mikrosotsiologiya deb ataladi. Kichik guruhlarni o’rganagn olimlar qatorida Dj. Xomas,
R.Merton, R.Beylz muhim o’rin egallaydi. Mikrosotsiologiya doirasida kichik guruhlarni
o’rganish natijasida uchta yo’nalish tashkil topdi: sotsiometriya, guruhiy dinamika va
bixevioristik yo’nalish92. Ilmiy adabiyotlarda kichik guruhlarga berilgan ta’riflar soni
yuzdan ortiq. Odatda olimlar kichik guruhlarning quyidagi xususiyatlarini alohida
ta’kidlashadi93:
A’zolar sonining chegaralanganligi. Kravchenkoning fikricha kichik sotsial guruhlarda a’zolar soni 2 (diada) dan 20kishigacha bo’lishi mumkin, aks holda guruh turli kichik guruhlarga ajralib ketadi. Odatda o’rtacha kichik guruhlar 7kishi va undan kam bo’lgan insonlar miqdoridan tarkib topadi.
Tarkibining nisbiy o’zgarmasligi. Odatda kichik guruhlarda har bir a’zo o’z vazifasiga ega bo’lib, qat’iy o’rinni egallaydi. Shu nuqtai nazardan guruhiy tarkib kam hollarda o’zgaradi.
Ichki struktura. O’z ichiga noformal rol va statuslarni, sotsial nazorat mexanizmini, sanksiyalar, normalar va xatti-harakat qoidalarini qamrab oladi.
Agar a’zolar soni arifmetik progressiyaga ko’ra o’ssa, aloqalar soni
geometrik progressiyaga ko’ra o’sib boradi. Uch kishidan iborat bo’lgan guruhda aloqalar
soni faqat to’rtta bo’lishi mumkin. To’rt kishidan iborat bo’lgan guruhda aloqalar soni 11ni
tashkil etadi.
.
Guruh soni qanchalik kam bo’lsa, undagi o’zaro munosabatlar shunchalik
jadalroq bo’ladi. Guruh hajmining kattalashuvi uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning formal tus olishi va guruh a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini borgan sari kam miqdorda qondirishi sodir bo’ladi.
Guruhning hajmi guruh faoliyatining xususiyatiga bog’liq. Yirik
banklarning moliyaviy kommitetlari odatda 6-7 kishidan iborat bo’ladi. Nazariy
masalalarni muhokamasi bilan band bo’lgan parlament kommitetlari 14-15 kishidan iborat
bo’ladi.
Guruhga tegishlilik. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun shaxs ma’lum guruhga a’zo bo’ladi. Kichik guruhlar katta guruhlarga nisbatan ko’proq darajada insonlarning hayotiy muhim ehtiyojlarini qondiradi. Shaxs guruh uning ehtiyojlarini qondirmasligiga ishonch hosil qilsa, uni tark etadi.
Guruhdagi o’zaro aloqadorlik. O’zaro aloqadorlik guruh a’zolari tomonidan ta’minlangan taqdirdagina mavjud bo’ladi. Guruh a’zolaridan biri guruh uchun muhim bo’lgan vazifalarni bajarmay qo’ysa, u guruhdan haydaladi.
Guruh o’z a’zolarining barchasiga imkoniyatlar yaratadi. Shaxs ma’lum kichik guruhning a’zosi sifatida o’ziga tegishli bo’lgan imkoniyatlardan foydalanadi.
Kichik sotsial guruhlar turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Guruhiy
munosabatlar strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga,
a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab birlamchi va ikkilamchi guruhlarga,
guruhga a’zo bo‘lish va bo‘lmasligiga qarab a’zoli va referent guruh turlariga bo‘linadi.
Amerikalik sotsiolog E.Meyo(1928y) birinchi bo‘lib kichik sotsial guruhlarni
rasmiy va norasmiy guruhlarga bo‘lib o’rganishni taklif qilgan. U 1924-1932yillarda
Chikagodagi Xotorn tashkilotlarida olib borgan eksperimentlari asosida mehnat
samaradorligini oshirishni maqsad qilgan. Tadqiqotlarining natijasida olim har qanday
ishchi guruhida rasmiy munosabatlardan tashqari norasmiy - do’stona munosabatlar ham
bo’lishini aniqlagan. Aynan mana shu noformal do’stona munosabatlar ishchi guruhidagi
mehnat motivatsiyasida muhim o’rin egallashi tadqiqot natijasida namoyon bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |