Fan: Ona tili
MAVZU: SON SO‘Z TURKUMI
Darsning maqsadi:
TA`LIMIY: O`quvchilarga son haqida ma’lumot berish, mavzu borasida egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish
TARBIYAVIY: Fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, o`z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, so`zlashuv madaniyatiga rioya qilishga, o`zaro suhbat jarayonida suhbatdoshi fikriga hurmat bilan qarashga o`rgatish
RIVOJLANTIRUVCHI: Ularning son so`z turkimi haqidagi bilimlarini va darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini o`stirish.
Darsda qo‘llaniladigan kompetentsiyalar:
T.K-4 O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish
T.K-5 Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish,
Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi.
Dars metodlar-:tushuntirish, savol-javob, muammoli izlanish, aqliyhujum
Darsjihozlari:darslik, slaydlar, rag‘bat kartochkalari( sovrinlarbpiramidasi), didaktikmateriallar
1.Tashkiliy qism
O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni belgilash.
Navbatchi axboroti tinglanadi, davomat aniqlanib, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi:
Darsimizda faol qatnashsangiz yutuqli sovrinlarga ega bo‘lasiz.
A
gar darsda erinchoqlik qilib topshiriqlarni vaqtida bajarmasangiz men sizga mana bunday kartochkalar berishga majbur bo‘laman:
II bosqich: O‘tilgan mavzu yuzasidan takrorlash
269- mashq. Quyidagi chizmalar o‘rniga so‘z toping.
Ularni birikma shaklida yozing.
S habadabino
Bilimingizni tekshiring.
1. Qanday so‘zlar sifat deyiladi?
2. Sifatlar gapda qaysi so‘z turkumi bilan bog‘lanib keladi?
3. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni ayting.
4. Yaqin ma’noli va qarama-qarshi ma’nolisifatlarga misollar keltiring.
III bosqich: Yangi mavzuning bayoni
Dastlab o‘qituvchi doskada son so‘z turkumi haqida o‘quvchilarga tushuncha va ma’lumotlar beradi. Yangi mavzu ekran orqali tushuntiriladi.
Shaxsvanarsalarningsanog‘inibildirganso‘zlar son deyiladi. Sonlar n e c h a ?, n e c h t a ? , q a n c h a ?so‘roqlarigajavobbo‘ladi: nechta? (daftar) — o‘ntadaftar, necha? (kun) — besh kun.Sonlarnarsalarningjoylashishtartibini ham bildirib, n e c h a n c h i ? so‘rog‘igajavobbo‘ladi: n e c h a n chi (xona) — yettinchixona, n e c h a n c h i ?(qavat) — to‘rtinchiqavat. To‘rtinchi, yettinchisonlaritartibsonlardir.Sanoqsonlarga-inchi (-nchi)qo‘shimchasiniqo‘shishbilantartib son hosilqilinadi: oltmish —oltmishinchi, yetti —yettinchi.
Nechta archa?Echki bolalari nechta?
Sonlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing va savol bering.
270- mashq. O‘qing, narsa-buyumlarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni aniqlang va ko‘chirib yozing.
Bir tup gul yuzg‘uncha ochadi. (Oybek) 2. Tovuqlarga har kun uch mahal suv berardim, don-dun berardim. 3. Yoz chillasi qirq kun — yigirma beshinchi iyundan beshinchi avgustgacha. 4. „Uch og‘a-ini botirlar“ ertagidagi otaning oʻ‘gitlarini esda tuting.
Dam olis hdaqiqasi:Raqamlar haqidagi qo‘shiq kuylanadi.
IV bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash
271- mashq. O‘qing, sonlarni aniqlang. Sonlar qaysi otlar bilan bog‘lanib kelganini aniqlang va ularni yonma-yon yozing.
1. Bir yigitga yetmish hunar oz.
2. Bir yil tut eksang, yuz yil gavhar terasan.
3. Bir qushim bor ikki qanotli: bir qanoti oq,
ikkinchi qanoti qora. (Topishmoq. Kecha va kunduz.)
272- mashq. O‘qing. Sonlarni O‘zi bog‘langan ot bilan birgalikda namunadagidek yozing.
N a m u n a :uchta non, …
Testlar bilan ishlash:
Sonlar qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A.Kim? nima? B.Nechta? qancha? D.Qanday? qanaqa?
Son ishtirok etgan so‘z birikmasini toping.
Uchta daftar, beshta qalam B.Odobli o‘quvchi, qizil qalam D.Beshta ruchka, a’lochi o‘quvchi
V.Bosqich.Oquvchilarni baholash va rag‘batlantirish
500
300
400
VI.Bosqich: Uyga vazifa.O‘qing. Son-topishmoqning javobini ayting: nechta quloq?,nechta shoh?
Sonlarni otlar bilan yonma-yon yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |