Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja



Download 26,6 Kb.
bet2/7
Sana15.01.2022
Hajmi26,6 Kb.
#367332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaxs tarbiyasi

Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo`lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. CHunki saxnadagi ko`rinish o`zgarishi bilan aktyor maskasi ham o`zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o`z qiyofasini o`zgartirishi va o`zini bir necha xil qilib ko`rsatishi ham mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.

SHaxsning psixologik to`zilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik xolatlar doim o`zgarib tursa ham, xar turli ijtimoiy guruxlarda va xar xil xayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollari bilan bog`liq xolda xulq – atvori o`zgarib tursa ham, yoshning o`zgarib borishi va xokazolari bilan bog`lik bo`lgan o`zgarishlar sodir bo`lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo`lib qolaveradi.

Shaxs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkonin, Vigotskiy, J.Piaje va shu kabi ko`plab olimlar ish olib borganlar . Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan.

Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz.

«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo`llaniladi. Birinchisi - shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish tushunchasi jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Shu ma'nodagi shaxsni shakllantirish tushunchasi psixologik tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta'sirlar o`tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo`lgan, tajriba yo`li bilan aniqlanadigan, namoyon bo`ladigan) va nimalar bo`lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Bu shaxsning shakllanishiga nisbatan xususan psixologik yondashuv hisoblanadi.

Ikkinchi ma'nosi - shaxsni maqsadga yo`naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi shakllantirish (agar shunday deb aytish mumkin bo`lsa, «qolipga solish», «yasash», «tuzash»; A. S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyihalash» deb juda topib atagan edi) dan iborat. Xususan bu shaxsni shakllantirish vazifalari va usullarini ajratib olishga pedagogik yondashuvdir.

Pedagogik yondashuv shaxsning jamiyat unga qo`yayotgan ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga javob beradigan bo`lishi uchun unda nimalar va qanday qilib shakllantirilishi kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi.

Shaxsni shakllantirishga psixologik va pedagogik yondashuvning aralashtirib yuborilishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Aks xolda orzu qilingan narsa haqiqatda ro`y bergan narsa qilib ko`rsatilishi mumkin. «Umumiy ta'lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari»da uqdirilganidek, «ilk bolalik yillaridanoq Jamoaizm, o`ziga va boshqalarga talabchanlik, sofdillik va rostgo`ylik, mehribonlik va printsipiallik, matonatlilik va jasoratlilik ruhida tarbiyalashda juda muhimdir».

Islohot hujjatlari o`qituvchilarning diqqat-e'tiborini hozirdayoq barcha o`quvchilarda rivojlangan tarzda mavjud bo`lgan narsalarga emas, balki ularda shakllantirilishi lozim bo`lgan narsalarga qaratadi, maktab xodimlarini bartaraf etilishi kerak bo`lgan kamchiliklarni ahamiyatsiz qoldirmagan holda o`quvchilar bilan katta va mas'uliyatli ish olib borishga safarbar etadi. Shu o`rinda yoshlar shaxsini shakllantirish jarayoniga to`g`ri pedagogik yondashuv vazifalari aniq belgilab beriladi, tarbiya jarayonida nima shakllantirilgan bo`lishi kerakligi aniqlanadi.

Pedagogika tarbiyaviy ish metodikasini yaratarkan, ilgari surilgan maqsadni ro`yobga chiqarish yuzasidan o`z usullari va vositalarini tavsiya qiladi, shaxsning printsipiallik, rostgo`ylik, mehribonlik va boshqa shu kabi eng muhim fazilatlari qanday shakllantirilishi lozimligi haqida so`z yuritadi.

Psixologiyaning vazifasi - konkret jamoa (o`quv-ishlab chiqarish kombinatlaridagi kasbiy-mehnat jamoasi, o`quvchilar jamoasi, oilaviy jamoa va shu kabilar)dagi konkret o`quvchilarda ana shu shaxsiy fazilatlar shakllanganligiyaing boshlang`ich darajasini o`rganishda, tarbiyaviy ishda maktab islohotining ruxiga mos keladigan qanday natijalarga erishilganini, ya'ni real tarzda nimalar shakllanganini-yu, nimalar yana vazifa bo`lib qolganini o`spirin shaxsining amaldagi qaysi bir o`zgarishi samarali va ijtimoiy jihatdan qimmatli bo`lib chiqqani-yu, qaysi birlari samarasizligini, shaxsni shakllantirish jarayoni qay yo`sinda ro`y berganligini (qanday qiyinchiliklarga duch kelganini, u qanchalik muvaffaqiyatli bo`lganligini va hokazolarni) aniqlashdan iboratdir.

Shaxsning shakllanishiga nisbatan pedagogik va psixologik yondashuvlar bir-birlariga aynan o`xshamasa ham ajralmas birlikni tashkil qiladi. Agar pedagoglarning qanday metodlarni qo`llaganliklari va qanday maqsadni ko`zlaganliklarini bilib bo`lmasa, agar bu metodlar qanday takomillashtirilishi kerakligi haqida xulosaga kelinmasa shaxsning shakllanishini psixolog nuqtai nazaridan o`rganish xomhayoldan bo`lak narsa emas.

Agar pedagog o`quvchining real xususiyatini aniqlab beradigan psixologning imkoniyatlaridan foydalanmasa, agar u o`z o`quvchilarida tarbiyaning shubhasiz bo`lib tuyulgan shakllari va metodlarini qo`llanish bilan bir vaqtning o`zida va undan mustasno tarzda paydo bo`ladigan noxush xislatlarning sabablarini psixologik jihatdan bilib olmasa, agar u o`zining konkret pedagogik faoliyatining ayrim holda bir-biriga zid bo`lgan psixologik oqibatlari rang-barangligini faxmlay olmasa, uning pedagoglik ishi ham uncha istiqbolli bo`lavermaydi va hokazo.

Shakllantiruvchi psixologik-pedagogik eksperimentda (misol uchun gruziyalik psixolog va pedagog Sh. A. Amonashvili olib borgan tadqiqot ishlaridan biri kichiq yoshdagi o`quvchilarda mehribonlikni shakllantirish vazifasini hal etishga bag`ishlangan edi) pedagog bilan psixologning nuqtai nazarlari birlashishi mumkin, ya'ni pedagog va psixolog o`sha bitta tadqiqotchi sifatida chiqishi mumkin. Lekin bunday holda ham o`quvchining shaxsida pedagog sifatidagi psixolog nimani va qanday qilib shakllantirishi kerakligi (tarbiyaning maqsadlarini psixologiya emas, balki jamiyat belgilaydi, metodlarini esa pedagogika ishlab chiqadi) bilan psixolog sifatidagi pedagog pedagoglik ta'sir o`tkazish natijasi sifatida rivojlanayotgan shaxsning tuzilishida nimalar borligini va nimalar ro`y berganini aniqlay borib, nimani tadqiq qilishi lozimligi o`rtasidagi farqni yo`qqa chiqarmaslik kerak.




  1. Download 26,6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish