Mavzu: Sovg’a uchun suvenir yasash.
Darsning maqsadi: Ta’limiy o’quvchilarga sovg’a uchun suvenir yasashni o’rgatish (mehnat qurollari, xavfsizlik qoidalari haqidagi bilimlarini yanada oshirish). Har xil biser, munchoqlarni, lenta va tasmalarni, qiyqim gazlamalarn I bir-biri bilan bog’lay olish qobiliyatini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni toza-ozodalikka, mehnatsevarlikka o’rgatish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, ish vaqtida ehtiyotkorlik, o’zaro hurmat tuyg’ularini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda estetika nafosat tuyg’ularinishakllantirish, kompozitsion didini oshirish, yangilik, yaratuvchanlik qobiliyatlarini yanada shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko’rgazmali, noan’anaviy.
Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazmalar, qarqatma materiallar, multimediya ilovalari.
Darsimiz shiori: Bilim olish istagi
Biz uchun farzdir
Shiorimiz bizning
Dars muqaddasdir.
Maqsadimiz: Doimo a’lo o’qish
Yurtga munosib bo’lish.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
- O’quvchilar bilan salomlashiladi.
- Navbatchi axboroti tinglanadi.
- O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.
- Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan videolavha namoyish etiladi.
- Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham o’quvchilar tomonida ma’lumotlar beriladi.
- Navoiy va Bobur g’azallari, ruboiylari o’quvchilar tomonidan ijro etiladi.
II. O’tgan mavzuni takrorlash va baholash.
O’tgan darsda “Pape-mashe” usulida payola yasashib, bezatish topshirig’i berilgan edi. O’quvchilarning bajargan ishlari baholanadi. O’tgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
1- Mulohaza testi.
“Pape-mashe” so’zi arab tilidan olingan bo’lib “g’ijimlangan qog’oz” degan ma’noni anglatadi.
“Pape-mashe” qog’ozni maydalab, ularni yelim bilan ustma-ust yopishtirish yo’li orqali o’yinchoq yasash usulidir.
“Pape-mashe”da yelim o’rniga kraxmal yoki undan foydalanish ham mumkin.
“Pape-mashe” usulida payola yasashda piyolaning birinchi qavatiga yog’ yoki vazelin surtiladi.
Qog’oz bo’laklari piyolaga yelimlangach darhol piyoladan ajratib olinib quritiladi.
2- Mulohaza testi (umumiy takrorlash).
Applikatsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi.
Applikatsiyaning 4ta turi mavjud.
Pape-mashe usulida faqat piyola emas, turli ro’zg’or buyumlari, qo’g’irchoqlar va mevalarni yasash mumkin.
Applikatsiya yasashda turli urug’lar, gazlama bo’laklari, tugmachalar, paxta va rangli qog’ozlardan foydalanish mumkin.
Applikatsiyaning alohida predmetli va dekorativ gulli turlari bor.
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu “Sovg’a uchun suvenir yasash”. Ko’rgazmalar namoyish etiladi. Suvenir haqida ma’lumit beriladi.
Sovg’aning suvenir, taqdim va tuhfa kabi turlari mavjud.
Suvenir so’zi aslida turkcha so’z bo’lib, kishini sevintirish uchun tortiq qilinadigan narsalarni bildiradi. Suvenir sifatida avtoruchka, to’g’nog’ich va o’yinchoqlar beriladi.
Tuhfa esa to’yga, yangi uyga, tavallud kunigaqarindoshlar, do’stlar va hamkasblarga sovg’a qilinadi. Tuhfa qilib soat, uy jihozlari, televizor, fotoapparat kabilar beriladi.
Taqdim esa ziyofat, mehmondorchilik, tug’ilgan kun munosabati bilan beriladi. Ayniqsa, ayol-qizlarga gul, atir kabilar taqdim etiladi.
Yasash uchun kerakli ish qurollari tanlanadi.
Bisser 2 xil rangli qizil va sariq.
Bisser to’qish simi.
Qaychi.
Yashil ip.
Biser solish uchun quticha.
Videolavha orqali yasash jarayoni namoyish etiladi.
O’qituvchi rahbarligida o’quvchilar gul yasaydilar.
“Pantomima” o’yini tarzida dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Bir nechta o’quvchi chiqib,
- qaychi - tugma
- igna - paxta
- ip - chizg’ich
- yelim - plastilin
- qog’oz - karton
kabilarni o’z harakatlari yordamida ko’rsatib beradilar.
Ishni bajarish davom ettiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yasash jarayonida ham savol-javoblar o’yin tarzida o’tkaziladi.
“Bilimlar xazinasi lototroni”dagi savollarga javob beriladi. To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
O’quvchilarning dars davomida bajargan ishlari nazorat qilinadi. Xato va kamchiliklar tuzatiladi.
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
O’quvchilarning dars davomida bajargan ishlari baholanadi, savollarga bergan javoblari, faolliklariga munosib rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: Ishni yakunlab kelish, mustaqil ish namunalaridan bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |