NAMUNA
MEHNAT SHARTNOMASI
2010-yil 18-avgust Guliston shahri.
Sirdaryo viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Guliston davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich(bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda ushbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo‘yicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a’zolari, notarial idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |