8. Tishli g‘ildirakning ish chizmasini chizish.
Mashinasozlikda tishli g‘ildirakning turli konstruksiyalari qo‘llaniladi. Tishli g‘ildiraklar cho‘yandan, po‘latdan plastmassadanva boshqa materialdan tayyorlanadi.
Tishli g‘ildirak yoyi chervyakning ish chizmasida parametrlar jadvali, texnikaviy talablari va asosiy yozuvi bo‘lishi kerak.
O‘quv chizmalarida odatda jadvalning faqat birinchi qismi to‘ldiriladi.
1. Silindrik tishli g‘ildirakning ish chizmasi 15-shaklda keltirilgan.
GOST 2.403-68 ga muvofiq silindrik tishli g‘ildirak tasvirida quyidagilar ko‘rsatilgan:
a) cho‘qqilar aylanasining diametri;
b) tishli tojsimon qismining eni;
v) faska o‘lchamlari;
g) sirtlarining g‘adir-budurligi.
Qolgan o‘lchamlari tishli g‘ildirakning konstruksiyasiga qarab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |