Har ishning oʻz tartib-taomili bor. Masalan, biror yumush bilan qaysidir tashkilot, muassasa, korxona yoki idoraga murojaat qilish uchun maʼlum namunadagi hujjatni toʻldirishingizga toʻgʻri keladi. Undan keyingi bosqichda ariza, tilxat, maʼlumotnoma, dalolatnoma, ishonchnoma kabi hujjatlardan zarurini topshirishingiz talab etilishi mumkin.Ish faoliyatingizda ham xuddi shunday jarayonlarga kun-kunora duch kelasiz. Biror masalada rahbarga murojaat qilmoqchi boʻlsangiz, bildirishnoma, kamchilikka yoʻl qoʻysangiz, tushuntirish xati, mehnatingiz sarhisobi soʻralsa, hisobot yozishingiz lozim.Ammo bunday vaziyatda koʻpchilik oynavand burchaklarga osib qoʻyilgan namunalarni qidirib qolishadi. Eng yomoni esa davlat tilida ish yuritish holati turli tashkilotlarda turlicha. Chunki bu boʻyicha yagona qoʻllanma yoʻq, bori ham 30 yil avval yaratilgan edi.Hech kimga sir emas, yaqin oʻtmishimizda barmoq bilan sanarli hujjatlargina oʻzbek tilida Har ishning oʻz tartib-taomili bor. Masalan, biror yumush bilan qaysidir tashkilot, muassasa, korxona yoki idoraga murojaat qilish uchun maʼlum namunadagi hujjatni toʻldirishingizga toʻgʻri keladi. Undan keyingi bosqichda ariza, tilxat, maʼlumotnoma, dalolatnoma, ishonchnoma kabi hujjatlardan zarurini topshirishingiz talab etilishi mumkin.Ish faoliyatingizda ham xuddi shunday jarayonlarga kun-kunora duch kelasiz. Biror masalada rahbarga murojaat qilmoqchi boʻlsangiz, bildirishnoma, kamchilikka yoʻl qoʻysangiz, tushuntirish xati, mehnatingiz sarhisobi soʻralsa, hisobot yozishingiz lozim.Ammo bunday vaziyatda koʻpchilik oynavand burchaklarga osib qoʻyilgan namunalarni qidirib qolishadi. Eng yomoni esa davlat tilida ish yuritish holati turli tashkilotlarda turlicha. Chunki bu boʻyicha yagona qoʻllanma yoʻq, bori ham 30 yil avval yaratilgan edi.Hech kimga sir emas, yaqin oʻtmishimizda barmoq bilan sanarli hujjatlargina oʻzbek tilida Ammo, afsuski, ularni sof oʻzbekcha deb atash ancha qiyin. Rus tilidan andoza olib qurilgan jumlalardan iborat hujjatlar amalda boʻlsa, davlat tilining nufuzini oshirish haqida gapirishning oʻzi nooʻrin.2019-yil 21 kuni Prezidentimizning «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ayni shu omillarni inobatga olgan holda qabul qilingani, shubhasiz. Koʻp oʻtmay mazkur hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, hokimliklar tuzilmalarida rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Qisqa qilib aytganda amaliy ishlar boshlangan. Davlat tilini rivojlantirish departamenti bu bordagi ezgu saʼy-harakatlarga bosh-qosh.Xoʻsh, davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash uchun birinchi navbatda nima zarur? Eng avvalo, qoʻllanma! Ana shulardan eng muhimi bugun keng ommaga taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |