Mavzu: Soliqlar, ularning vazialari va turlari Reja



Download 0,64 Mb.
bet6/8
Sana03.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#526599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
referat yozilgan tayori iqtisodiyot

Soliq turlari. Soliq tarixida ko’plab turli soliqlar turli yo’llar bilan rivojlanib borgan va turli soliqlar qabul qilingan va bu hukumat zukkoligi va hukmdorlarning aholi soliqlarini oshirishi natijasida sodir bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi bilan soliq tizimi ham rivojlanib brogan, masalan hisobni yuritish, bug’galteriya yozuvlari va daromadlarni hisoblay boshlanishi natijasida. Ko’plab soliqlar esa faqat o’z davridagina qo’llangan hozirda esa is’temoldan chiqqan, bunga sabab jamiyat rivojlanishidir. Biz buni qirol John davridagi “harbiy” soliq misolida ham ko’rishimiz mumkin. Bu soliq yirik yer egalari tomonidan urush vaqtida qirol armiyasiga ritser yuborish tarzida amalga oshirilgan. Asta sekin bu soliq pul ko’rinishiga o’tgan va qirol pullarni yollanma ishchilar yollashga sarflagan. Bu kabi xizmatlarni pul ko’rinishda o’lchash uchun puldan foydalanishdan avval bu kabi o’zgarishni iloji bo’lmagan. Ammo puldan foydalanish keng tarqalishiga qaramasdan hamma ham unga ega bo’lmagan va soliqlarni boshqa yo’llar bilan to’lagan.
Burg(2004) ning izoh berishicha, eng avvalgi va umumiy soliq shakli bu corvee bo’lgan, qaysiki mamlakat uchun majburiy ishchi kuchini taminlash uchun shakllantirilgan, odatda kambag’al odamlardan, va hattoki 19 asrda bazi mamlakatlarda ham foydalanilgan qachonki odamlar soliqlarni to’lash uchun juda kambag’al bo’lgan taqdirda. Shuningdek ,,ushoq” soliq turi ham keng tarqalgan bo’lgan, bu soliq yerdan foydalanganlik uchun undirilgan, yer egalarining yerdan olgan hosillariga nisbatan % ko’rinishida. Bu ,,ushoq” soliqi tushunchasi dinga asoslandan soliq ga yaqin hisoblanadi. U Bibliyada tilga olingan, “masalan yerdan olingan 10- meva va qoramol xudoga qurbonlikqilingan.’’ Bu soliq turi haqida qadimgi grek tarixchisi geradot asarlarida ham duch kelingan.
Yana koplab soliq turlari Angliyada o’rta asrlarda mavjud bo’lgan. Masalan jarimalar qirollar tomonidan undirilgan qonunlarni buzganlardan, “to’da” solig’I jamlangan bazi shaharlardan, shahar daromadlarini shakllantirishni rag’batlantirish uchun, merosxo’rlardan ularda ota onalari vafotidan keyin qolgan mol mulkdan soliq to’lattirilgan, jarima va qurbonliklar va qirol turmush qurishga ruxsat berishi uchun to’lovlar, kichik yerlar uchun vasiylikdan, qirol sudiga murojat qilish uchun, sud jarayonini kechiktirish va hadiya va ustavni tashdiqlashdagi ko’rinishdagi daromadlar mavjud bo’lgan. Orta ars manarxlarining daromadlari ham asosan qirollik yerlaridan va yerga egalik qilisha qonunlarini buzganlik uchun jarimalar solingan.3
Yuqorida keltirilgan daromadlar doimiy oshirilib borilgan va oddiy daromad manbalari hisoblangan, bundan tashqari agar oddiy daromadlar kam deb topilsa qo’shimcha daromad manbalari talab etilgan asosan qirol urushga ketsa. “Scutage” va “Carucage” orta asrlardagi 2 ta soliq turi hisoblangan.shuningdek ,,tallage” solig’I ham mavjud bo’lgan, bu soliq shahar yerlari va foydalanishga berilgan qirollik yerlari foydalanuvchilaridan undirilgan, “dona” yoki “auxila” yaxudiylardan, ruxoniy va din uylaridan undirilgan. turli xildagi soliqlar :Mulk va tavar aylanmasidan soliq olingan, va turli % da undirilgan :7%, 13%, 15%,20% va h.k. va bu o’rta asrlar oxirigacha davom etgan yani 17- asrgacha. Angliyada 1381 yilda jon solig’I ham mavjud bo’lgan ammo keng tarqalmagan sababi qo’zg’alonlar hisoblangan(WAT TYLER qo’zg’aloni), soliqlar yagona narxda bolgan hatto hech qayerda ishlamaydigan fuqaro va kasbidan qatiy nazar.
Vaqt o’tgan sari ko’plab soliqlar paydo bo’la boshlagan masalan vino uchun soliq export tavarlar uchun soliq(tunnage, poundage) , chorva hayvonlari uchun, xom ashyo materiallari, ishlab chiqarish tavarlari uchun, spirtli ichimliklar uchun soliqlar mavjud bo’lgan. Bundan tashqari yerdan , o’choqdan, oynalar, shishalar, butulkalar, shamlar, charm, o’yin kartalari, kristallar, sovun, qog’oz, kraxmal, meditsina vositalari, metal qoplamalar, temir, g’isht , kafel, shlyapa, qo’lqop, yog’och, xizmatkorlar hatto qushlarga ham soliq solingan.(Rassiya , buyuk pyotr davri).
Yuqorida aytilganidek Buyuk Britaniyada ursh paytida soliqlar ortgan. Yanabir sezilarli soliq bu daromad solig’i , bu soliq 18 asrda Buyuk Britaniyada joriy etilgan. Agar hukumat daromadlarida taqchillik kuzatilsa, pulni ko’paytirish yo’llarini qidirishgan. Yuqoridagi malumotlarga ko’ra bu yo’llarning ko’pi ish bergan daromad solig’I bu soliq solinadigan buyumlardan , odamlar daromadlari va foydalariga o’zgarish edi chunki ularni hisoblash va aniqlab olish ancha onson edi.
Parvoz , Og’ish, oldini olish, rasmiyatchilik.
Ko’p hollarda javobgarlikdan qochish yani soliqlarrdan qutulib qolishga urinishlar ham bo’lgan. Soliq to’lovchilar ko’proq kompaniyalar vaqti vaqti bilan bunga harakat qilib turganlar.
Ko’plab soliqdan qochishlar bo’lgan ulardan:212 yilda ko’plab misrliklar o’z uylarini tark etganlar rim jon solig’I yuki og’irligidan keyinchalik imperator Karakalla viloyatlarda yashaydigan hammani rim fuqarosi deb elon qiladi mirsliklardan tashqari. Burg(2004) da aytilishicha rim imperiyasining shimoliy hududlariga dushmanlar hujm qilganda ko’olab kambag’al odamlar dushmanlar tomoniga o’tib ketganlar sababi chidab bo’lmas darajadagi soliqlar bo’lgan va bu kabi soliqlar rim armiyasini dushmanlarga qarshi kurashish uchun sarflanar edi.
Shuningdek ,1970 yilda Birlashgan qirollikda ko’plab pop yulduzlari mavjud bo’lgan (Jonn Lennon) va ular Angliyani tark etishgan sababi ularning daromadidan 98% lik daromad solig’I undirilishi edi. Google, Starkburks va Facebook kabi kompaniyalar soliq stavkalari qulay bo’lgan joylarda joylashishni maqul ko’rishadi.
Yana bir soliq solish muqarrar oqibatlari biri hisoblash vositasi bo'lishi kerak, ishonchli tizimlari bo’lishi kerak va jarayonlariga ega bo’lishi kerak soliq to'plash va uni boshqarish uchun, yani soliq rasmiyatchiliklari. soliq tarixi asosiy mavzusi ham mamlakat fuqarolar xizmatining moliyaviy elementining rivojlanishidir.
Bu mavzuda soliq tarixi asosida ko’plab mavzular bayon qilingan , ularning hammasi soliqning asosiy kamchiliklari berilgan. Bu yerda bu fanning to’liq adolatli emasligini ko’rsatish emas aksincha foydalanuvchiga qiziqroq malumotlar berishdir. Soliqning tarixiy qismi juda muhimdir. Chunki har bir mamlakatning yillar davomida shakllanib rivojlanib kelgan o’z soliq tizimi mavjud va bu rivojlanishlarga nazar solish orqali biz qaysi soliq turi samaraliroq qaysi biri esa foydasiz ekanligi haqida aniq fikrga ega bo’lishimiz mumkin. Soliq kodeksiga muvofiq, mamlakatimizda quyidagi soliq turlari mavjud:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  4. aksiz solig‘i;

  5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 

  6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  7. mol-mulk solig‘i;

  8. yer solig‘i;

  9. benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Mamlakatimizda 2020-yil 1-choragida soliq turlari 13tadan 9tagacha kamaytirildi va quyidagi yangiliklar ro’y berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasidagi vazifalarga to‘xtalar ekan, biznes muhitini yanada yaxshilash eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.
«Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida, eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik.
Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.
Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.
Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha, yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.
Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda.
Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi.
Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha byudjetdan foiz to‘lanadi
Buning ahamiyatini mana shu zalda o‘tirgan va «oynai jahon» orqali mening so‘zlarimni eshitayotgan tadbirkorlar, o‘ylaymanki, hammadan ko‘ra yaxshi tushunadi.
Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar puxta o‘zlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda o‘qitish zarur.
Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institutini tashkil etishni taklif qilaman.
Bu jarayonga katta tajribaga ega nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish zarur.
Shu bilan birga, tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartiramiz.
Ochiq aytish kerak, mavjud 280 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar orasida, faoliyat turlari hisobini yuritish, mablag‘ undirish yoki shunchaki «nazorat qilish» uchun joriy qilinganlari ham bor.
Bu esa tadbirkorlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman 2020 yil 1 martga qadar litsenziya va ruxsatnomalar berish asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ularning sonini kamida 2, bo‘lmasa, 3 barobarga qisqartirish bo‘yicha aniq taklif kiritsin.
Shuningdek, «Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarur.
Unda kichik va o‘rta biznes mezonlari hamda bu soha vakillarini rag‘batlantirish mexanizmlari nazarda tutilishi kerak.
Bu yil har bir hududda tadbirkorlarga yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish bo‘yicha yangi tizim joriy etamiz.
Unga ko‘ra, tadbirkorning faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bo‘sh yer maydonlari, bino va inshootlar, ularning qiymati va shartlari haqidagi to‘liq xaritani istalgan vaqt va hududda «onlayn» tarzda olish imkoniyati yaratiladi.
Xabaringiz bor, bundan 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriy muddati tugadi.
Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.
Kimgadir bu yoqadimi-yoqmaydimi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shuni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.
2020 yil birinchi chorakda ilg‘or tajribalar asosida, barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim joriy etilishi shart.
Bu orqali har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ishlab, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlash, tekshirishni esa eng so‘nggi favqulodda chora sifatida adolatli o‘tkazish lozim.
Mazkur masala yuzasidan, nazorat idoralarining rahbarlari parlament oldida har chorakda shaxsan hisobot berib boradi.
Bankrotlik borasidagi hozirgi tartib-tamoyillar korxonalarni tugatish va mol-mulkdan tushgan mablag‘lar hisobidan, qarzlarni qoplashni nazarda tutadi.
Shuning uchun, so‘nggi 3 yilda atigi 3 ta korxonada sanatsiya qo‘llanilgan, xolos.
Endi bunday qoidadan butunlay voz kechib, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etamiz.
Tadbirkorlar huquqlarini ta’minlashda Oliy Majlisning ikkala palatasi ham ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yishi zarur.
Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom ettirishimiz lozim.
Jumladan, soxta tadbirkorlik, raqobatchi obro‘sini tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.
Shuningdek, bojxona qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, lekin to‘lovlarni to‘lagan shaxslarni, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish kerak.
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti a’zolariga «jinoiy uyushma» degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish vaqti yetdi.
Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan-qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi.
Oliy sud, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi 2020 yil 1 aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozim.
Yettinchidan, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur.
Tarmoqdagi hozirgi o‘sish sur’atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy qilib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.
Shu bois, paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz
Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimizga mahsulot yetishtirishda erkinlik bo‘lmaydi, ular o‘zi kutganday manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham, arzon kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur.
Buning o‘rniga, vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug‘ni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko‘maklashish, mahsulot bozorini topish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi kerak.
Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz.
Meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik va ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz.
Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5−7 yilda esa bundan 3−4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarur.
Parlament ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lgan «Kooperatsiya va klasterlar to‘g‘risida"gi yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu katta reja va niyatlarimizga mos ish bo‘lur edi.
Bu yil meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashga 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiramiz.
Chorvachilik, qorako‘lchilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda naslchilikka alohida e’tibor qaratilib, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari tatbiq etiladi.
2020 yilda 44 ming gektarda yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etamiz.
Buning uchun davlat byudjetidan 300 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarish jarayonlarini, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish zarur.
Ushbu masalalar Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasida o‘z aksini topishi kerak. Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1 aprelga qadar ana shu konsepsiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Sakkizinchidan, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazishdan iborat.
Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O‘zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi.
Biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak.
Katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur.
Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros ob’ekti mavjud bo‘lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan.
Hukumat uch oy muddatda ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlardagi ob’ektlar sonini 800 taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilasin.
Yana bir vazifa — YUNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va Nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi ob’ektlarni kiritishni jadallashtirish lozim.
Joriy yilda yangi zamonaviy mehmonxonalarni qurishga davlat byudjetidan 200 milliard so‘m subsidiya ajratib, turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish zarur.
To‘qqizinchidan, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirgan holda, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish kerak.
Ana shu ishlar doirasida 7 ta yirik shahar — Andijon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Namangan, Nukusga tutash bo‘lgan 12 ta yo‘ldosh shaharcha tanlab olinib, ularni rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shunga bog‘liq yana bir masala — asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud.
Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir.
Shu bois, parlament va Hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.
Uy-joy qurilishiga xususiy sektorni faol jalb qilmasdan turib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash mumkin emas. Shu sababli yangi ipoteka tizimi joriy etilmoqda.
Bu borada viloyatlardagi shaharlar va Toshkent shahrida 18 mingga yaqin hamda qishloqlarda 4 mingta uy-joy xususiy sektor tomonidan quriladi.
Davlat, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash maqsadida, ularga qariyb 4 trillion so‘m mablag‘larni auksionlar orqali ajratadi.
Kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaharlarda 16 ming oilaga uy-joy olishga boshlang‘ich badal va kredit foizini qoplashga byudjetdan 1 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish