Birinchi mezon (tashkilotning uzoq muddat mavjud bo‘lishi) partiyani o‘z asoschilari va ilhomchilari bilan birga yo‘q bo‘lib ketuvchi fraksiyalar va to‘dalardan farqlash imkonini beradi.
Ikkinchi mezon (tashkilotning to‘la miqyosda, mahalliy nog‘onalarni ham qamrab olgan holda faoliyat ko‘rsatishi) partiyani tashkilotlar bilan mukammal va doimiy aloqaga ega bo‘lmagani holda faqat milliy miqyosda mavjud bo‘ladigan oddiy parlament guruhidan farqlab turadi.
Uchinchi mezon (hokimiyatni amalga oshirish uchun intilish) siyosiy partiyalar bilan turli ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi farqni belgilashga imkon yaratadi. Partiyalarning bevosita maqsadi - hokimiyatni egallash yoki uni amalga oshirishda ishtirok etish. Partiyalar jamiyatni rivojlantirish yoki qayta qurishning global konsepsiyalarini olg‘a suradi va uni amalga opshrishga intiladi.