7-MAVZU. SIYOSIY MADANIYAT VA SIYOSIY MAFKURALAR
Reja:
1. Siyosiy ong va uning tuzilishi vazifalari va turlari
2. Siyosiy madaniyat, uning, darajalari va turlari
3. Siyosiy mafkura va uning asosiy ko‘rinishlari
Siyosiy ong va uning tuzilishi vazifalari va turlari
davlat va jamiyat siyosiy tashkilotining paydo bo‘lish bilan yuzaga keladi. Qadimgi grek mutafakkirlari Platon va Aristotel jamiyat uchun davlat tuzilmalari hamda xulq atvor tizimi siyosiy makonda zarur ekanligini ta’kidlaganlar.
Siyosiy ong – bu ijtimoiy ong sohasi bo‘lib, u sotsial xissiyot, tasavvurlar, qarashlarning yig‘indisini, aniq siyosiy munosabatlarni, shuningdek, uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Siyosiy ongning mazmuni siyosiy faoliyat shaklida namoyon bo‘ladi, u siyosiy tuzilma bilan chatishgan holda, uning amal qilishining tarkibiy qismini ifodalaydi.
Siyosiy ongning mazmuni amal qilayotgan siyosiy munosabatlar va hokimiyat, shuningdek, siyosiy voqelikdagi xissiy va abstrakt tasavvurlar yig‘indisidir.
Siyosiy ongning muhim jihati – uning aniq tarixiy xarakterga ega ekanligidir. Birinchi navbatda jamiyatda hukmronlik qilayotgan ijtimoiy guruhning tasavvurlari va qadriyatlari umumlashadi.
Siyosiy ongning o‘ziga xos tomoni – undagi jo‘shqinlik, o‘zgaruvchanlik bo‘lib, siyosiy borliqning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Tez o‘zgaruvchan siyosiy ong voqeligida aks etishning uch vositasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bilish tizimi, uning amal qilish qoidalari, shuningdek, muammo va qarama-qarshiliklar:
Xis-tuyg‘uli, ya’ni siyosiy voqelikni ijobiy yoki salbiy xis-xayajon, sezgida aks etish;
Baholi – siyosiy harakatning maqsadi, uning natijalari va oqibatlarini mulohaza etish va fikrlash.
Ushbu siyosiy ong darajasini tasnifi amerika politologlari G.Almond va S.Verbaga tegishli.
Har bir xalqning, har qanday sotsial birlik siyosiy ongi unga xos bo‘lgan mentalitet asosida shakllanadi.
Siyosiy ong jamiyatning ob’ektiv tarzda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy strukturasi va unga xos bo‘lgan siyosiy faoliyatning turlarini, ularga muvofiq keladigan siyosiy tashkilotlar va muassasalarini aks ettiradi.
Siyosiy ong ijtimoiy mavjudot va mohiyat bo‘lgan inson aql-zakovatining, ma’naviy-ahloqiy faolligining oliy darajasini anglatadi. Insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, siyosiy ruhiy yo‘nalishi, siyosiy xulq-atvori, siyosiy mafkurasi uning ongida shakllanib, bir qolipga tushadi so‘ng ular insonning siyosiy xatti-harakatlariga aylanib, o‘z ifodasini topadi, uning amaliy faoliyati ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ob’ektiv voqelik kishi ongiga ta’sir ko‘rsatib unda turli tasavvurlar, g‘oyalar xosil qiladi hamda unda ong mazmunini vujudga keltiradi.
Insonning siyosiy ongi jamiyat ishlab chiqqan va odamlar tomonidan o‘zlashtirgan xissiy va qadriyatli yo‘nalishiga xos asosiy muammolar hamda siyosiy jarayonlar oqimiga, munosabat vositasida namoyon bo‘ladi. Siyosiy ong tarkibida ilmiy, siyosiy, falsafiy, ahloqiy, estetik, diniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi.
Siyosiy ong – bu kishilarning siyosiy tizim va hayot, siyosiy munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar, tasavvurlar, e’tiqodlar, o‘zlari yashab turgan siyosiy tuzumga baho berishlari yig‘indisidan iborat.
Siyosiy ong – siyosiy borliqning sub’ektiv aks etishidir. U siyosiy voqelik qanday bo‘lsa, shunday xolisona tarzda aks ettirishdir. Biroq, siyosiy ong siyosiy voqelikni mehanik tarzda aks ettirmaydi. U siyosiy voqelikning ichiga kirib, undan ilgarilab ketuvchi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi va rivojlanishini aks ettiradi.
Siyosiy ong – jamiyatning siyosiy hayoti va uning barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy xodisadir. Shuningdek, alohida olingan kishilarning ham, jamiyat ijtimoiy-siyosiy birlashmalarining ham xulq-atvori va faoliyatining harakteri ko‘p jihatdan siyosiy ongning darajasiga bog‘liq.
Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi manbalar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |