6-rasm. Kompyuterning elektr ta’minoti bloki.
3.2. Kompyuterga axborotni kiritish qurilmalari
Monitor-kompyuterdagi matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash qurilmasi. Monitorlarning ko’p tarqalgan ikkita turi mavjud. Bular trubkali (CRT) va suyuqlik to’ldirmali monitorlardir. Keyingi paytlarda suyuqlik to’ldirmali monitor keng tarqalmoqda. Chunki u foydalanuvchini ko’ziga kam ziyon etkazadi va hajmi kichik bo’lganligi uchun foydalanuvchi stolida kam joy egallaydi.
Hozirgi davrda SVGA rusumli monitorlarini, bir nuqtada 16,8 mln. xil rang bera oladigan 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200 nuqtali turlari mavjud. Monitor ekrani 9 dan 21 dyuymgacha (23-54 sm) yoki undan katta o’lchamli bo’lishi mumkin Bu monitorlardagi nuqta o’lchami 0,32 mm dan 0,21 mm gacha bo’lishi mumkin. Nuqta qancha kichik bo’lsa, tasvir shuncha sifatli bo’ladi.
10-rasm. Monitorlar (trubkali turi).
Do'stlaringiz bilan baham: |