va noto’gri natijalar o’rtasidagi farqni tekshiriluvchi foydalangan siyoh rangidan farq qiluvchi rangdagi siyohda yozib chiqadi;

3) Noto’g’ri ko’shilgan qatorlar soni va ularning 10 daqiqa ichida qo’shilgan qatorlarning umumiy soniga nisbatan 4 foizi hisoblab chiqiladi.


Masalan, tekshiriluvchi 30 ta qatorning yig’indilarini qo’shdi va 3 tasida xatoga yo’l qo’qdi: bittasida 3 birlikka, boshqasida 10 ta uchinchisida 45 ga. Umumiy xatolar soni 18. So’ngra 1 daqiqa ichidagi o’rtacha hatolar soni hisoblanadi. Buning uchun xatolar soni 10 daqiqaga bo’linadi. Tekshiriluvchining qo’shimcha 2 daqiqada qilgan ish natijalari ham alohida va xuddi yuqoridagicha ishlanadi. Matematikali ishlash natijalari quyidagi tajriba bayonnomaida yoziladi.
Tekshiriluvchining familiyasi_________
Sana_______________

Ko’rsatkichning nomi

10 daqiqa ichidagi natijalar

2 daqiqa ichidagi natijalar

10 daqiqa va 2 daqiqa ichidagi natijalar o’rtasidagi farq

Bir daq. ichida hisoblangan qatorlarning o’rtacha soni










Xato sanalganlarning foizi










Xatolarning o’rtacha soni










10 daqiqa va 2 daqiqa ichidagi qo’shish natijalarini solishtirish, ko’chli va zo’r tejagan diqqatni talab qiluvchi ish vaqtida tekshiriluvchining irodaviy zo’r berish xususiyatlari to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Agar ko’shimcha 2 daqiqa ichidagi ish ko’rsatkichlari yomonlashsa, tekshiriluvchinig ushbu test bo’qicha ishlashdagi irodaviy zo’r berishi etarli emasligi ko’rinadi.


Mushak taranglashganda irodaviy zo’r berish


Tajriba vazifasi: Turli sport turlari bilan shug’ullanuvchi sportchilarda mushak maksimal taranglashish vaqtida irodaviy zo’r berishning xususiyatlarini aniqlash. Tajribada bir xil sport turi bilan shug’ullanuvchi 6 ta tekshiriluvchi qatnashadi.

Seriyada o’tkazilib, natijalari quydagi bayonnomaga yoziladi.


Sana__________.



Tekshiriluvchining familiyasi

2 seriya natijalari







1 seriya natija
lari

1

2

3

4

5

1






















2






















3






















4






















5






















6






















1 seriyada tekshiriluchiga qo’llarini maksimal darajada siqishni taklif qilinadi. Tekshiriluvchining boshlang’ich holati. U devor oldida turgan stulning o’tirg’ichiga ikkala qo’lini tiraydi. (gavdasi, ko’li va oyog’i to’g’rilangan holatda). o’qituvchining komandasi bilan tekshiriluvchi mashq bajarishni boshlaydi qo’llarini bukib ko’kragini stul o’tirg’ichiga tekizadi, so’ngra ularni to’g’rilaydi, oyoqlari esa doim to’g’rilangan holatda bo’ladi. Tekshiriluvchining vazifasi ayni natijada o’z jismoniy imkoniyatining chegarasigacha qo’llarini maksimum darajada siqishdan iborat 1-chi tekshiriluvchidan keyin bu mashqni yana 5 ta tekshiruluvchi bajaradi. Birinchi seriya natijalari faqat talabalarning daftarlarigagina emas, balki doskaga ham yozib boriladi. 2-chi seriyada 6-ta tekshiriluvchining har biriga 1-chi seriya natijalarini qaytarish taklif qilinadi. Mashq bajarilish paytida o’qituvchi qo’llarning siqish sonlarini ovoz chiqarib sanaydi. Tekshiriluvchi birinchi seriya ko’rsatkichlarini bajargach, unga o’z irodaviy kuchini yig’ib yana 3 marta siqish taklif qilinadi. Agar u 3 ta siqishni bajarsa, to tekshiruluvchining o’zi rad qilmagunicha bajarishni davom ettiraveradi. Bayonnomadagi ikkinchi seriya natijalari jadvaliga faqatgina 1-chi seriyadagi siqishning yuqori ko’rsatkichlarigagina yoziladi. Natijalarni ishlashdan quyidagilar kelib chiqadi.


1.Birinchi seriya ma’lumotlari bo’qicha qo’llarni siqish yig’indisi va o’rtacha soni hisoblab chiqiladi.
2.Ikkinchi seriyadagi qo’shimcha siqishlarning umumiy yig’indisi hisoblab chiqiladi. Olingan ma’lumotlar asosan (maksimal siqishning o’rtacha soni va qo’shimcha siqishlarning yig’nidisi (talabalar ushbu sport turi bilan shug’ullanuvchi) sportchilarda mushak kuchli toliqqan vaqtida irodaviy zo’r berishning boshqa sport turi bilan shug’ullanuvchi sportchilarga nisbatan qanday xususiyatlari borligi to’g’risida xulosa chiqaradilar.
Shuningdek 6 ta tekshiriluvchining ichida qaysi biri mushaklarning taranglashgan holatida eng qo’p iroda kuchni ko’rsata olgani to’g’risida ham xulosalar chiqarish kerak. Bu borada ko’shimcha siqish sonining qanchalik ko’pligiga qarab xulosa chiqarish mumkin. o’qituvchi mashg’ulotni yakunlar ekan, sport harakatlarini bajarish paytida iroda kuchining ahamiyatini ko’rsatib o’tadi.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish