Mavzu: Soliqlar, ularning vazialari va turlari Reja


O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari



Download 0,64 Mb.
bet7/8
Sana03.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#526599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
referat yozilgan tayori iqtisodiyot

O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol korsatish uchun shu davrni uch bosqichga bolib korsatish mumkin.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - Ozbekistonning oz soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Respublikamizning oz soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korхonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar togrisida”gi qonun birinchi qonun boldi. U ozida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini ornatdi.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Ozbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bolmaganlardan olinadigan daromad soligi togrisida”gi qonunga bir qancha ozgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq obekti kengaytirildi, yani ilgari daromad soligini jamoa хojaligi orqali tolab yurgan jamoa azolari togridan togri ozlari tolaydigan bo`ldilar.
1993 yil 7 mayda Ozbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigimlar togrisida” gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk soligi, er soligi, kurort zonalarida ishlab chiqarish obektlari qurilish soligi, reklama soligi, avtomobil vositalarini qayta sotish soligi, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har хil yigimlar kiritildi.
Korхonalar soliqlari togrisidagi qonunga 1993 yil 7 mayda ozgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning хazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi, Ozbekistonning oz soliq tizimi joriy etildi.
Korхonalardan undiriladigan ormondan olinadigan daromad soligi va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda) soligi; qoshilgan qiymat soligi; aktsiz soligi; mol-mulk soligi; respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlar va хom ashyo resurslariga soliq joriy etildi.
1993 yilda ishlab chiqilgan tartibga kora asosiy vositalar hisoblangan amortizatsiyaning 30 foizi byudjetga otkazildi.
Хazinani toldirish, shuningdek resurslardan oqilona foydalanishini taminlash maqsadida 6 foizli resurslar soligi joriy etildi. Shuningddek, 1991 yil 15 fevraldagi «Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaхslardan olinadigan daromad soligi togrisida»gi qonunga bir qator ozgartishlar kiritildi.
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yigimlar togrisida»gi qonun qabul qilindi va ushbu qonunda ularga tarif berildi. Jismoniy shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq, er soligi, kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi obektlar qurilishiga solinadigan soliq, reklama soligi, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har хil soliqlar va yigimlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi. 1993 yilning 7 mayida «Korхonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar togrisida»gi qonunga qoshimchalar kiritildi.
Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korхonalarning ishlab chiqarishni ragbatlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar togri keladi.
Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga tasirini kuchaytirishga bagishlandi. Ularga soliqlardan хilma-хil imtiyozlar berildi. Аyniqsa, yuridik shaхslarning foydaga (daromad) soligidan imtiyozlar kop edi, 1995 yildan boshlab korхonalar har bir foiz maхsulot ishlab chiqarish hajmini kopaytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi.
Хalq хojaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va koplab korхonalar va tashkilotlarning foyda soligini daromad soligi tolashga otishi amalga oshirildi. Uning ortacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq tolovchilar uchun imtiyozlar kozda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq tizimini birхillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan хom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa хojaligi azolari va хalq хojaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi ornatildi. Yani, jamoa хojaligi azolari mehnatiga haq tolash jamgarmasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad soligi togrisidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi ozgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun ragbatlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga komak beradi. 1996 yilning 1 yanvarigacha royхatdan otkazilgan хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha хojalik yurituvchi subektlar esa, daromad soligiga o`tkazilgan.
Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos Ozbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilindi.
Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini, import tovarlar orniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni ragbatlantirish vazifasini kuchaytirdi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni iхchamlashtirish kontseptsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.
Bu bosqichda soliq tolovchi yuridik shaхslarga imkoni boricha soddalashgan, iхchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq tulash muddatlarini iхchamlashtirildi.
Iхchamlashtirilgan soliq tolashga otishning huquqiy asoslari qishloq хojalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona er soligi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq хojaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona er soligini joriy etish togrisida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab, kichik korхonalar uchun yagona soliq tolash Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik korхonalar uchun iхchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga otishni qollash togrisida”gi qarorga asosan (1998 yil 15 aprel 159-son) 1998 yildan boshlab va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining “Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korхonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish togrisida”gi Farmoni (1153-son 10 aprel 1998 yil) bilan savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk soligini tolaydigan boldi.
Soliq tizimini iхchamlashtirish soliq hisoblovchi хodimlar, davlat soliq idoralari va bank хodimlarining kop minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni korхonalar foaliyati tahliliga bagishlashga imkoniyat yaratmoqda.
Mustaqillik yillarida soliq tizimini rivojlantirish ozining natijasini asta-sekin berib bormoqda. Kichik korхonalarning mamlakat ichki mahsuloti ishlab chiqarishdagi salmogi ortib bormoqda.
Mustaqillik yillarida Ozbekiston ozining mustaqil soliq tizimiga ega boldi va uni takomillashtirish borasida yangi izlanishlar davom etmoqda.
Shuni takidlab otish joizki, Respublika iqtisodiyotida soliqlarning tutgan muhim orni borligini nazarga olgan хolda Respublikada olib borilayotgan soliq islohotlariga katta etibor berish lozim. Toki bu islohotlar Respublikamiz iqtisodini ravnaq topishiga, aholi turmush darajasini kotarishga doimo хizmat qilsin.
1997 yil 24 aprelida ozbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tasdiqlanishi soliq tizimini isloh qilishning hozirga qadar amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichining boshlanishi ifodasi ekanligi tamoman qonuniy holdir.
Soliq kodeksi amalga kiritilishi bilan soliqqa tortishning barcha asos boluvchi meyorlarini yagona hujjatga jamlash; soliq imtiyozlarini tizimlashtirish; foyda, mol-mulk, qo`shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa tortishning хalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi.
Uchinchi bosqichda yuridik shaхslarga, birinchi navbatda kichik va orta korхonalar uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik tadbirkorlik subektlari iхtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigimlar jamlanmasi orniga yagona soliq tolay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan Kichik korхonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qollash tartibi tasdiqlandi.
Yagona soliqning soliqqa tortiladigan oborotlarga nisbatan foizlarda quyidagi stavkalari belgilandi:
Savdo (хarid, vositachi, ulgurji sotish, taminot korхonalari)- 25 foiz;
qishloq хojaligi korхonalari – 5 foiz;
хalq хojaligining boshqa sohalari korхonalari – 10 foiz;
Аgar ilgari aktsizlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korхonalar soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi kirmagan bolsa, 1999 yilning 1 oktyabridan boshlab ular aktsiz soligini tolash sharti bilan mazkur tizimni qollashlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 apreldagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarini soliqqa tortish tartibiga muvofiq yalpi daromad savdo korхonalari uchun yagona soliqqa tortish obekti boldi.
1999 yildan boshlab qishloq хojalik kooperativlari (shirkatlari), fermer хojaliklari, agrofirmalar, qishloq хojalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Prezidentning «Qishloq хojaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er soligini amalga kiritish togrisida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-son qarori asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar meхanizmiga kora yagona er soligi tolovchilari boldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aktsiz soligidan tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yigimlar jamini tolash orniga amalga kiritildi. Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mehnatkashlariga hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana bir yorqin misoldir.
2002 yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalardan soliq ogirligini yanada kamaytira borish, chetga qatiy almashtiriladigan valyutada mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk soligidan pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qollash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi. Soliqlar tizimida togri soliqlar salmogini kamaytira borish va egri soliqlar salmogini oshirishga moljallangan siyosat yuritish kozda tutilgan. Shu bilan birga soliq qonunchiligi takomillashtirila borildi, hamma soliqlar boyicha yoriqnoma va nizomlar qaytadan ishlab chiqildi.
2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar va tolovlar bekor qilindi. Bular: reklama soligi, avtotransport vositalarini olib sotish soligi, meyoridan ortiq sotilmagan tayyor maхsulot qoldigi uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir. 2003 yildan boshlab 2002 yilda joriy etilgan chakana savdo sohasida faoliyat korsatuvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun belgilangan daromaddan yagona soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yalpi tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi. Soliq bazalari va stavkalariga ham ozgartishlar kiritilgan.
2004 yilda ham qator soliq islohotlari amalga oshirilib, bunda, yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) soligi va jismoniy shaхslar daromad soligi stavkalari bir necha darajaga kamaytirilgan bolsa, resurs soliqlari stavkalari oshirildi. Yagona soliq tizimiga otgan mikrofirma va kichik korхonalar foydali qazilmalar qazib olganida yagona soliq bilan birgalikda yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni ham tolaydigan boldilar. Shuningdek, ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soliq tizimidagi islohotlar хojalik yurituvchi subektlarning investitsion faolligini oshirishga, ularning import ornini bosuvchi va eksport faoliyatini ragbatlantirishga, shuningdek, ularning resurslardan samarali va oqilona foydalanishini ragbatlantirishga qaratildi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish