Anglo-amerika siyosiy tizimiga (AQSH, Buyuk Britaniya) siyosiy jarayonlar - davlat, partiyalar, manfaatlar guruhi va shu kabilar ishtirokchilari o‘rtasida siyosiy rol va funksiyalarning yuqori darajada taqsimlanishi xosdir. Hukmronlik qilish va ta’sir ko‘rsatish siyosiy tizimning turli bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlangan. Siyosiy tizim jamiyatda umum tomonidan e’tirof etilgan liberal qadriyatlar (erkinliklar, xavfsizlik, mulkka egalik va shu kabilar) himoyasiga asoslangan yagona madaniyat amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |