Norezident yuridik shaxslar qanday stavkada foyda solig’ini to’laydilar?
J: O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan va to’lov manbaida Soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo’yicha Soliq solinadi: Dividendlar va foizlarga –10 foiz; Sug’urta qilish ,birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlariga-10 foiz; Xalqaro aloqa uchun telekommunikasiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga)- 6 foiz; Soliq kodeksining 155-moddasida belgilangan daromadlar, bundan ushbu qismning 1-3 bandlarida ko’rsatilgan daromadlar mustasno 20 foiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |