Mavzu: Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi, orttirilishi hamda “Bir sheva lug‘ati’’ loyihasini sheva so‘zlari bilan to‘ldirish Tayyorladi


O‘z shevangiz haqida ma’lumot bering.(Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani)



Download 155,95 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2022
Hajmi155,95 Kb.
#678885
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdubakilova Farzona 101-guruh FSH (1)

2.1 O‘z shevangiz haqida ma’lumot bering.(Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani)
Men Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida yashayman.Men shevamni o‘rganish jarayonida uning qarluq-chigil- uyg’ur lahjasi nutqimizda o‘chrashini guvohi bo‘ldim.Hozir ushbu sheva haqida ma’lumot berib o‘taman.
O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi shahar shevalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur lahja birligining shakllanishi XI asrdan qoraxoniylar harakati bilan bog‘langan. Tarixiy jihatdan qarluq-chigil-uyg‘ur til birligiga Namangan, Toshkent, Andijon va O‘zbekistonning boshqa tumanlaridagi aholi shevalari taaluqlidir. Bu lahja O‘zbekiston zaminidan tashqarida ham ko’p tarqalgan. Masalan, Qozog‘istonning Chimkent, Sayram, Qorabuloq, Qoramurt, Iqon, Mankent; Qirg‘iziston zaminidagi O‘sh, Jallolobod, O‘zgan va boshqa hududlar shular jumlasidandir. Bu lahjaga oid sheva vakillarini Afg‘onistonda ham uchraydi. Ushbu lahja quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Farg‘ona guruhi. Bu guruhga Namangan shahar shevachi va shahar atrofidagi shevalar (masalan, Uychi shevasi) taalluqlidir. Shuningdek, Andijon shahar shevasi va Shahrixon shevasi, O‘sh, O‘zgan, Marg‘ilon, Qo‘qon shevalari kiradi.
2. Toshkent guruhi. Bunga Toshkent shahar shevasi, Toshkent viloyatidagi qipchoq shevalaridan boshqa shahar tipidagi shevalar, masalan, Parkent, Qoraxitoy va boshqa shevalar taalluqlidir.
3. Qarshi guruhi. Bu dialektga Qarshi, Shahriabz, Kitob, Yakkabog‘ kabi (qipchoq shevalaridan tashqari) Qashqadaryodagi shu tipdagi shevalar kiradi. Mazkur guruhga Samarqand-Buxoro shevasi ham kiradi.
4. Shimoliy o‘zbek guruhi. Bunga Iqon, Qorabuloq, Chimkent, Qoramurt, Turkiston, Chimkent, Sayram va shu tipdagi boshqa shevalar kiradi. Mazkur shevalar o‘g‘uz tili xususiyatlarining ham bo’lishi bilan ajralib turadi.
Lahjaning fonetik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) ch va t undoshlari almashinadi: tish-chish kabi. Bu holat, ayniqsa, Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Namangan shevalarida ko‘p uchraydi;
2) qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi y lashgan shevalardandir;
3) lahjada unli tovush uyg‘unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi. Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko’p emas, ular 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevasida oltita (i, o, e, a, i, o’), Namangan shevasida sakkizta (u, a, a, o, u, e), Samarqand-Buxoro shevasida oltita (o, e, a,` o‘, u) fonema mavjud;
4) hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘zning oxirida q kelganda, ushbu lahjada ham keladi: issiq-issi, tirnoq-tirno, sandiq-sandi kabi;
Morfologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) aniq hozirgi zamon fe`lni ifodalovchi ikki morfologik belgiga esa:
a) – vot, Namangan shevasida –ut: borvotman, borvotsan, qilutti (qilyapman), qiluttimiz (qilayapmiz) kabi, Namangan shakli –ut fonetik qonuniyatlar asosida o‘zgargan bo‘lib, u aslida –vot qo‘shimchasiga borib taqaladi;
b) –yap qo‘shimchasi Farg‘ona vodiysidagi barcha shahar (Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon kabi) hamda o‘sha shaharlarga yaqin bo‘lgan qishloq shevalariga xosdir: boryapman, kelayapman kabi. Farg‘ona shevalaridagi bu qo‘shimcha Namangan shevasidan tashqari –yap shakliga borib taqaladi va Samarqand-Buxoro shevasidagi –op ko‘rsatgichiga ham yaqinlashadi: boropman, qilopman kabi.
2) Samarqand-Buxoro shevalarida o‘rin-payt va jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari aralash holda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanadi: magazinni qoshiga saqlang kabi;
3) ayrim hollarda tushum kelishigi –di, -ti qo‘shimchasi bilan qo‘llaniladi: qora kokil qizdi (qora kokilli qizni), idti qopmas, otti tepmas deb bo‘lmaydi (Itni qopmas, otni tepmas deb bo‘lmaydi) kabi;
4) ayrim hollarda o‘rin-payt kelishigi –ta qo‘shimchasi bilan shakllanadi: zavutta ishlatadi (zavodda ishlaydi), Toshkentta yashaydi (Toshkentda yashaydi) kabi;
5) Toshkent, Samarqand, Namangan kabi shevalarda aniq o‘tgan zamon fe`lining birinchi shaxs ko’pligi –duk, -dug, -tuk shakllarida qo‘llaniladi.Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasidagi shevalarning o‘ziga xos morfologik xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, ularni yana davom qildirish va har bir shevaga xos xususiyatlarni ko‘plab keltirish mumkin. Darhaqiqat, bu shevalarning har biri genetik jihatdan umumiy xususiyatlarga ega bulishi bilan birga, o‘ziga xos tor sheva ko‘rsatgichlariga ham egadir.Hozirgi o‘zbek adabiy tili qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi asosida shakllangan. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek xalqi va uning tili, mavjud tasnifga ko‘ra turkiy xalqlar oilasining qarluq guruhiga kiradi. O‘zbekiston hududida o‘g‘uz va qipchoq urug‘larining hamda ularning o‘ziga xos shevalarining bo‘lishi bu turkum turkiy urug‘ larning ham o‘zbek xalqi va tilining shakllanishida hissasi borligini ko’rsatadi. Hozirgi o‘zbek dabiy tiliga asos qilib qarluq urug‘ til xususiyatlari olingan bo‘ lsa-da (fonetik tomondan Toshkent shevasi, morfologik tomondan Farg`ona shevalari), adabiy til tarkibida o‘g‘uz tilining xususiyatlari (kelasi zamon -djak affiksi) va qipchoq tilining shakllari ham (-yotir//-yatir affiksi) joy olgan.
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi tarkibiga kiruvchi shevalarning har birida leksik birliklar adabiy tildagidan farqli ravishda u yoki bu darajada uchraydi. Misol: adabiy tildagi ona so‘zi Toshkent shevasida oyi, Farg‘ona, shevasida ayya, buvi shaklida faol qo‘llaniladi. Yoki adabiy tildagi qalampir so‘zi Toshkent shevasida garmdori, Buxoro shevasida qalampur; adabiy tildagi o‘rik so‘zi Samarqand-Buxoro shevasida zardoli tarzida ifodalanadi. Shevalarning lug‘at tarkibi juda boy bo’lib, ular o‘zbek adabiy tili boyligini ta‘min etuvchi eng muhim manba hisoblanadi. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. Bu lahja tarixan qarluq umg‘larining rivojlanishi asosida shakllangan va ular qadimgi tukyu(turk) qabila birlashmasiga mansub bo‘lib, uzoq o'tmishda Oltoyning g‘arbiy tumanlarida yashaganlar, Turk xoqonligining tashkil topishi bilan (552-yilda) g‘arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, Mo‘g‘ul tog‘ining janubiy yon bag‘ridan to lie daryosining shimoligacha bo‘lgan hududni egallaydilar. Qarluqlaming katta qismi VI asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonni, Farg‘onani, Toxaristonning ayrim hududlarini egallagan edilar. X asrda Yettisuvni ishg‘ol qilgan va katta territoriyada hukmronlik qilganlar. Shunday qilib, VIII-X asrlarda lie daryosidan to Sirdaryogacha hozirgi Chimkent shahridan to Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan o‘lkada yashagan barcha turkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi ostida bo‘lgan. Qarluqlaming tili shu o‘lkadagi barcha qabilalar uchun umumiy til bo‘lib qolgan.Yettisuv, Farg‘ona vodiysi, Sharqiy Turkistonning Torim daryosigacha bo‘lgan territoriyada qarluqlar bilan birga chigil, xalaj,yag‘mo qabilalari ham yashaganlar. Uyg‘urlar ham qarluqlar tarkibida bo‘lgan.Chigil qabilasi IX-X asrlarda lie daryosining janubida, Issiqko‘l atroflarida yashaganlar. Mazkur lahja vakillari asosan shahar va shahar tipidagi shevalami va dialektlami qamrab oladi. Fanda bu lahja qisqacha qarluq lahjasi deb ham yuritiladi. Bu lahjaga kirgan shevalaming aksariyati turkiy tillarga xos bo‘lgaa siagarmonizmn» yo‘qotgan. Bundan shimoliy o‘zbek shevalarigina mustasnodir. Qipchoq lahjasi, Qipchoq qabilalari ham uzoq o‘traishda Oltoy o‘lkasida yashaganlar. VII-V1II asrlarda Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. XIII asr o‘rtalarida ular kimak//imak(yimak)lar davlati tarkibida qoladilar. XI asrlarda bu davlat parchalanib ketgach, qipchoqlar siyosiy jihatdan faollashadilar.VII-VIII asrlarda qipchoqlar Irtish daryosi bo'yida yashaganlar, 1X-XI asrlarda esa Volga bo‘ylariga siljib borgan. Qipchoqlarni'ng avlodlari hozirgi Mongoliya, Oltoy, 0 ‘rta Osiyo, Volga bo‘yi Respublikalari territoriyalarida istiqomat qiladilar. Bu lahja vakillari O‘zbekiston Respublikasintng Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari kiradi.

Download 155,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish