Mavzu. Sotsial guruhlar


Rasmiy va norasmiy guruhlar



Download 40 Kb.
bet5/5
Sana30.12.2021
Hajmi40 Kb.
#90044
1   2   3   4   5
Bog'liq
17.19. R.Jamolova. M.ta'lim sotsiologiya

3.Rasmiy va norasmiy guruhlar

Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratishda u guruhiy munosabatlarning
strukturasiga asoslangan. Shunga ko’ra, rasmiy guruhlar huquqiy statusga ega bo‘lgan va
aniq maqsadga yo’naltirilgan sotsial guruhlardir. Rasmiy guruhlarning aniq va izchil
maqsad, ierarxiyaga solingan aniq funksiyalar, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan

huquq va burchlar, a’zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjudligi kabi xususiyatlar mos keladi. Har qanday rasmiy guruh tashkiy jihatdan tartiblangan, ya’ni turli guruh va a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning tartibi shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ularda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto a’zolik shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo‘ladi.

Rasmiy guruh — bu aniq sotsial guruh bo’lib, jamiyat sotsial strukturasining
elementi hisoblanadi. U ob’yektiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti-harakat
shakllari keng miqyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan boshqariladi. Rasmiy tashkilot
yuqoriroq darajali sistema bilan aniq belgilangan funksiyalarni bajarish uchun tashkil
etiladi. Bu funksiyalar ma’lum ma’noda individlar uchun yuzaki hisoblanadi. Masalan,
ishlab chiqarish korxonasining sotsial tashkiloti ishlab chiqarish brigadasining asosiy
vazifalarini belgilab beradi. Brigada doirasida bu funksiyalar har bir brigada a’zosining
guruhda tutgan individual martabasiga qarab taqsimlanadi. Individ rasmiy guruhga a’zo
bo‘lar ekan, o‘zining shaxsiy sifatlarini yo‘qotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi
u yoki bu rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi.

Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab


chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Rasmiy guruhning eng sodda ko‘rinishi sifatida ishlab chiqarishni ko‘rsatish mumkin.
Uning hajmi, tuzilishi, rahbarning vazifalari ishlab chiqarish tashkiloti qoidalari bilan
qat’iy belgilanadi.

Shunday qilib, rasmiy sotsial guruh deb, guruh alohida a’zolarining o‘rni va xatti-
harakati sotsial tashkilotning rasmiy qoidalari, qonunlari bilan chegaralanadigan guruhga aytiladi. Rasmiy guruh a’zolarining nufuzi (tutgan o‘rni) shaxsiy sifatlar bilan emas, ularning martabalari bilan aniqlanadi. Shaxslararo munosabatlar esa rasman o‘rnatilgan chegara doirasida amalga oshadi.

Ammo rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan va huquqiy jihatdan norasmiy hisoblangan sotsial guruhlar ham sotsiologik jihatdan rasmiy guruh sifatida baholanishi mumkin. Bularga turli yashirin tashkilotlar va norasmiy guruhlar misol bo’ladi.

Norasmiy guruhlar, ko‘pincha «sotsial psixologik guruhlarª deb ataladi. Chunki
bu guruhlarning tashkil topishida guruh a’zolari o‘rtasidagi psixologik, hissiy munosabatlar

va ijtimoiy ehtiyoj yotadi. Norasmiy guruhlarning paydo bo‘lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba’zan, manfaat yuzasidan tuzilgan guruhlar deb atashadi.

Norasmiy guruhning tuzilishi rasmiy guruhlardan farq qiladi. Rasmiy guruhda
guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va xatto jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy
guruhlar esa shaxsiy asosda, ya’ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi.
Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o‘ynaydilar va o‘z-o‘zidan guruhda a’zolarning
ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yaratuvchi xatti-harakat tizimi shakllanadi.

Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlar doirasida ham, undan tashqarida ham tashkil topishi mumkin. Bu holda norasmiy guruh rasmiy guruh tashkilotiga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Masalan, oddiy ishlab chiqarish korxonasidagi do‘stlar guruhi.

Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi.


Ular hudud yaqinligi asosida (qo‘shnilar), qiziqishlarning bir xilligi asosida (jaz klubi
a’zolari, kitobxonlar klublari), psixo-fiziologik xususiyat birligi asosida (bolalarning o‘yin
guruhlari, qariyalar guruhi), shaxsiy mayl (simpatiya asosida do’stlar guruhi) asosida
paydo bo‘ladi.

Norasmiy guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar aniq ifodalangan shaxsiy


sifatlarga ega. Bu aloqalar rasmiy guruhdagi aloqalarga nisbatan a’zolar uchun
ahamiyatliroq bo’ladi. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar
munosabati faqatgina birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini ko‘proq birga
o‘tkazishlari, ko‘p uchrashishlari, bir-biriga o‘zaro yordam berishlari bilan ham
belgilanadi.

Norasmiy guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, ularda rasmiy saylangan martabali shaxslar; nizomlar, kun tartibi va aniq rasmiy maqsad bo‘lmaydi, guruhda tartib an’anaga, hurmat va obro‘ munosabatlariga asoslanadi. Biroq norasmiy guruhlar har doim o‘ziga xos ahloqiy kodekslarga ega emas. Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga qaraganda ancha beqaror, ularga a’zo bo‘lish erkin va belgilanmagan.

Norasmiy guruhlarni birlashtiradigan asosiy omillar - a’zolar manfaatlari, mayillari,


odatlari hisoblanadi. Norasmiy tashkilotning o‘ziga xos tomoni norasmiy sardorning va
guruhga yaqin bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarning bo‘lishidir. Norasmiy guruh a’zolarining
faoliyati qayd qilinmagan norma va an’analar yordamida amalga oshiriladi. Bu norma va

an’analar mohiyati guruhning jipslik darajasiga, uning boshqa sistemalar bilan


munosabatiga bog‘liq. Ba’zi norasmiy guruhda faoliyat qoidalari buzilgan taqdirda, aybdor
shafqatsiz jazolanadi: masalan, banda, mafiyalarda bunday jazo usullari qo‘llaniladi.

Shunday qilib, norasmiy guruh deb, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa
sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi,
norasmiy nazorat sistemasi, guruh jipsligining yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan
guruhga aytiladi94.

Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish nisbiy xarakterga ega. Guruh rasmiy guruhga aylanishi mumkin. Masalan, oila a’zolari ma’lum bir tashkilot tuzishlari mumkin. Boshqa tomondan bir vaqtning o‘zida guruh ham rasmiy, ham norasmiy bo‘lishi mumkin. Masalan, kursdoshlar, korxona hodimlari.

Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxslarning yaqinligiga ko‘ra, kichik guruhlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadi. Fanga birlamchi guruh termini birinchi bo‘lib XX asrning boshlarida amerikalik sotsiolog Ch.Kuli(1864-1926) tomonidan kiritilgan. Unga ko’ra, birlamchi guruhlarda muhit samimiy bo‘ladi va a’zolarning sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Mana shu xususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi.

Birlamchi guruhlarning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: a’zolar sonining kamligi, guruh a’zolarining hududiy yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar, yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a’zo bo‘lishning erkinligi va a’zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat. Shunga muvofiq, birlamchi guruh termini turli ko‘rinishdagi kichik guruhlarni aniqlash va «ikkilamchi guruh» terminiga qarama-qarshi tarzda qo‘llaniladi.

Birlamchi guruh, eng avvalo oiladir, guruhni birinchi navbatda a’zolarning
manfaatlari bog‘laydi. Bunday xarakterga ega insonning bolalik va o‘smirlik chog‘idagi
tengdoshlar guruhiga ham ega, qo‘shnilar, mahalla ham birlamchi guruhga aylanishi
mumkin. Birlamchi guruhlar rasmiy aloqaga ega emas. Agar birlamchi guruh a’zolari
o‘rtasida rasmiy aloqalar paydo bo‘lsa, bu guruh kichik rasmiy guruhga aylanganligini
bildiradi.

Birlamchi guruhning shaxsga ta’siri katta. Ular a’zolarining axloqiy tomonini shakllantiradi va yangilaydi, mustahkamlaydi. Bu guruhlarda kishilarning birinchi sotsializatsiyasi amalga oshadi, kishilar o‘zlarining hislari va xatti-harakatlarini jamiyat talabiga muvofiq keladigan tarzda shakllantirishadi.

Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har
qanday turdagi guruhlarga aytiladi. Ularda moddiy alqoqalar muhim aqamiyatga ega.
Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman, ikkilamchi
guruhlar — bu katta guruhlardir. Ba’zan birlamchi guruhlar ham ikkilamchi guruh bo‘lishi
mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish mumkin.

Referent va a’zoli guruhlar. «Referent guruhª termini amerikalik sotsial psixolog
Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan bo’lib, u ingliz tilidan «mansub bo‘lish» deya tarjima
qilinadi. «Referent guruhª termini individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga
(iqtisodiy, siyosiy, madaniy kasbiy) nisbatan ishlatiladi. Bu tushuncha quyidagi ma’nolarda
ishlatiladi:

 Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo‘lib xizmat qiladigan guruh.

 Individ o‘z harakatlarini shu guruhga yo’naltiradigan guruh.

 Individ a’zo bo‘lishga intilayotgan guruh.

 A’zolarning qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a’zosi bo‘lmagan kishi

uchun o‘ziga xos taqqoslash o‘lchovi, sotsial “o‘lchov doirasi” sifatida xizmat qiladigan


guruh.

Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotial muhitlarga


moslashuvi jarayonida, sotsial harakatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Referent guruhlar real
va ideal guruhlarga bo‘linadi. Real referent guruh shaxsga qulay sotsial norma va
qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar yoki kishilar
birligidir.

Ideal referent guruh - bu ma’lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-


yo‘riqlarini inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o‘z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi. Masalan, muhandis o‘zini real hayotda muhandislar guruhiga mansub deyish bilan birga o‘zini guruh sifatida mavjud bo‘lmagan ma’naviy “elitaga”ga mansub, deb hisoblaydi.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish