Hozirgi kunda eng ommalashgan, ko’p qo’llanilayotgan standartlaridan:
-ISO 9000 oilasi standartlari: ISO 9001 standarti sifat menejmenti tizimini tashkil etish va yuritish bo’yicha mashhur va keng qamrovli standarti;
-ISO 14000 oilasiga kiruvchi standartlar: ISO 14001 standarti ekologik menejmentni tashkil etish va barqarorligini taminlash uchun yaratilgan standart;
-ISO 27000 oilasiga kiruvchi standartlar: ISO 27001 standart axborot xavfsizligi bo’yicha muhim o’rin tutuvchi standart;
-ISO 37001 standarti korxona tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun yaratilgan standart, O’zbekistonda qo’llash ishlari boshlangan;
-ISO 50001 standarti enegomenejmentni ishlab chiqarish va sanoatda qo’llash uchun mos standart, bu orqali engotejamkorlikka erishiladi;
Bunda tashqari ISO tashkilotining ko’plab sohalar uchun standartlari mavjud. Hozirda tashkilotda 799 ta texnik qo’mita ish faoliyatini bajarib turibda va bugungi kunga qadar 24025 ta standartni ishlab chiqilgan.
Biroq, ISO muvofiqlikni baholash qo'mitasi (CASCO) sertifikatlashtirish organlari tomonidan qo'llaniladigan sertifikatlashtirish jarayoniga oid bir qator standartlarni ishlab chiqdi.
Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) - muvofiqlikni baholash bo'yicha akkreditatsiya organlari va menejment tizimlari, mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar va boshqa shunga o'xshash muvofiqlikni baholash dasturlari sohasida muvofiqlikni baholashga qiziqqan boshqa organlarning jahon assotsiatsiyasi.