Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta`kidlangan muhim o`rnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o`rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta`kidlangan muhim o`rnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o`rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko`rsatib o`tish mumkin.
1. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi.
Bizga ma`lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish Respublika prezidenti I. Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyiliga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida aholi, ayniqsa uning kam ta`minlangan qatlamlari etarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo`lishi kerak.
2. Аgrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik etakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo`shdi. Bu eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo`ldi. O`zbekistan Respublikasida qishloq хo`jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o`tamoqda.
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, qishloq хo`jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu sababli, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig`imlar o`rniga byudjetga 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona er solig`i to`lash tartibi joriy qilindi.
3. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o`rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri - hozirgi kunda ko`payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaхslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to`lovini yuzaga keltirish.