Mavzu: Sog’lom turmush tarsi Reja



Download 26,83 Kb.
bet2/5
Sana01.04.2022
Hajmi26,83 Kb.
#523273
1   2   3   4   5
Bog'liq
sog\'lom turmush tarzi

Oltinchi shart — ozodalik, orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasi. Kundalik hayoti asnosida inson atrof-muhitga maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatadi. Masalan, hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlardan chiqindi hosil bo‘lishi o‘ta tabiiy hol.
Bilasiz, chiqitlarni to‘g‘ri kelgan joyga tashlash tufayli atrof-muhit ifloslanadi: suv, tuproq va havoda salomatlikka salbiy taʼsir qiluvchi omillar vujudga keladi. Shuning uchun ham ozodalikka qatʼiy amal qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerak.
«Sog’lom turmush tarzi» – shu uch dona so’z hayotingizning ajralmas bo’lagiga aylanishi uchun nima qilish kerak? Kelinglar birgalikda javob izlaymiz.
Hammaga salom, mening ismim Anetta. Men ajoyib loyiha, Zira.uz da muharrir bo’lib ishlayman. Men sog’lom turmush tarzi bo’limini olib boraman. Mening maqsadim sog’lom turmush tarzi to’g’risida insonlarga ko’proq tushunchalar uyg’otishdir. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi hayotimizning ko’p jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Men esa o’zimning kuzatishlarim, izlanishlarim va bu jabhada olgan bilimlarimni sizlar bilan bo’lishib boraman. Sog’lom turmush tushunchasi faqat ovqatlanish, sport va parhezdan iborat emas.
Siz bundan oldin bir necha marotaba sport bilan shug’ullanishga, ozishga, parhez tutishga yoki o’z taomnomangizni o’zgartirishga ahd qildingiz. Xushbichim va o’zingizga bo’lgan ishonchni uyg’otmoqchisiz. Shu sababdan ham sog’lom turmush tarziga rioya qilmoqchisiz.
Ammo o’zingizga ko’p marotaba, ertadan, dushanbadan, yoinki yangi yildan boshlayman deb va’dalar berasiz. Ammo dushanba ham o’tadi, bizlar esa yangidan-yangi bohonalar va oqlashlarni o’ylab topaveramiz. Bola-chaqa, ro’zg’or, uy ishlari desak, ba’zilar shug’ullanish zalining yoqmaganligi, yoki kerakli sport kiyimi yo’qligini pesh qiladi.
Menimcha sog’lom turmush tarzi to’g’risida siz oz bo’lsada tushunchaga egasiz. Men bu maqolam bilan Amerikani kashf etaman demoqchi emasman, ammo bunga eng birinchi qadamni tashlay olishlaringizga yordam beraman va buni birgalikda uddalashimizga ishonaman.
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish siz o’ylaganchalik oson ish emas. Chunki sog’lomlik bu ko’p narsalarga bog’liq: genetika, kun tartibi, ovqatlanish tartibi, atrof-muhit. Bizlar genetikadan tashqari qolganlariga o’z ta’sirimizni o’tkazishga qodirmiz.
Nima uchun ozmoqchisiz avval oydinlashtirib oling. Хohlagan kiyimlaringiz yarashmayaptimi yoki o’zingizga bo’lgan ishonchsizlikdan charchadingizmi? Semizlikdan nafas olishga ham qiynaliyapsizmi? Oynaga qarashdan uyalasiz va bunga barham bermoqchimisiz?
Quyidagi 4 ta savolga javob berib ko’ring:

  • Bunga amal qilmasam nima bo’ladi?

  • Buni qilmasam nimani yo’qotaman?

  • Buni qilmasam nimaga ega bo’laman?

  • Buni qilmasam, nimani yo’qotaman?

Bu savollarning har biriga bir nechtadan javob topishingiz aniq. Shuni eslab qoling: biron ishni boshlash uchun hech qachon kech emas.
Sog’lom turmush tarziga amal qilishni boshlash uchun avvalambor shifokor ko’rigidan o’ting. Biz aminmizki, har bir shifokor bu xohishingizni qo’llab quvvatlaydi.
Sog’lom turmush tarzining asosida baxtli va uzoq umrli hayot yotadi.
Shu sabab ham o’zingizga chetdan turib baho berinh, kuzating, xohish va ehtiyojlaringizni yozib boring. Sizda o’zingiz bilan yaqindan tanishishga, uning nimalarga ehtiyojligiga va nafs tuyg’usidan sal bo’lsada holi bo’lish imkoni tug’iladi.
Sig’lom turmush tarziga o’tishni boshlar ekansiz, bu bir umrlik ekanligini, yarim yo’lda tashlab qo’yish mumkin emasligini anglashingiz kerak.
Bunday turmush tarziga o’tganingizdan so’ng ilk natijalarni darrov kutmang. Bir haftadan so’ng darrov bunga erishmaysiz. Buning uchun bunday yangi odatlar siz uchun muntazam odatga aylansin.
O’zingizga yoqadigan sport turi bilan shug’ullaning: krossfit, fitnes, yoga, raqs, yugurish, basseyn va hokazo. Ularning soni shu darajada ko’pki, sizga to’g’ri kelmaydiganini topmaslikning iloji yo’q.
Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
1. Sport.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.
Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
2. To‘g‘ri ovqatlanish.
Ovqatlanish rasioningizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish rasionining 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo‘lishi lozim. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi lozim. Har kuni 2 litr atrofida suv iching.
Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va kiriyeshkilar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan keyin faqatgina bir oz olma tanovvul qilishga ijozat beriladi.
3. Zararli odatlar.
Organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
4. Kun tartibi.
Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda — 8 soatlik uyqu! Ikkinchidan, kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtida uyg‘onishga odatlanish! Uyquning buzilishi asta-sekinlik bilan inson ruhiyati, hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi, keyinchalik turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumin.
5. Ijobiy kayfiyat.
Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!
6. Toza havo.
Uyingiz, xona va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang. Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, oynalarni ma’lum muddat ochib qo‘yish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.
7. Shaxsiy gigiyena.
Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir.
Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi.
Yana bir gap! Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.
Sog’lom turmush tarzini targ'ib etish orqali yoshlar sog’ligini mustahkamlash faol vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Talabalarda sihat – salomatlik qadriyatlarini singdirish maqsadida 2019 yilning 3 aprel kuni I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz Universiteti (MTU) Toshkent shahridagi Filialida “Jismoniy tarbiya va sport” bo’limi hamda “Ma’naviyat va marifat, yoshlar bilan ishlash bo’limi” hamkorlikda “Soglom turmush tarzi” mavzusida ahborot davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida UEE – 17 – 01, URG – 17 – 01, URB – 17 – 01, URN – 17 – 02, URB -18 – 01 guruh talabalari va bo’lim professor – o’qituvchilari qatnashdilar. Suhbatda soglom turmush tarziga tegishli dolzab masalalar ko’rib chiqildi.
Sog’lik bu insonning birinchi muhim extiyoji bo’lib, uning ishga yaroqliligini, shahsning har tomonlama rivojlanishini taminlaydi. Sog’lom va ma’naviy rivojlangah kisi baxtlidir. U o’zini yaxshi his etadi, o’z ishidan qoniqadi, yoshlikning so’nmas hissiyoti va icki go’zalligi ila ilm olishga intiladi.
Sog’lom turmush tarsi qoidalari inson sog’ligini ta’minlashda xizmat qiladi, kasalliklarning boshlang’ich profilaktikasi, sog’likning muxim omili sifatida tan olinadi. Sog’lom turmush tarzining eng ustivor yo’nalisi – bu xarakatlar tartibidir. Uning asosini to’g’ri ovqatlanish xamda tizimli jismoniy mashqlar, sport bilan shug’ullanishni tashril etadi.

Download 26,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish