FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI:INGLIZ TILI YO’NALISHI TALABASI AKRAMOVA NIGORAXONNING SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU:SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI
REJA:
1.SOLIQ ATAMASIGA TA’RIF.
2.SOLIQ tizimining mohiyati va ahamiyati
3.MUSTAQILLIK YILLARIDA SOLIQ ISLOHOTLARI
Soliqlar bu - davlat sarf xarajatlarini asosiy manbai bo'lib, u iqtisodiyotni tartibga solishni asosiy instrumentidir.
Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».
Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».
Soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga; Raqobatbardosh mahsulot hissasini ko‘paytirishga;
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga;
Xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;
Umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
Soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi
Soliqlarning o’ziga xos belgilari
. Soliqlar xazinaga ya’ni davlat byudjetiga tushadi. Agar to’lov biror boshqa jamg’armalarga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi.Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud
Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir
SOLIQLARNING OBYEKTIV ZARURLIGI
DAVLATNING QATOR VAZIFALARINI MABLAG’ BILAN TA’MINLASH ZARURATI
BOZOR IQTISODIYOTI QONUN –QOIDALARI TALABI
SOLIQLAR IQTISODIY MOHIYATIGA KO’RA
1.TO’G’RI(BEVOSITA)-TO’G’RIDAN TO’G’RI DAROMADGA VA MOL-MULKKA QARATILADI
1.EGRI(BILVOSITA)-TOVARNING BAHOSIDA TO’LANADIGAN YOKI TARIFGA KIRITILADIGAN TOVARLAR VA XIZMATLARDAN OLINADIGAN SOLIQ
1- jadval 1- jadval
Tо‘g‘ri soliqlar
Egri soliqlar
Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliq
Yer solig‘i
Mol-mulk solig‘i
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus tо‘lovlar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqalar.
1.Qо‘shilgan qiymat solig‘i
2.Aksiz solig'i
Birinchi bosqich1991-1994 yillar - О‘zbekistonning о‘z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol kо‘rsatish uchun shu davrni tо‘rt bosqichga bо‘lib kо‘rsatish mumkin.
Soliq islohotininguchinchi bosqichi1998 yildan 2008 yilgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin
Soliq islohotlariningikkinchi bosqichisoliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar tо‘g‘ri keladi
Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin:
soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
soliqni fuqaro emas, mulkdor to‘laydi;
soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
soliq to‘lash majburiy xususiyatga ega
ADABIYOTLAR RO‘YXATI I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. «O‘zbekiston» nashriyoti 1992 yil 2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil 3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil 4.O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1997 yil. 5. O‘zbekiston Respublikasining «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2006 yil. 6. O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘pisida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1999 yil. 7.O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2000 yil. 8.O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat nazorati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1998 yil.