Mavzu: shimoliy amerika materigining tabiat mintaqalari



Download 28,76 Kb.
bet5/8
Sana09.07.2022
Hajmi28,76 Kb.
#760475
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Sh.Amerika tabiat zona

O‘rmon-tundra. Subarktika mintaqasining janubida joylashgan bo‘lib, tundra zonasidan mo ‘tadil mintaqaning tayga zonasiga o‘tkinchi, tundra va siyrak o‘rmon landshaftlaridan tashkil topgan tabiat majmusi hisoblanadi. Iqlimi tundra zonasiga nisbatan iliqroq, iyulning o‘rtacha harorati +10°+15°S ni tashkil etadi. Yog‘in miqdori g‘arbda 400 mm dan sharqda 600 mm gacha ko‘payadi. Tuproq qoplami gleyli-botqoq, torf-gleyli, gleyli-podzol tuproqlaridan tarkib topgan. O‘t o‘simliklari orasida yashil moxlar va yashil lishayniklari ko‘pchilikni tashkil etadi. Siyrak o‘rmonlarida Kanada yeli, oq va qora yellar, Amerika tilog‘ochi, qayin, teraklar o‘sadi. Hayvonot olamida tundra va taygaga xos fauna turlari uchraydi.
Tayga. Mo‘tadil mintaqaning qoramtir igna bargli o‘rmonlaridan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy majmuadir. U Alyaska Kordil’erasining g‘arbi Tinch okean sohillaridan, Labrador yarim orolining sharqiy Atlantika okeani sohillarigacha bo‘lgan polosani va Nyufaundlend orolini egallagan. Kanada o‘rmonlarining 80,1 % maydonini tayga tashkil etadi. Yillik radiasiya balansi 20-30 kkal/sm2 ga teng. Taygada tuproqlarining hosil bo‘lish jarayoni sovuq iqlim, qorli qish, sernam salqin yoz sharoitida kechadi. Bunday iqlim sharoitida o‘simlik qoldiqlari sekin chiriydi. Shuning uchun tuproq tarkibida chirindi moddalari kam. Tayganing tipik zonal tuprog‘i podzol (kulrang) tuproqlardir. Shimoliy Amerika taygasida baland bo‘yli igna bargli daraxtlarning endemik turlari o‘sadi. Zonaning sharqiy qismida Kanada yeli, Amerika tilog‘ochi, qora va oq qarag‘ay, balzam pixtasi ko‘p uchraydi. Tayga o‘rmonlarining janubiy qismida balzam teragi, oq qog‘ozbop qayin, tog‘ terak kabi bargli daraxtlar aralash holda o‘sadi. Daraxtlarning tagida qizil va qora smorodina, malina, chernika va boshqa rezavor mevali butalar keng tarqalgan. Zonaning g‘arbiy Tinch okean sohilida bo‘yi 80-100 m ga yetadigan daraxtlar o‘sadi. Duglas pixtasi, sitxi yeli, qizil kedr baland bo‘yli daraxtlarning tipik vakillaridir.Tayga zonasi hayvonot olamiga juda boy. Yirtqich hayvonlardan qora ayiq, Kanada silovsini, Amerika suvsari, bo‘ri va tulkilar o‘txo‘r hayvonlardan los, vaktiga kiyigi yashaydi. Milliy bog‘larda bizonlar saqlangan. Qimmatbaho mo‘yna beruvchi hayvonlardan qunduz va ondatra bor.

Download 28,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish