Mavzu: Shifrlangan xabarlarni almashish imkoniyatini beruvchi messenjer yaratish
Reja:
Shifrlangan xabarlarni almashish imkoniyatini beruvchi messenjer o’rnatish
|
O‘lchamlari berilgan geometric jism(kub, piramida, …)ning 3D ko‘rinishini yaratuvchi dastur ishlab chiqish.
|
Kiritilgan matnni yoki matnli faylni audio formatida o’qib beruvchi dastur yaratish
|
Yo’l harakati belgilari bo’yicha bilimni tekshiruvchi o’yin dastur yaratish
|
Qo’ng’iroqlar/so’zlashuvlarni yozib oluvchi dastur yaratish
|
O’zbek tilida to’g’ri yoza olishni tekshiruvchi dastur ishlab chiqish
|
Facebook messenjeri.
So‘nggi yilda Facebook messenjer dasturi to‘lovlarni amalga oshirish, Uber
servisidan taksi buyurtma berish va sun’iy ong bilan suhbatlashish kabi ko‘pgina
muhim bo‘lgan funksiyalar bilan to‘ldirildi. Endi kompaniya yana ikki funksiya
ustida ish olib bormoqda: SMS xizmatini integratsiya qilish hamda bir – biriga o‘tish
imkoni bo‘lgan akkauntlar. Dastavval bu ma’lumot Android Police saytida paydo
bo‘lgan bo‘lsada, biroz vaqt o‘tib Facebook kompaniyasi o‘zi ham bu funksiyalarni
sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi. “Messenjerda biz odamlarga aloqa qilish
uchun har doim qulaylik yaratishga harakat qilganmiz”, — deydi Facebook vakili.
“Ayni vaqtda biz barcha suhbatlarni oson ko‘chirish ustida bosh qotirmoqdamiz –
SMS va messenjerni bir joyga jamlaymiz. Bu funksiya SMS xabarlarga ozon, tez va
qulay javob qaytarish imkonini beradi.” Shuni qayd etish kerakki, Facebook
Messengerda avval ham SMSni qo‘llash funksiyasi mavjud edi, biroq ikki yil avval
u foydalanuvchilar orasida ommaviylasha olmagach olib tashlangan edi.
Ammo, Hangouts va Whatsapp kabi ilovalar ommaviylashib ketgach, Facebook o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelmoqda. Messengerda SMS xabarlar
binafsha rang ko‘rinishida belgilanadi. Albatta, boshqa dasturlarda bo‘lgani kabi, bu funksiyani o‘chirib qo‘yish ham mumkin.
Ushbu dasturni yaratish davomida har xil turdagi messenjerlarning ishlash
prinsipini o‘rganib chiqildi. Ular eng ommabop messenjerlar hisoblanadi. Ulardan
foydalanish uchun doimiy ravishda internet tarmog’iga ulangan bo‘lishingiz zarur.
Geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashganiga qaramay, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston aloqa uchun turli mobil dasturlardan foydalanadi. «Asia-Plus» bu davlatlarning har birida qanday messenjerlar yaxshiroq ishlashi haqida batafsil ma’lumot to‘pladi, deb yozadi Daryo nashri.
Qozog‘iston
Qozog‘istonda muloqot uchun eng mashhur mobil dastur bu WhatsApp bo‘lib, undan mamlakat aholisining 96 foizi foydalanadi. Bunday ma’lumot Internews va Search for Common Ground Kyrgyzstan tomonidan keltirilgan. Mashhurligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinlarni Telegram (38 foiz), Imo (28 foiz) va Viber (26 foiz) egallagan.
Qirg‘iziston
Qirg‘izistonda ham birinchi o‘rinda WhatsApp turadi. Bu mobil dasturdan qirg‘izistonliklarning 85 foizi foydalanadi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Telegram (19 foiz), Imo (18 foiz) va Viber (14 foiz) egallagan.
Tojikiston
Tojikistonda ko‘proq videoaloqa rivojlangan messenjerlar — Imo va Viber ommalashgan. Uning mamlakatda mashhurligini bu messenjerning Rossiyada ham keng ommalashgani, shuningdek, interneti qimmat bo‘lgan mamlakat uchun bu qulayroq ekani bilan ham izohlash mumkin. Chunki trafikni tejash maqsadida video orqali muloqot qilish imkonini beradi.Tojikistonliklar uchun bu muhojirlikda yurgan yaqinlari bilan muloqot qilish uchun muhim. Tojikistonliklarning 61 foizi Viber dasturidan, 47 foizi esa Imo dasturidan foydalanadi. Mashhurligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinlarni WhatsApp (28 foiz) va Telegram (14 foiz) egallagan.
Turkmaniston
Turkmanistonda Yaponiyaning LINE messenjeri keng foydalaniladi. Nima uchun aynan bu dastur mashhurligi tushunarsiz. Ehtimol mamlakatdagi xabar almashishi mumkin bo‘lgan boshqa dasturlarning ishlamasligidir. Mamlakat aholisi, shuningdek, Imo dasturidan ham foydalanadi.
O‘zbekiston
O‘zbekistonda uzoq vaqt ayrim messenjerlar, shu jumladan Skype va Viber ishlamas edi. Hozirda bu muammo hal qilinmoqda. Shu sababli mamlakat aholisi orasida umuman boshqa messenjerlar — Telegram va WhatsApp, undan keyin esa Imo mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |