Mavzu: shimoliy amerika materigining tabiat mintaqalari


Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar



Download 28,76 Kb.
bet7/8
Sana09.07.2022
Hajmi28,76 Kb.
#760475
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Sh.Amerika tabiat zona

Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar. Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida, keng bargli o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Missisipi va Atlantikabo‘yi pastekisliklarining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. Musson iqlimli sernam o‘rmonlar tagida sariq va qizil tuproqlar tarqalgan. O‘rmonlarda doimiy yashil magnoliya, buk, eman, sarv daraxti o‘sadi.
O‘rmon-dasht. Kanada taygasidan janubda, AQSh ning aralash va keng bargli o‘rmonlaridan g‘arbda joylashgan. Uning tarkibiga Markaziy tekisliklarning g‘arbiy, Missisipi daryosining o‘ng sohilidagi qismi, Buyuk tekisliklarning shimolidagi shimoliy va janubiy Saskachevan daryo oralig‘i kiradi. Radiasiya balansi shimoldan janubga tomon 30 kkal/sm2 dan 50 kkal/sm2 gacha o‘zgarib boradi. Zonaning o‘tkinchi xarakterli xususiyatlari tuproq-o‘simlik qoplamida va hayvonot olamida aniq seziladi. Shimoliy o‘rmon-dashtda chimli-podzol, o‘rmon bo‘z va ishqorsizlangan qora tuproqlar, janubiy qismida preriya qora tuproqlari keng tarqalgan. Tuproqlarning qoramtir gumus qoplamida 3-6% gacha chirindi bor. O‘simlik qoplami o‘tloq-dasht va o‘rmon tiplaridan iborat. O‘rmon-dasht zonasi inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan. Shuning uchun asl preriya landshaftlari saqlanmagan. Zona hududida don ekinlaridan bug‘doy, arpa, zig‘ir, makkajo‘xori, suli ko‘p ekiladi.
Dasht. Bu zona o‘rmon-dashtdan g‘arbda joylashgan bo‘lib, unga Buyuk tekisliklarning deyarli hamma hududi va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy chekka qismi kiradi. Zonaning radiasiya balansi o‘rmon-dashtga o‘xshash 30-50 kkal/sm2 ni tashkil etadi, lekin yog‘in miqdori sharqdan-g‘arbga tomon 500 mm dan 250 mm gacha kamayadi. Dashtlar mo‘tadil va subtropik mintaqalardagi qora va kashtan tuproqli, o‘t o‘simliklar bilan qoplangan o‘rmonsiz yerlardir. Zonada g‘alla gulli o‘simliklar – chalov, betaga, bizon o‘ti, borodach kabilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shimoliy Amerikada dashtlar preriyalar deb ataladi. Preriyalarning katta qismi inson tomonidan o‘zlashtirilgan, unumdor yerlar haydalib, keng maydonda agrolandshaftlar barpo etilgan. O‘zlashtirilmay qolgan yerlar chorva boqiladigan yaylovlarga aylantirilgan. Preriyalarning o‘zlashtirilishi uning hayvonot olamiga ham ta’sir etgan.

Download 28,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish