1. Shakli avvaldan ma’lum xabar va signallar. Bunday signallar ma’lum matematik formula orqali ifodalanadi. Masalan: garmonik tebranishlar shaklidagi signal
u(t)=U0cos(ω0t+φ0). (2)
Bunday signalning xar qanday t1 vaqtda oniy qiymati u(t1) ni aniqlash mumkin. Bunday signallardan qurilmani sozlash va tekshirishda foydalaniladi;
2. Tasodifiy signallar. Bunday signallarning berilgan t1 vaqtdagi oniy qiymatini birga teng ehtimollikda aniqlab bo‘lmaydi. Ularni avvaldan ma’lum bir matematik formula bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tasodifiy signallargina xabar etkazish qobiliyatiga ega.