5- Amaliy mashg’ulot: Sifatni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish.
1-4-sinflar uchun sifatni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish
Reja:
1. Belgini bildirgan so‘zlar. I- sinf.
2. Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar. II- sinf.
3. Sifat so‘z turkimi. Sifatlarni otlarga bog‘lanishi. Sifat yasovchi
qo‘shimchalar.III- sinf.
4. Sifat. IV- sinf.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti.
Toshkent.2005 yil.
2.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 86-93 bet
3.Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili III-sinf. Toshkent.2003 yil. 94-98 bet
4.Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 92-
104 bet.
5.G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil.
97- 103 bet.
6.Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”.
Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 100-108 bet.
7.Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent.
“O‘qituvchi”.2004 yil. 93-100 bet.
8.G‘ulomova
X.
va
boshqalar.IV-sinfda
ona
tili
darslari.
Toshkent.“O‘qituvchi”2003 yil. 101-119betlar.
Sifatni o‘rganish tizimi, materalni leksik va grammatik izchillik bilan
boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1 va 2- sinfda
sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday? qanaqa? so‘rog‘ini berishga
o‘rgadilar. 3- sinfda sifat so‘z turkimi sifatida o‘rganiladi. 4- sinfda ilgari
o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-
yashil kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish
darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan
ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosida boshlang‘ich sinflarda sifat quydagi
izchillikda o‘ganiladi.
1.
Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2 sinf)
Dars ishlanmasi (1- sinf)
Mavzu: Belgini bildirgan so‘zlar.
Darsning maqsadi: Belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish,
belgini bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar belgini bildirgan so‘zlar bilan
bog‘lanishi haqida tushuntirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekalogik
tarbiya berish.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: ko‘rgazmali suhbat.
Darsning jihozi: turli narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Mavzu o‘quvchilarning harsalarning belgisini anglatadigan so‘zlar haqidagi
daslabki mashg‘ulot hisoblanib, kelajakda o‘rganiladigan sifat so‘z turkumlari
haqidagi bilimga asos bo‘ladi. Bu darsda narsalarning o‘quvchilarga yaqqol tanish,
aniq belgilari ni misol qilib olib, rasmlar asosida ko‘rsatish kerak.
1.
137-mashq. Topishmoq o‘qitiladi. Topishmoqda nima haqida so‘z
yuritilgani so‘raladi, topishmoq javobi bo‘lgan sabzini qaysi belgisiga ko‘ra
aniqlangani so‘raladi.Ajratilgan so‘zlar o‘qitiladi.Ana shu so‘zlarga so‘roq
beriladi. Belgini bildirgan so‘zlarni narsa bildirgan so‘zlar bilan birgalikda
ko‘chiradilar. Mashqni xattaxtada o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi
na’munasi asosida bajarilishi tavsiya etiladi:
Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda.
2. 138-mashq.Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, yani qanday? So‘rog‘iga
javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga
yozma ravishda javob yoziladi.
Qanday? bog‘- Mevali bog‘.
Qanday? gullar- Oq, pushti gullar.
Qanday? mevalar-Shirin va mazali mevalar.
3.Ijodiy diktand.
…asal, ….. olma
… paxta, …darax
O‘quvchilar nima bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni
yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni yozib qo‘yishlari shart.
4.139-mashq.
Eslatma:
chiroyli yozuvga e’tibor berish.
Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O‘qituvchi o‘quvchilarga
ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tadi.
Masalan: Shirin qovun, qiziq ertak
Qanday dala? – keng dala.
Qanday suv? – tiniq suv.
Mashqni davomini o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.
5.140-mashq.Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani
bildirgan
So‘zlarni yozish o ‘qituvchi mashqni mustaqil uyga bajarishga tayyorlaydi.
O‘quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarni tushuntirib, amaliy yordam beradi.
6. Darsni yakunlash shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi ?
Bergini bildirgan so‘zlarga –chi ? belgini bildirgan so‘zlar qaysi so ‘zlar bilan
bog‘lanadi ? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz?
2.
Sifat haqida tushuncha berish va shu grammatik mavzu bilan bog ‘lliq
holda ayrim sifatlarning yozilishini o ‘zlashtirish (3-4- siniflar ).
Daftardagi dars ishlanma yoziladi.
Topshirqlar.
1.II sinf bo ‘yicha 1 soatlik dars ishlanmasi yozish.
2.IV sinf bo ‘ycha dars ishlanmasi yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |