Davolash tadbiralri hamda medisina qurollarini yuvish uchun davolash muassasalariga mahsus sanitariya tehnikasi asboblari o’rnatiladi. Ular medisina vannalari, hirurgiya umivalniklari, medisina umivalniklari, oyoq vannalari, kasalhona viduarlari, inventar yuvgichlardan iborat.
Medisina muassasalarida dumaloq bortli ikki hil o’lchamli 1900\800\530 mm (katta modeli) va 1660\750\460 mm (oddiy modeli) vannalar qo’llaniladi. Vannaning ichi davolash eritmalari ta’siriga chidamli oq emal bilan qoplangan bo’ladi. Medisina vannalarining oddiy vannalaridan farqi shundaki, ularda ortiqcha suyuqlik ketadigan teshik bo’lmaydi. Katta modeldagi vannalarda vannaning tez bo’shashi uchun diametri 50 mm li chiqarish teshigi bo’ladi. Oddiy vannaning chiqarish teshigining diametri 40 mm. Medisina vannasiga kalonkali aralashtirgich o’rnatiladdi. Aralashtirgich to’kish va chiqarish moslamasi bilan birlashtirilgan bo’lib,yahlit umumiy armaturani tashkil qiladi.
Medisina vannasining trubalar sistemasi quyidagicha tuzilgan. Rezinali qistirmali chiqarish moslamasi vanna tubidagi teshikka tiqiladi va pastdan ugolnik bilan mahkamlanadi. Ugolnikning ikkinchi uchiga qalpoq gayka biriktirish trubasi ulanadi. Ugolnik shu truba yordamida vanna orqasiga kolonka ko’rinishidagi trubaga ulanadi. Truba kolonka qavatlararo orayoplalardagi cho’yan sifonga tutashtiriladi. Truba o’rtasiga diametri 38 mm li to’kish trubasi qo’yilgan. Trubaning tashqi qismiga pastki tomon kengayib borgan tiqin mahkamlangan. Bu tiqin sifon teshigini zich berkitadi va trubadan suv to’kilishiga to’siqinlik qiladi. Tiqin o’rtasida teshik bo’lib, u to’kish trubasidan sifonga suvning erkin chiqishini ta’minlaydi.
Truba kolonka trubaga tutashtirilgan. Vanna to’lganda tutash idishlar qonuniga muvofiq truba ham suvga to’ladi. Vanna 626 mm (to’kish trubasining noldan balandligi) sathidan yuqorigacha to’lganda suv trubadan to’kish trubasining ochiq yuqori uchiga qo’yiladi va tiqindagi teshik orqali sifonga qo’yiladi. To’kish trubasining usti vanna bortlaridan 50 mm pastroq, shuning uchun vanna toshib ketmaydi.
Vannadan suvni to’kish uchun dastaki richag bilan tiqin truba bilan ko’tariladi. Shunda trubaning pastki teshigi ochiladi va chiqarish moslamasi truba orqali suv sifonga quyiladi. Sovuq va issiq suv aralashtirgichga diametri 20mm li truba orqali keladi.
Aytib o’tilgan vannalardan tashqari, bolalar uchun 1200\600\400 mm o’lchamli emallangan cho’yan vannalar ham o’rnatiladi. Vannada diametri 25 mm bo’lgan oddiy to’kish moslamasi va diametri 40 mm bo’lgan chiqarish moslamasi bor. Chiqarish moslamasi pol sifonga tutashtiriladi.
Fayans hirurgiya umivalnigi qo’lni tirsakkacha yuvish uchun mo’ljallangan. Hirurgiya umivalnigi tirsak bilan ishlatiladigan aralashtirgich bilan ta’minlangan bo’lib, dastaga qo’l kaftini tekkazishning hojati bo’lmaydi.
Fayans medisina umivalnigi mdisina qurollarini yuvish uchun mo’ljallangan. Umivalnikning gabarit o’lchamlari- 900\560 mm. Umivalnik o’rtasida 500\360 mm li va chuqurligi 180 mm li tos bor. Tosning yonlarida 425\100 mm o’lchamli tokchalar joylashgan. Umivalnikda to’kish moslamasi o’rnatilgan chiqarish moslamasi va tirsak bilan ishlatiladigan aralashtirgich bor.
Kasalhona unitazi-viduar iflosliklarni kanalizasiya tarmog’iga ketkazish uchun mo’ljallangan. U fayansdan tayorlanadi. Unitaz oqava suyuqlik qabul qilgichi, oqizgich fayans yuvish bakchasi pedalli aralashtirgich va dizenfeksiya suyuqligi bakchasidan iborat. Kasalhona unitazining yqorisida 450\500 mm o’lchamli kengaytirilgan panel va diametri 300 mm li tos bor.
Oyoq vannasi davolash maqsadida oyoqni qizdirish uchun mo’ljallanadi, u keramikadan tayorlanadi. Vannaning old devori oyoqni cho’zib o’tirish uchun qiya qilinadi.