Shifokor-jismoniy tarbiya dispanseri (ShJTD)
Bu bo‘lim, jismoniy tarbiya va sport bilan shugcullanuvchilarni
tibbiy jihatdan ta’miniashning kobproq darajada takomillashgan shakli
bo‘lib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) shug‘ullanuvchilar ustidan faol holda muntazam ravishda
kuzatuv ishlarini olib borish;
2) shug‘ullanuvchilar salomatligida vujudga keladigan o‘zgarishlami erta aniqlash va ularni oldini olish;
3) mashqlar jarayonida shug4ullanuvchilar tanasining faol holati va
ish qobiliyatini rivojini - dinamikasini nazorat qilish;
4) yuqori sport natijalariga erishishiga kocmaklashish;
5) barcha talabgorlarga kerakli maslahatlarni berish;
6) shifokor nazorati xonalari faoliyatini boshqarish;
7) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi umumiy davolashprofilaktika tarmoqlari faoliyati ustidan ilmiy-uslubiy rahbarlikni olib
borish
Dispanser ko‘rigidan o‘tishga tayinlangan shaxslar yiliga 1 (bir)
martadan kam boimagan tola-to‘kis ravishda va yiliga 3-4 (uch-to‘rt)
marta bosqichma-bosqich tekshiruvlardan o’tadi. Mazkur tekshirishlar
orasida dispanserlovchi shifokor, sportchilar ustidan joriy kuzatuvlarni
va zarur bo’lgan davolash-profilaktika ishlarini olib boradi
o‘quv muassasalari o‘quvchilari, talabalari ushbu muassasalardagi yoki
biriktirilgan talaba va tuman poliklinikalarda shifokorlar tomonidan
kuzatiladi.
0’quv dasturiga ko‘ra o‘quvchilar 3 (uch) tibbiy guruhlarga
ajratiladi:
1)asosiy;
2) tayyorlov;
3) maxsus.
Jismoniy tarbiya jamoalari, sport seksiyalari, salomatlik
guruhlarida shug‘ullanuvchilar tekshirish amallarini poliklinikalarda
shifokor nazorati xonalarida, umumtaiim, litsey, kollej, o‘rta va oliy
Asosiy guruhga sog’om va salomatligi biroz izdan chiqqanlar,
lekin yetarli darajada jismonan tayyorlanganlar kiritiladi. Ularga
jismoniy tarbiya, sport seksiyalarida shug‘ullanish, musobaqalarda
qatnashish, mashg‘ulotlarda bo’lish, to’liq dastur asosida ruxsat etiladi.
Tayyorlov guruhiga salomatligi va jismoniy rivojlanishda biroz
izdan chiqqanlar yoki jismonan yetarli darajada rivojlanmaganlar
ajratiladi. Ular ham mashg‘ulotlarni umumiy o‘quv dasturi bo’yicha,
ammo uzoqroq muddat mobaynida o’qishadi.
Maxsus guruhlarga salomatligi yetarli darajada (vaqtincha yoki
doimo) izdan chiqqanlar taalluqli bo‘lib, ular jismoniy tarbiya bilan
maxsus dastur bo‘yicha shug‘ullanishadi. Ushbu guruhga oid bo‘lganlar
o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashadilar. Zarur hollarda
ularga, kasalliklariga va tanalarining imkoniyatlariga (faol jihatdan)
binoan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Keyingi yillarda mashg‘ulotlarga turli yoshdagi, kasbkorli,
salomatligi va tayyorgarlik darajasi har xil bo‘lgan kishilarni jalb etilishi
tufayli, jismoniy tarbiyaning ommaviy shaklini tibbiy jihatdan
ta’minlash katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon sog‘liqni saqlash
tashkilotlarining davolash-profilaktika muassasalarining umumiy tarmoqlari tomonidan shifokor-jismoniy tarbiya xonalari va dispanserlarning uslubiy rahbarligi va ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday
paytlarda tekshiruvning ommaviy usullari va oddiy faol sinamalar
qo‘llaniladi.
Zarur holatlarda maxsuslashtirilgan davolash muassasasining
shifokor-jismoniy taibiya xonalarida qo‘shimcha tekshirishlar olib
boriladi. Shifokorlar tomonidan barcha jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilar, murabbiy, o‘qituvchilarga imkoniyatlar, shakl va
mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubi, mashqlar tartibini, ularning hajmi,
jadalligi, yuklamalarning tavsifi, profilaktika va qayta tiklanish
masalalari bo‘yicha maslahatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |