Mavzu: sifat so‘z turkimini o‘rganish darslari



Download 190,24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2022
Hajmi190,24 Kb.
#527145
Bog'liq
5- Amaliy mashgulot



5- Amaliy mashg’ulot: Sifatni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 
1-4-sinflar uchun sifatni o‘rganish darsining ishlanmasini tuzish 

Reja: 
 
1. Belgini bildirgan so‘zlar. I- sinf. 
2. Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar. II- sinf. 
3. Sifat so‘z turkimi. Sifatlarni otlarga bog‘lanishi. Sifat yasovchi 
qo‘shimchalar.III- sinf. 
4. Sifat. IV- sinf. 


Adabiyotlar ro‘yxati: 
 
1. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. 
Toshkent.2005 yil. 
2.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 86-93 bet 
3.Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili III-sinf. Toshkent.2003 yil. 94-98 bet 
4.Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 92-
104 bet. 
5.G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 
97- 103 bet. 
6.Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”. 
Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 100-108 bet. 
7.Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent. 
“O‘qituvchi”.2004 yil. 93-100 bet. 
8.G‘ulomova 
X. 
va 
boshqalar.IV-sinfda 
ona 
tili 
darslari. 
Toshkent.“O‘qituvchi”2003 yil. 101-119betlar. 


Sifatni o‘rganish tizimi, materalni leksik va grammatik izchillik bilan 
boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1 va 2- sinfda 
sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday? qanaqa? so‘rog‘ini berishga 
o‘rgadilar. 3- sinfda sifat so‘z turkimi sifatida o‘rganiladi. 4- sinfda ilgari 
o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-
yashil kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish 
darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan 
ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosida boshlang‘ich sinflarda sifat quydagi 
izchillikda o‘ganiladi. 
1.
Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2 sinf) 
Dars ishlanmasi (1- sinf) 
Mavzu: Belgini bildirgan so‘zlar. 
Darsning maqsadi: Belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish, 
belgini bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar belgini bildirgan so‘zlar bilan 
bog‘lanishi haqida tushuntirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekalogik 
tarbiya berish.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi. 
Darsning uslubi: ko‘rgazmali suhbat. 
Darsning jihozi: turli narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar.
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: 
Mavzu o‘quvchilarning harsalarning belgisini anglatadigan so‘zlar haqidagi 
daslabki mashg‘ulot hisoblanib, kelajakda o‘rganiladigan sifat so‘z turkumlari 
haqidagi bilimga asos bo‘ladi. Bu darsda narsalarning o‘quvchilarga yaqqol tanish, 
aniq belgilari ni misol qilib olib, rasmlar asosida ko‘rsatish kerak. 
1.
137-mashq. Topishmoq o‘qitiladi. Topishmoqda nima haqida so‘z 
yuritilgani so‘raladi, topishmoq javobi bo‘lgan sabzini qaysi belgisiga ko‘ra 
aniqlangani so‘raladi.Ajratilgan so‘zlar o‘qitiladi.Ana shu so‘zlarga so‘roq 
beriladi. Belgini bildirgan so‘zlarni narsa bildirgan so‘zlar bilan birgalikda 


ko‘chiradilar. Mashqni xattaxtada o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi 
na’munasi asosida bajarilishi tavsiya etiladi: 
Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda. 
2. 138-mashq.Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, yani qanday? So‘rog‘iga 
javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga 
yozma ravishda javob yoziladi. 
Qanday? bog‘- Mevali bog‘. 
Qanday? gullar- Oq, pushti gullar. 
Qanday? mevalar-Shirin va mazali mevalar.
3.Ijodiy diktand. 
…asal, ….. olma
… paxta, …darax 
O‘quvchilar nima bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni 
yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni yozib qo‘yishlari shart. 
4.139-mashq. 
Eslatma:
chiroyli yozuvga e’tibor berish. 
Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O‘qituvchi o‘quvchilarga
ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tadi.
Masalan: Shirin qovun, qiziq ertak
Qanday dala? – keng dala. 
Qanday suv? – tiniq suv.
Mashqni davomini o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.
5.140-mashq.Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani
bildirgan
So‘zlarni yozish o ‘qituvchi mashqni mustaqil uyga bajarishga tayyorlaydi. 
O‘quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarni tushuntirib, amaliy yordam beradi. 
6. Darsni yakunlash shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi ? 
Bergini bildirgan so‘zlarga –chi ? belgini bildirgan so‘zlar qaysi so ‘zlar bilan 
bog‘lanadi ? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz? 


2.
Sifat haqida tushuncha berish va shu grammatik mavzu bilan bog ‘lliq 
holda ayrim sifatlarning yozilishini o ‘zlashtirish (3-4- siniflar ). 
Daftardagi dars ishlanma yoziladi.
Topshirqlar. 
1.II sinf bo ‘yicha 1 soatlik dars ishlanmasi yozish. 
2.IV sinf bo ‘ycha dars ishlanmasi yozish. 

Download 190,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish