Yuvish qurilmalari. Past joylashtiriladigan va yuqori joylashtiriladigan bakchalar va kranlar yuvish qurilmalariga kiradi.
Bo’shaydigan tipdagi past joylashtiriladigan yarim avtomatik keramik bakcha qopqoqlik korpus to’kish klapani qalqovuchli klapan va to’kish armaturasidan iborat. To’kish richagining dastasi bosilganda to’kish klapanining noksimon moslamasi ko’tariladi va yuqoriga qalqib chiqadi, suv esa shtuserda hosil bo’lgan teshik orqali unitazga intiladi. Suv sathi pasayganda noksimon moslama ham pasayadi, shtuser teshigiga surilishi uni berkitadi.
Yuqori joylashtiriladigan yarim avtomatik to’kish bakchasi sifon tipida bo’lib, cho’yan korpus qopqoq va richagdan iborat. Richagning bir uchi egiluvchan sifonga, ikkinchi uchiga tutgich ulangan. Tutgich dastasi bosilganda sifon qiyshayadi va u orqali suv yuvish trubasiga chiqadi. Bakchadagi hamma suv chiqib ketgunga qadar suvning sifonlanishi davom etadi, shundan so’ng egiluvchan sifon dastlabki vertikal vaziyatni egallaydi.
Qalqovuchli klapan bo’shgan bakchaning avtomatik tarzda suvga to’lishini ta’minlaydi. Qalqovuch richag yordamida klapan shtogiga tutashtirilgan. U ko’tarilganda rezina tiqinni qisadi va bakchaga suv kelishi to’htaydi. Qalqovuxhli klapan bakch korpusiga gayka yordamida mahkamlanadi, klapan vodoprovod tarmog’iga mufta bilan ulanadi. Bakcha to’ldirish trubasi orqali suvga to’ladi.
Yuvish bakchalaridagi qalqovuch klapanlari quyidagi talablarga javob berishi kerak; vodoprovod tarmog’idagi bosim 12-10 kgk/sm2 bo’lganda, bakcha bo’shay boshlagach, ochilishi va bakcha zarur sathgacha to’lganda unga suv kelishini to’htatish kerakI berk turgan klapan orqali suv sizmasligi lozim); vodoprovod tarmog’idagi bosim o’zgarganda ham, yani bosim 1 kgk/sm2 oshganda yoki kamayganda ham bakchadagi suv sathining 4 mm dan oshiq o’zgarishga yo’l qo’ymasligi lozim.
Vodoprovod tarmog’idagi bosim 0,5-10 kgk/sm2 bo’lganda oldingi to’kishdan keyin 2 min mobaynida yuvish bakchalari foydali sig’imining kamida 80% suvga to’lishi kerak. Bundan tashqari, vodoprovod tarmog’i vakuum hosil bo’lganda bakchadagi suv vodoprovod tarmog’iga so’rilmasligi kerak. Tarmoqdan suv kelishi to’htagach, bakchadan suv oqmasligi lozim.
Vodoprovod tarmog’idagi ortiqcha ish bosimi 0,2 kgk/sm2 da to’kish bakchalari suvga to’lishi kerak. Ishga tushirish richagi bir marta bosilganidayoq bakcha ishlashi lozim. Bakchadan suv tushib bo’lish vaqti ko’pi bilan 2 sek, richakka bosiladigan kuch esa 5 kgk dan oshmasligi kerak.
Qalqovuch klapanlari blan jihozlangan yuvish bakchalarida to’kish qurilmasi bo’lishi lozim, u bakchadagi suvning sathi to’kish teshigi sathidan 15 mm ko’tarilganda unitazga kamida 0,3 l/sek suvni to’kadi.
Gruppaviy jamoat hojathonalarida yakka bakchalardan tashqari, avtomatik yuvish bakchalari ham qo’llaniladi. Bunday bakchalar unitazlarni yoki klozet tuvaklarni ma’lum vaqt oralig’ida o’z-o’zidan yuvib turadi. Qopqoq bilan yopiladigan korpusda qalqovuchli klapan (unda diametri 6 va 13 mm li iikita to’ldirish trubkasi bor), bakchaning to’lish vaqtini rostlab turadigan rostlagich joylashgan. Suv bakchga diametri 6 mm li to’ldirish trubkasi orqali uzluksiz kelib turadi. Rostlagich bakchaning tro’lish vaqtini (15-20 min) o’rnatadi. Bakcha zarur sathgacha to’lgandan song qalqovuch diametri 13 mm li to’ldirish trubasining klapanini ochadi, natijada suv ko’proq keladi va sifon to’ladi. Sifonda vujudga keladigan suyraklanish hisobiga bakchadan suv yuvish trubasi orqali unitazga tushadi va uni yuvadi. Bakcha bo’shagandan so’ng qalqovuch pasayadi, klapan diametri 13 mm li trubka yo’lini berkitadi va bakchaning ish sikli takrorlanadi. Yuvish bakchasi poldan 2,2 m baland o’rnatiladi. Jamoat hojathonalaridagi va mahsus bunolardagi unitazlarni yuvishuchun yuvish bakchalaridan tashqari, yuvish kranlari ham qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda KR-141 yarim avtomatik kranlari keng qo’llanilmoqda. Ular yordamida o’tayotgan suv miqdorini rostlab turish mumkin. Bu esa krandan har hil sug’imli unitazlarda foydalanishga imkon beradi. Unitazning yahshi yuvilishi ni aniqlash uchun suv keladigan trubalarning diametri 25 mm, kran ochiq turganida vodoprovod tarmog’idagi bosim kamida 0,8 kgk/sm2 bo’lishi lozim. Sistemadagi suvning bosimi kran oldida 6 kgk/sm2 dan oshmasligi kerak.
Tokish krani quyidagicha ishlaydi. Ishga tushirish dastasi bosilganda klapan ochiladi va diagrafma tagidagi suv yuvish trubasiga oqib tushadi. Diafragma ko’tariladi va unitazni yuvish boshlanadi. Klapandagi to’r filtli teshig orqali toza suv yuqori kameraga tushadi. Kamerada vujudga kelgan bosim ta’sirida elastik diafragma suv yo’lini berkitadi va yuvish jarayoni to’htaydi.
Burchakli berkitish ventili orqali vodoprovodga tutashtirilgan yuvish krani poldan 0,8 m balandlikda o’rnatiladi.
Yuvish bakchalari va kranlar vodoprovod tarmog’iga oqiziq suvlarning tushishiga yo’l qo’ymaydigan qurilma bilan ta’minlanishi lozim, chunki vodoprovod tarmog’ida vakuum hosil bo’lganda, bakchadagi suv unga so’rilishi mumkin.