Mavzu: sport bayramlari tashkil qilish va uni o‘tkazish



Download 0,95 Mb.
bet1/2
Sana18.05.2023
Hajmi0,95 Mb.
#940442
  1   2
Bog'liq
sPORT BAYRAMLARI TASHKIL QILISH VA UNI OTKAZISH

MAVZU:SPORT BAYRAMLARI TASHKIL QILISH VA UNI O‘TKAZISH


O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida bolalar jismoniy tarbiyasiga va bolalar sportiga katta e’tibor berilmoqda: “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi I-qonun, “Sog’lom avlod uchun” - Prizdent farmoni “O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish”- vazirlar maxkamasining qarori va shu kabilar biz, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga kuch-quvvat, iroda, intilish beradi.
Bu davlat dirrektiv xujjatlarini amalga oshirish uchun biz butun dili-jonimiz bilan xam nazariy, xam amaliy bilimlarni yukori darajada berishga intilamiz, o’quvchilarning salomatligini mustaxkamlash yo’llarini qidiramiz, bolajonlarda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishni uygotish ularni soglom, jismonan baquvvat qilib kamolga yetkazish bizning burchimizga tushadi. Jismoniy tayyorgarlik va “Salomatlik” poydevorini eng kichik yoshdan qurishni boshlash kerak. Bu yoshdagi bolalarda harakat ko’nikma va malakalarining shakllanishi shiddatli bo’ladi. Ularning bo’yi va muskul kuchlari ortadi, harakat koordinatsiyalari yaxshilanadi. Harakat amplitudiyasini, tezligini, yo’nalishini, ritmini va ifodaliligini ajrata bilish ko’nikmasi takomillashadi, harakatini tahlil qilish qobiliyati ma’lum fazalarga ajratilgan holda rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat etish va o’zining hamda o’rtoqlarining harakatlarini baxolash qobiliyatlari rivojlanadi. Bola harakat natijalarini bajarish sifatiga bog’liqligini tushunadi, yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qiladi.
Boshlang’ich ta’lim maktablarda bolalar faoliyatining asosiy bo’limlaridan birini jismoniy tarbiya bo’yicha olib boriladigan ishlar tashkil etadi. Bu ish o’qituvchilar tomonidan hamda vrach va boshqa mutaxassislar /musiqa raxbarlari va boshqalar/ qatnashgan xolda maxsus dastur bo’yicha amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi bolalarni xartomonlama garmonik rivojlangan, jismonan baquvvat, xayotga, mehnatga, Vatanni ximoya qilishga tayyor qilib voyaga, kamolga yetkazishdir.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash vazifalari O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3-ta asosiy a) sog’lomlashtirish, b) ta’limiy, v) tarbiyaviy guruxlarga bo’linadi.
Bolaning sog’lig’ini aks ettiruvchi ko’rsatgichlaridan biri tana bo’limlarining o’zaro nisbatining to’g’riligidir: yoshi o’sishi bilan og’irligi, bo’yi va ko’krak qafasining aylanasi propotsional o’zgarishi lozim.
Oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilishi tufayli bolalar uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda: sport majmuasi, alohida stadionlar, sport zallar, xavzalar, tennis maydonchalari va boshqalar, sport anjomlari va uskunalar. Shunday bo’lsa ham olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili maktab yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligining pastligini, dastur talablariga yetarlicha javob beraolmasligini taqidlaydi. Eng kichik yoshdan boshlab harakatsizlik oshib bormoqda. Buning asosiy sababi maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya masalalari yuqori darajaga ko’tarilmagan. Bog’cha tarbiyachilari hamda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bu masala bo’yicha nazariy va amaliy bilimi yetarli darajada emas. Jismoniy tarbiyaning hamma shakllari amalga oshirilmaydi, bajarilsa ham yetarli darajada emas.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotidan tashqari muntazam kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlarini qat’iy tartibda olib borilishi lozim.
Ularga birinchi navbatda mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, katta tanafuslarda o’tkaziladigan o’yinlar, umumta’lim darslarda o’tkaziladigan “Quvnoq daqiqalar”, mustaqil jismoniy mashqlar kiradi va kuni uzaytirilgan guruxlarda sport soatlari. Bular albatta bolalarda harakat faolligini nisbatan oshiradi. Ta’lim muassasalari kun tartibida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga “Mashg’ulotgacha gimnastika”, ya’ni 1 dars boshlanishdan oldin o’tkaziladigan gimnastika; umumta’lim dars jarayonida olib boriladigan “Quvnoq daqiqalar”; “Uzaytirilgan tanaffuslarda o’tkaziladigan harakatli o’yinlar”; kuni uzaytirilgan guruxlarda “Sport soatlari” kiradi.
Mashg’ulotgacha gimnastika – har kuni birinchi dars boshlanishdan oldin o’tkaziladigan jismoniy mashqlardir. Ma’lumki, maktabga bolalarning bazi birlari oldinroq kelsa, boshqalari gimnastika boshlanish payitiga yotib keladilar. O’quvchilarning bazi birlari maktabga kelguncha qadar o’ynab, yugurishlarga ulgurgan bo’lsa, bazilari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj xolatda keladilar va xali uyquda bo’ladilar.
Demak, dars boshlanishdan oldin hamma o’quvchilarning holati, diqqati har xil bo’ladi. SHuning uchun “Mashg’ulotgacha gimnastika”ni o’tkazishdan maqsad hamma bolalar diqqatini aqliy mehnatga (darsga) jalb etishdir, ya’ni birini tinchlantirish bo’lsa, boshqasini esa uyg’otishdir. Ana shuning uchun o’tkaziladigan mashg’ulotgacha gimnatika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarning tinchitadi, ulardagi xayajonlanish xolatini bosadi, bolalarni tetiklashtiradi.
Mashg’ulotgacha gimnastika mashqlar kompleksini tuzishda o’quvchilar kiyimini iflos qilmaslikni xisobga olish kerak, chunki ular maktab formasida mashq bajaradilar. Tanlangan mashqlar tanish va oddiy bo’lishlari kerak.
Mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastikaning har bir majmuasi:
- muskul va yurak – tomir tizimiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish;
- o’quvchilarning qaddi qomatiga ijobiy ta’sir ko’rsatish;
- jismoniy yuklanishning uzviyligi;
- mashqlarning o’quvchilarga tanish bo’lishi va yengil bajarilishi;
- emotsional xolatini oshirish;
- o’tkazish joyining talabga javob berishning taqozo etadi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish