Mavzu: Sotsiologiyada sotsial inistitut tushinchasi. Reja


Sotsial institutlar tizimi. Institutlarning xilma-xilligi



Download 30,81 Kb.
bet2/2
Sana05.08.2021
Hajmi30,81 Kb.
#138804
1   2
Bog'liq
Elmurodov Otabek mustaqil ta'lim

Sotsial institutlar tizimi. Institutlarning xilma-xilligi:

► Norasmiy ijtimoiy institutlar. Misol: do‘stlik

• уetarli darajada aniq belgilangan

• nazorat va sanksiyaning alohida shakllari (ranjish, janjal, ajralish va hokazo),

«NR» - qonun va ma'muriy qoidalar ko‘rinishida mustahkamlanmaganlik.

• zahiralar - sarmoyalar (ishonch, yoqtirish, tanishuvning davomiyligi va hokazo)

• aniq chegaralash - avtonomiya (muhabbat, kasbiy munosabatlar, oilaviy munosabatlar va hokazolardan), «NR» - sheriklarning mavqeyi, huquq va majburiyatlari aniq ravishda professional mustahkamlanmaganligi.

2) Rasmiy ijtimoiy institutlar.

• rasmiy tarzda shartlashilgan qoidalar, qonunlar, reglamentlar, nizomlar (+ «yozilmagan me'yorlar») asosida o‘zaro aloqa qilish.

Ijtimoiy institutlarni funksiyalari bo‘yicha tasniflash (+ virtualizatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan ijtimoiy institutlarning funksionalligini tanqid qilish )

Virtualizatsiya nazariyasi (postmodernizm)

• Virtualizatsiya - bu real voqelikni simulyatsiyag‘obraz bilan almashtirishdir - u kompyuter texnikasi yordamida bajarilishi shart bo‘lmasa-da, biroq albatta virtual voqelik mantig‘ini qo‘llagan holda bajariladi (masalan: virtual iqtisodiyot - fond birjasidagi spekulyatsiyalar moddiy ishlab chiqarishdan ustun turadi)

• Ijtimoiy fenomenlarni «virtuallik» tushunchasi yordamida ifodalash obrazlar raqobati institutsional ifodalangan harakatlarning o‘rnini bosganidagina o‘rinlidir.

• Ushbu nazariya doirasida yangi tendensiyalarni tushuntirish jamiyatning institutlar tizimi emas, balki qadriyatlarni amalga oshirish jarayoni, ijtimoiy institutlarning real voqelikdagi shakllanishi va inqirozga uchrashi kabi tarixiy daqiqalardan iborat jarayonlar sifatidagi tasavvuri kelib chiqadi.

► Iqtisodiy institutlar. Boyliklar (farovonlik)ni yaratish, taqsimlash va foydalanish muammolarini qo‘yish va hal qilish usullarini belgilovchi me'yorlar majmui.

asosiy elementlar (modern): bozor;tovar - buyum, ularning ob'ektiv xususiyatlari boylik hisoblanadi; taklif; talab; mehnat - muayyan vaqtda, muayyan joyda tashkil etilgan sermahsul faoliyat; raqobat; innovatsiya va boshq.

postmodern davrida virtuallashtirish:

- qiymatni virtuallashtirish

- innovatsiyalarni simulyatsiya qilish

- mehnatni virtuallashtirish («ish vaqti iqtisodiy mazmunga emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega»)

Ishlab chiqarishdan iqtisodiyotga.

► Siyosat institutlari. Hokimiyatga ega bo‘lish muammolarini qo‘yish va hal etish usullarini belgilovchi me'yorlar majmui.

asosiy elementlar (modern): harakatlar dasturi; (mafkura); islohot; tashkilot (partiya); jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi

postmodern davrida virtuallashtirish:

- hozir siyosiy hokimiyat uchun kurash - bu harakatlar dasturining raqobati emas, balki siyosiy imijlarning kurashidir;

- siyosatchining real shaxsi va faoliyati faqat “axborot sababi” sifatida kerak xolos;

- ommaviy demokratiya institutlarining virtuallashtirilishi - saylovlar, davlat, partiyalar.

Boshqaruvdan siyosatga.

► Ilm-fan institutlari. Haqiqatni ochish va malaka oshirish muammolarining hal etilishini ta'minlovchi me'yorlar majmui.

asosiy elementlar (modern): fakt - sezgi organlari tomonidan qayd etiladigan narsalarning holati; kashfiyot - narsalarning yangicha holatini aniqlash; tadqiqot - faktlarni yig‘ish va ularni bir tizimga solish jarayoni; bilimga asoslanganlik - faktlar«zahirasi»ga ega bo‘lish.

postmodern davrida virtuallashtirish:

- ilm-fan bugungi kunda - bu haqiqatni izlash emas, balki til bilan bog‘liq o‘yinlar turi, modellarni manipulyatsiya qilishdir;

- moddiy eksperiment ko‘p hollarda real voqelikda referentga ega bo‘lmagan modellarda tajriba o‘tkazishga almashilyapti;

- farovonlikka murojaatni moliyaviy samaradorlikka murojaat bilan almashtirish;

- ilmiylikning haqiqiylikdan ajralishi;

- kompetensiyani simulyatsiya qilish.

“Bilimlarni oshirishdan” “ilmiylikka”

► San'at institutlari. Badiiy qadriyatlarni yaratish va saqlash muammolarini qo‘yish hamda hal etish usullarini belgilovchi me'yorlar majmui.

asosiy elementlar (modern): asar - buyum bo‘lib, uning hissiy idroki ezgulikdir; ijod - o‘ziga xos asarni yaratish; did - ijodg‘idrok etish qobiliyatiga ega bo‘lish; badiiy yo‘nalish; taqdimot (ko‘rgazma, spektakl) va boshqalar.

postmodern davrida virtuallashtirish:

- “go‘zallikni” turlicha tushunish

- sitata keltirish san'at tamoyili sifatida

- asar yaratish PR-aksiyalar majmuiga aylanadi

Ijoddan “san'at bilan shug‘ullanishga ”.

Ijtimoiy institutlarning turlari va funksiyalari. Har bir institut o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy vazifani bajaradi. Ushbu ijtimoiy vazifalarning yig‘indisidan ijtimoiy tizimning muayyan ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari yig‘ilib boradi. Mazkur vazifalar turli-tumandir. Turli yo‘nalishda faoliyat yurituvchi sotsiologlar ularni tasniflashga, ularni tartibga solingan muayyan tizim sifatida tasavvur qilishga urinib ko‘rishgan. «Institutsional maktab» uning eng to‘liq va qiziqarli tasnifini taqdim etadi. Sotsiologiya fanining institutlashtirish maktabi vakillari (S.Lipset; D.Landberg va boshq.) sotsial institutlarning to‘rtta asosiy vazifasini ajratadi:

1) Jamiyat a'zolarini ko‘paytirish. Oila ushbu vazifani bajaruvchi asosiy institut hisoblanadi, ammo unga davlat kabi boshqa institutlarning ham aloqasi bor.

2) Ijtimoiylashuv - individlarga ushbu jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor va faoliyat usullarining namunalarini berish - oila, ta'lim, din va boshqa institutlar.

3) Ishlab chiqarish va taqsimlash. Boshqaruv va nazorat kabi iqtisodiy-ijtimoiy institutlar tomonidan ta'minlanadi - hokimiyat organlari.

4) Boshqaruv va nazorat vazifasi xulq-atvorning tegishli turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy me'yorlar va ko‘rsatmalar tizimi orqali amalga oshiriladi: axloqiy va huquqiy me'yorlar, urf-odatlar, ma'muriy qarorlar va hokazo. Sotsial institutlar individning xulq-atvorini rag‘batlar va sanksiyalar tizimi orqali boshqaradi.

Sotsial institutlar bir-biridan o‘zining funksional sifatlari bilan farq qiladi:

1) Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar - mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo‘jalik birlashmalari - iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig‘indisini ta'minlaydi.

2) Siyosiy institutlar - davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o‘rnatish va saqlab turishga yo‘naltirilgan siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig‘indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg‘un saqlanishini ta'minlaydi, jamiyatdagi уetakchi ijtimoiy-sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.

3) Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o‘zlariga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtirish va ularni aks ettirishni, individlarni muayyan submadaniyatga kiritishni, xulq-atvorning turg‘un ijtimoiy-madaniy andozalari orqali individlarni ijtimoiylashtirishni va nihoyat, muayyan qadriyatlar va me'yorlarni himoya qilishni maqsad qilishadi.

4) Me'yoriy-yo‘naltiruvchi institutlar - individlarni axloqiy-etik yo‘naltirish va ularning xulqini boshqarish mexanizmlari. Ularning maqsadi xulq-atvor va motivatsiyaga ma'naviy dalilni, etik asosni berishdan iborat. Ushbu institutlar hamjamiyatda imperativ umuminsoniy qadriyatlarni, maxsus kodekslar va xulq etikasini tasdiqlaydi.

5) Me'yoriy-tasdiqlovchi institutlar - yuridik va ma'muriy hujjatlarda biriktirilgan me'yorlar, qoidalar va ko‘rsatmalar asosida xulq-atvorni ijtimoiy jihatdan tartibga solishdir. Me'yorlarning majburiyligi davlatning majburiy kuchi va tegishli sanksiyalari tizimi bilan ta'minlanadi.

6) Tantanali-ramziy va vaziyatli-konvensional institutlar. Ushbu institutlar konvensional (shartnoma bo‘yicha) me'yorlarni u yoki bu darajada uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan. Ushbu me'yorlar kundalik o‘zaro aloqalarni, guruhli va guruhlararo turli tuman xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir-birining xulq-atvor tartibi va usulini aniqlaydi, axborot berish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va h.k.ni, yig‘ilishlar, majlislar reglamenti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qat'iy belgilaydi.

Jamiyat yoki hamjamiyat sifatida chiqadigan ijtimoiy muhit bilan o‘zaro me'yoriy aloqaning buzilishi ijtimoiy institut disfunksiyasi deyiladi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish konkret sotsial institutning shakllanish va faoliyat yuritish asosi hisoblanadi. Ijtimoiy jarayonlarning jadal kechishi, ijtimoiy o‘zgarishlar sur'atining tezlashishi sharoitlarida, o‘zgargan ijtimoiy ehtiyojlar tegishli sotsial institutlar tuzilmasi va funksiyalarida mos tarzda aks etmaydigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ularning faoliyati natijasida disfunksiya vujudga kelishi ehtimoli bor. Mazmun nuqtai-nazaridan disfunksiya institut faoliyati maqsadining ravshan emasligida, funksiyalarning noaniqligida, uning ijtimoiy nufuzi va obro‘sining tushib ketishida, uning alohida funksiyalarining «ramziy», marosimiy faoliyatgacha, ya'ni oqilona maqsadga erishishga yo‘naltirilmagan faoliyatda ifodalanadi.

Sotsial institut faoliyatining shaxsiylashuvi uning disfunksiyasining yaqqol ifodasidan biri hisoblanadi. Ma'lumki, sotsial institut o‘zining ob'ektiv harakat qiluvchi mexanizmlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. Bunda har bir kishi me'yor va xulq-atvor namunalari asosida o‘z mavqeyiga mos ravishda muayyan rolni o‘ynaydi. Ijtimoiy institutni shaxsiylashtirish alohida shaxslarning manfaati, ularning shaxsiy sifatlari va fazilatlariga qarab o‘z funksiyalarini o‘zgartirgan holda ob'ektiv ehtiyojlar va ob'ektiv ravishda belgilangan maqsadlarga muvofiq tarzda harakat qilishdan to‘xtaydi. Qondirilmagan ijtimoiy ehtiyoj institut disfunksiyasini to‘ldirishga intiluvchi me'yoriy tarzda tartibga solinmagan faoliyat turlarining stixiyali paydo bo‘lishini mavjud me'yor va qoidalarni buzish hisobiga yuzaga keltirishi mumkin. Bunday turdagi keskin shakllarga ega bo‘lgan faollik huquqqa zid faoliyatda ifodalanishi mumkin.

Xususan, ba'zi iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «yashirin iqtisodiyot» mavjud bo‘lishining sababchisiga aylanadi, chayqovchilik, poraxo‘rlik, o‘g‘irlik va hokazolarga olib keladi. Disfunksiyani tuzatishga sotsial institutning o‘zini o‘zgartirish yoki mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondiradigan yangi ijtimoiy institutni yaratish yo‘li bilan erishish mumkin. Tadqiqotchilar sotsial institutlar mavjudligining ikkita shaklini ajratishadi: oddiy va murakkab. Oddiy sotsial institutlar - kishilarning tartibli birlashmalari bo‘lib, ular institut a'zolari tomonidan ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, me'yorlarga bog‘liq bo‘lgan o‘zlarining ijtimoiy rollarini bajarishlari asosida birgalikda maqsadga erishishni ta'minlovchi muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajarishadi. Ushbu darajadagi boshqaruvchi tizim mustaqil tizimga ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, me'yorlarning o‘zi ijtimoiy institut mavjudligining turg‘unligini va faoliyat yuritishini ta'minlaydi. SHuningdek sotsial institutlar rasmiy va norasmiylarga, funksiyalar esa yaqqol va yashirinlarga bo‘linadi.

XULOSA:



Xulosa sifatida shuni aytish joizki sotsial inistititutlarni o’rganish ularni yaxshi bilish kishilarning hayot faoliyatida juda asqotadi. Chunki bu inistitutlar munosabatlar faoliyatlar kesimining turli jabxalarini o’rganadi va taxlil qilgan holda malum yo’nalish kasb etadi. Har bir ijtimoiy inistitutning moxiyati bilan chuqur tanishgan inson turloi tuman munosabatlarni faoliyatni ijobiy tomonga boshqara oladigan shaxsga aylanadi.

Bajardi : Psixologiya 303-gurux talabasi Elmurodov Otabek.


Download 30,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish