Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning etakchi prinsipidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish, va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush, normalari va qoidalarining intizomini bo‘zilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzulishi ta’sirchanligi ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf raxbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. SHuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin.O’quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Birinchi bosqich o’qituvchi talab Ikkinchi bosqich jamoa faol To’rtinchi bosqich shaxs talab shaxs talab jamoa Uchinchi bosqich jamoa talab shaxs O’quvchilar jamoas ining rivojlanish bosqichlari
Bugungi kunda o’qituvchi-olimlar (L. I. Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo’ladilar: jamoani dastlabki jipslashtirish jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish
A. S. Makarenko jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratadi major - doimiy tetiklik, o’quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do’stona birlik o’z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko’nikmasi
Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri – o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz yoki metallolom to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. SHuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi – ularning o‘qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. 8–«B» sinfda shpargalkalar, aytib turishlar ko‘chirib yozishlar avj olgan edi. O‘quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o‘ziga xos do‘stlik jamoatchilik deb hisoblashishar edi. Aksincha savollarga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o‘quvchi – Nargiza bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdn foydalanishni o‘ziga ep ko‘rmayman». Anketa savollariga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog‘ida ko‘pchilik Nargizaning tutgan yo‘lidan g‘azablanishdi: Qaranglar qanday mag‘rurlanib ketibdi! Qadr- qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo‘yicha kontrol ishga nisbatan ancha muximroq ishlarda namoyon bo‘ladi. Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu erda ko‘pgina qobilyatli va yaxshi o‘zlashtiradigan ayni paytda qoloq o‘quvchilar ham bor edi. Darsdan tashqari payitlarda turli tadbirlar-kechalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar o‘tkaziladi. Lekin, bularning hammasi eng muhim narsaga – o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga, munosabatiga va bu jarayondagi o‘zaro munosabatiga ta’sir ko‘rsatmasdi. Ko‘pchilik 8–sinf o‘qituvilari: o‘qish har bir kishining shaxsiy ishi, degan prinsipga amal qiladilar. YUqorida bayon etilgan sinf jamoasi rivojlanish darajasining pastligidan dalolat beradi. Mana shunday holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak buning eng ishonchli usuli – o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida ko‘zatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar. Masalan: anketa, tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqalardan ham foydalanish mumkin. Lekin, bu usullar guruhni juda ehtiyotkorlik bilan katta pedagoglik odobi bilan qo‘llash lozim. O‘quvchilarni o‘rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o‘qituvchilar uchun qonun bo‘lishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘qituvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yini yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar – bu albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas, holbuki ular orasida odatda ular ko‘pchiligi ana shunday bolalardir. Zamonaviy sinf rahbar o‘quvchidar yomon xulq atvorining, past o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan prinsiplarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar yo‘naltirib turadigan o‘zaro ma’suliyatli munosabatlardir. Sinf o‘qituvchilari ko‘p bo‘lgan sharoitda har bir bola yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish juda qiyin. Agar o‘quvchilar jamoasi qo‘llab quvvatlasa, har xolda bunday yo‘lni topish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. O‘quvchilarning xulq atvori, o‘quvchining muntazam o‘rganishni o‘z oldiga maxsus maqsad qilib qo‘ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Bunday o‘rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani tashlantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o‘quvchilarning rivojlanishga ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo‘lishi kerak.
Sinf rahbari o‘quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan tarbiyalashda ota -onalar bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. Ota-onalarga pedagogik bilim berishni uyushtirishda sinf rahbariga muayyan tarzda yordam beradigan asosiy manba «Ota-onalarga pedagogik bilim berishning namunaviy dasturi»dir. Mazkur dastur o‘quvchilarning ota-onalari bilan xilma-xil mashg‘ulotlarni birga qo‘shib olib borishni ko‘zga tutadi. Dasturda o‘quv yili mobaynida ikkita umumta’lim mashg‘ulotni va har bir sinf ota-onalari uchun 6 tadan 9 tagacha mashg‘ulot o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlar shunday tarzda quriladiki, ota-onalar pedagogika, psixologiya va fiziologiya asoslari izchil kursini o‘zlashtirib, farzandlari bilan sinfdan-sinfga o‘tgandek bo‘lishadi. Kurs bolalarning yosh xususiyatlariga muvofiq va ta’limining har bir yildagi ta’lim-tarbiya vazifalarini hisobga olib qurilgan. Ota-onalarning yuksak ta’limiy va madaniy darajasi pedagogik va psixologik ta’sir etish sifatini oshirish uchun ular bilan bevosita muomalada, o‘qituvchilarning bu yo‘nalishidagi ijodiy jamoa ishida o‘rganish mumkin.