Hid bildiruvchn sifatlar. Bu tur sifatlar predmetning hidini ifodalash uchun
xizmat qiladi: xushbo’y, qo’lansa, sassiq, ifor, muattar va b. Bunday sifatlar tilning
lug’at boyligida juda kam sonni tashkil etadi. Shu tufayli bunday belgi uchun
predmet nomlaridan foydalaniladi, ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga
«hid» so’zini qo’shib aytish orqali qo’shma sifatlar hosil kilinadn: atir xidi, rayhon
32
hidi, yog’ hidi, kerosin hidi, baliq hidi kabilar. Uyg’ongan el jizg’inak, qo’lansa,
hidni dimoqqa zo’rlab uradi (Sh u h r a t).
Do'stlaringiz bilan baham: |