Mavzu: Soxta oyoqlilar sinfi



Download 8,9 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi8,9 Kb.
#704379
Bog'liq
dars ishlanma zoologiya 3 mavzu


3- DARS: Soxta oyoqlilar sinfi.

Mavzu: Soxta oyoqlilar sinfi.

Maqsad:
Ta'limiy: O'quvchilarda bir hujayrali hayvonlarning tuzulishi va hayot kechirish xususiyati to'g'risida tasavvur hosil qilish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning biologik obyektlar va kitob bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat


O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: jadvallar , hay von hujayrasi, to'qimalarni aks etiruvchi rasmlar.

Darsning borishi:


I Darsni tashkil qilish 2 daqiqa IV Darsni mustahkamlash va yakunlash 10 daqiqa
II Uyga vazifani tekshirish 6 daqiqa V Uyga vazifa 2 daqiqa
III Yangi mavzu bayoni 25 daqiqa
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2 Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu rejasi:
1 Yashash muhiti va harakatlanishi.
2 Oziqlanishi , nafas olishi
3 ko’payishi va xilma - xilligi
IV. Yangi mavzu bayoni. Bir hujayralilar tuzilishining ko'p hujayralilarning bitta hujayrasiga o'xshashligi va undan farq qilish belgilari botanikadan o'tilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Buning uchun bir hujayralilarning bir hujayrasi ham ko'p hujayralilar hujayrasidagi singari hujayra qobig'i, yadro, sitoplazma va undagi organoidlardan iboratligi, ularning o'zi uchun xos organoidlarning borligi ta'kidlab o'tiladi. Bu mavzu amyoba misolida yanada kengaytiriladi. O'tiladigan materiallarni tushunib olish o'quvchining hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risidagi malumotlarni o'zlashtirishi bilan bog'liq. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini yana tur, urug', oila, turkum, sinf, tip tushunchalariga qaratadi va amyoba bir hujayralilarning soxtaoyoqlilar sinfiga kirishini ta'kidlaydi. . So'ngra amyobaning qayerda yashashi, qanday oziqlanishi va harakatlanishi tushuntiriladi. Soxtaoyoqlarning harakatlanganda va oziqni qamrab olayotgandagi holatini doskaga chizib tushuntirish lozim. Hazm qilish vakuoli funksiyasini jo'nroq qilib, oziq tarkibidagi moddalarni suvda erigan holda sitoplazmaga o'tishi va hazm bo'lmay qolgan moddalarni hujayradan chiqarib yuborilishi tarzida tushuntiriladi. Qisqaruvchi vakuola vazifasi tushuntirilganda amyoba hujayrasi membrianasi orqali suv doim sizib o'tib turishi, agar suv chiqarilib turilmasa, hujayra yorilib, nobud bo'lishi orqali tushuntiriladi.
Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bolmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o'tsa, tanasining o'sha tomoni bo'rtib chiqib, «soxta oyoq» deb ataladigan o'simta hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o'xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to'xtovsiz hosil bo'lib va yo'qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o'zgarib turadi.
Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, may da suv o'tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o'tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha - hazm qilish vakuolasi paydo boladi. Hazm shirasi ta'sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm boladi. Oziqning hazm bolmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi . Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Ko’payishi . Amyoba ikkiga bo’linish yo’li bilan jinnissiz ko’payadi. Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyoba harakatlanishdan to’xtab , yumoloqlanadi ; uning hujayrasi sirtidan qalin po’st – sista hosil bo’ladi.
V.Darsni mustahkamlash:
1.Bir hujayralilar qanday sinflarga bolinadi?
2.Amyoba organoidlari va ular vazifasini juftlab ko'rsating.
3.Amyoba qanday nafas oladi?
4. Amyoba qanday nafas oladi?
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish.
Download 8,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish