Kadrlar partiyalari XIX asr o‘rtasida evolyusiya jarayonida elektoral qo‘mitalar va parlament guruhlaridan paydo bo‘lgan. Ular nisbatan kam sonli ekanliklari, a’zolikning erkinligi bilan ajralib turadi va eng avvalo, professional siyosatchilarga hamda partiyani moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan moliya elitasiga suyanadi. Ushbu partiyalar elektoral funksiyalarga yo‘naltirilgan. Ularda parlament a’zolari ustunlik qiladilar. Ular odatda liberal va konservativ partiyalardan iborat. Kadrlar partiyasi faollarni, ijtimoiy elitalar vakillarini birlashtirishga qaratilgan faoliyat olib boradi, ularni o‘z tomonlariga jalb qilishga intiladi, chunki ular saylovchilar o‘rtasida obro‘-e’tiborga molik yoki saylov kompaniyalariga ketgan xarajatlarni qoplashga yordam berish uchun etarli mol-mulkka egadirlar. Kadrlar partiyalarida ularga kiruvchilarning soniga emas, sifatiga ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |